1-amaliy mashg’ulot
Leksema UMIS va so‘z AHVO sifatida.
Mavzu bo’yicha topshiriqlarni bajarish
Ishdan maqsad: Leksema va so’z sifatida ajratish etiyojini anglash. Ularni
farqlarini aniqlay olish.
Lisonning shakl va denonativ ma’no yaxlitligidan iborat birligini qamrab
oluvchi sathi turlicha nomlanadi: leksik sath, leksik-semantik sath, leksik-
frazeologik sath va h.
Leksik sath birligi tilshunoslikda leksema deyiladi. Leksema – tilshunoslikning
eng muhim va markaziy tushunchalaridan biri. Biroq uning mazmun va chegarasi
hozirgacha aniq belgilangan emas. Masalan, o‘zbek tilshunosligida leksema va so‘z
atamasining hozirgacha yonma-yon qo‘llanayotganligi, leksemani morfemaning bir
ko‘rinishi sifatida qarash kabilar shular jumlasidan. Ulardan biri, ya’ni leksemaning
lisoniy birlik bo‘la olish-olmasligi masalasini olaylik. Ko‘p tilshunoslar lisoniy
birliklarni sanashganda, fonema, morfema va qolip bilan cheklanib, leksemani
tilning alohida qurilish birligi sifatida tan olishmaydi va uni morfemaning bir
ko‘rinishi sifatida qarashadi. “Leksemamorfemaning jamiyat a’zolari uchun
tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan
tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatni shakllantiruvchi,
nutqda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan bir turi” degan ta’rif ham
bor (H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1990.)
Leksemani morfema orqali ta’riflash va uni morfemaning bir turi sifatida
qarash, mantiqan, lisoniy qurilishda uning alohida, mustaqil o‘rni yo‘q deyishning
o‘zi. Lekin har bir tilning izohli va tarjima lug‘atlari mavjudligining o‘zi leksik
sathning mustaqilligi va alohidaligini ko‘rsatib turadi. Ammo yuqoridagi fikrlar ham
asossiz emas.
Tilshunoslar Arastu davridan hozirgacha leksema, so‘z ustida bosh qotirib
kelishmoqda va bugungi kunda unga yuzlab ta’riflar berilgan. Hatto ayrim olimlar
tomonidan o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligida hal etilgan kesim tushunchasini
qaytadan ishlab chiqish zarurati yo‘qligi, faqat uning o‘zbek tilida qanday
voqelanishini ochish lozimligi haqidagi fikrlar ilgari surilganligi kabi leksemaga
ham shunday qarashlar kuzatiladi. Biroq bugungi kunda “o‘zbekcha kesim”
tushunchasi “oqlandi” va o‘z ilmiy talqinini topdi. Demak, bundan metodologik
omil sifatida foydalanib, uni umumiy va xususiy leksema nazariyasiga ham tatbiq
qilish lozim. Bu bevosita o‘zbekcha leksema tushunchasini yaratish, bunda o‘zbek
tilining ichki tabiatidan kelib chiqish zarurati mavjudligi bilan bog‘liq.
Agglyutinativ tillar, jumladan, o‘zbek tilidagi va flektiv tillar, xususan, rus va
arab tillaridagi o‘zaklar keskin farqlanadi. Rus va arab tillaridagi o‘zaklarni lug‘atda
qo‘shimchadan xoli berib bo‘lmaydi, shu jihati bilan ular morfemaga o‘xshaydi.
O‘zbek tilida esa bunday emas. Dalil uchun ruscha [ч], [пись], arabcha [qr’], [ktb]
va o‘zbekcha [o‘qi], [yoz] o‘zaklarini qo‘llanish va ma’no anglatish xususiyatiga
ko‘ra qiyoslash yetarli. Mustaqil va alohida ajratilgan holatda [ч] ning o‘zak
ekanligini mutlaqo anglab bo‘lmaydi (
читат, учеба, учение), biroq mulohaza
yuritish natijasidagina [пис] ning пишу, письмо so‘zlari bilan aloqadorligi seziladi.
Arabcha [ktb], [qr’] o‘zaklari haqida esa bir qarashda ularning o‘qish va u bilan
aloqador til unsurlari ekanligi, biroq lug‘atdamustaqil qo‘llana olmasligi
xususiyatlarini aytish mumkin. O‘zbekcha [o‘qi] va [yoz] o‘zaklarini sharhlashda bu
til egasi qiyinchilik sezmaydi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida lisoniy sath birligi sifatida eng kichik ma’noli
birlikning ikki alohida turini – leksema va morfemani qat’iy chegaralash uchun
yetarli asos mavjud. O‘zbek tilida leksema va morfema boshqa-boshqa hodisa. Rus
va arab tillarida leksema – morfemaning bir turi. Demak, turkiy tillarda leksemani
morfemaning bir turi sifatida emas, balki lisoniy sathning morfemadan yuqoriroqda
turgan va til egasi ongida borliqdagi ma’lum bir voqelik bilan bevosita aloqada
bo‘lgan lisoniy birlik sifatida qarash lozim.
Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida lisoniy birliklar fonema, morfema, leksema,
qolipdir. Flektiv tillarda esa lisoniy birliklar – fonema, morfema, leksema va
qolipdir.
Shunday qilib, “o‘zbekcha leksema” o‘zida tayyorlik, majburiylik,
takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va
denotativ ma’no birligidan iborat, mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega
bo‘lgan lisoniy birlikdir.
Albatta, ayrim til hodisalari leksema va morfema oralig‘ida turganligi uchun
bu ta’rifga sig‘masligi mumkin. Bunday oraliqhodisalar tilda ko‘p uchraydi. Bu til
sistemasining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlaydi.