1-Amaliy mashg‘ulot
UMUMIY FOYDALANISh TELEFON TARMOQLARINING TUZILISh PRINSIPLARI
Ishdan maqsad: Telefon aloqasi xaqida umumiy tushunchalar, vazifalari, UFTT tuzilish prinsiplarini o‘rganish
Telefon aloqasi – eng qulay va ommaviy elektr aloqa turi bo‘lib, amalda istalgan masofada joylashgan insonlar gaplashishini, nisbatan sodda va arzon uzatish tizimlari yordamida, amalga oshiradigan aloqa turidir. Zamonaviy telefon tarmoqlari elektr aloqaning boshqa turdagi tarmoqlariga nisbatan ancha katta va tarmoqlangandir.
Telefon aloqa tarmog‘ini rivojlantirish asosiy texnik siyosati bu tarmoqni raqamlashtirishdir, ya’ni amaliyotda axborotni raqamli uzatish, taqsimlash va o‘zgartish usullariga o‘tishdir.
Telefon aloqadan keng foydalanmasdan biron bir ishlab chiqarish korxonasining faoliyati, fan-texnika va madaniyatning rivojlanishi, o‘qitish jarayonini amalga oshirilishi va xakozo amalda mumkin emas.
Telefon aloqasi telefon aloqa tizimi bo‘lib, o‘zaro bog‘langan aloqa tarmog‘ining muxim tarkibiy qismidir. Bu strukturasiga ko‘ra telefon aloqa tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi (1-rasm):
- umumiy foydalanish telefon tarmog‘i;
- ajratilgan (shaharlararo) telefon aloqa tarmog‘i;
- umumiy foydalanish xarakatdagi radiotelefon aloqa tarmog‘i;
- ta’minot (xizmatlar taqdim etish, nomerlash, signalizatsiya, xizmat xaqini qaydlash va xisob-kitob, kanallarni normirovkalash va xakozo);
- boshqarish tizimi.
1-rasm. Umumiy foydalanish telefon aloqasi tizimining strukturasi
Umumiy foydalanish telefon tarmog‘i (UFTfT) - maxalliy va shaharlararo avtomatik telefon stansiyalari va kommutatsion uzellari, xalqaro kommutatsiya markazlari, abonent oxirgi qurilmalari, shuningdek telefon tarmog‘i kanallari va liniyalarining jamlanmasi bo‘lib, axoli, korxonalar, tashkilotlar va idoralarni telefon aloqa xizmatlariga talablarni qondirishga mo‘ljallangan.
Aloqa tarmoqlarining klassifikatsiyasiga mos xolda umumiy foydalanish telefon tarmog‘i qamrash territoriyasi va abonentlar soni bo‘yicha turli ierarxik telefon tarmoqlari majmuasidir. UFTfT tarkibiga (2-rasm) maxalliy (shahar, qishloq va kombinatsiyalashgan); zona ichi; shaharlararo; xalqaro tarmoqlar kiradi.
2-rasm. Umumiy foydalanish telefon tarmog‘ining strukturasi
Belgilashlar: AKU-avtomatik kommutatsiya uzeli (1,2), ShATS – shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi, MATS–markaziy avtomatik telefon stansiyasi, US-uzel stansiyasi, XKU –xabarlar kirish uzeli, TATS– tuman avtomatik telefon stansiyasi, UTS–uzel tranzit stansiyasi, OS–oxirgi stansiyalar, QTT–qishloq telefon tarmog‘i, ShTT–shahar telefon tarmog‘i.
Shahar telefon tarmoqlari (ShTT) shahar territoriyasida va uning shaharoldi zonalarida telefon aloqani ta’minlaydi. Qishloq telefon tarmoqlari (QTT) ma’muriy tumanlaridagi qishloqlarni telefon aloqasi bilan ta’minlaydi.
Tuman markazi yoki katta shahar territoriyalarida davlat organlari va qishloq xo‘jalik tashkilotlari joylashgan bo‘lsa va u bir vaqtning o‘zida tuman markazi bo‘lib rayonlashtirilgan telefon tarmog‘idan, QTT va ShTT yagona kombinatsiyalashgan telefon tarmog‘ini tashkil etadi. Bu telefon tarmoqlari umumiy “maxalliy telefon tarmoqlari” nomi bilan birlashtiriladi.
Shaharlararo telefon tarmoqlarini shaharlararo oxirgi va oxirgi-tranzit stansiyalar, avtomatik kommutatsiya uzellari va ular orasidagi aloqa kanallari jamlanmasini tashkil etadi. Shaharlararo telefon tarmoqlari turli zonalar territoriyalarida joylashgan maxalliy telefon tarmoqlari abonentlari orasida ulanishlar o‘rnatilishi uchun mo‘ljallangan.
Zona ichi telefon tarmoqlari avtomatik shaharlararo telefon stansiyalar, buyurtma-ulanish liniyalari (BUL), maxalliy telefon tarmoqlarini ShATS
bilan bog‘lovchi shaharlararo ulanish liniyalari (ShUL), elektron ATS mavjudligida zonadagi turli maxalliy tarmoqlar orasidagi ulanish liniyalari, shuningdek zonada bir nechta ShATS mavjud bo‘lsa, ular orasidagi kanallar jamlanmasidir.
Zona ichi telefon tarmoqlari bitta telefon zona territoriyasida joylashgan maxalliy telefon tarmoqlari abonentlari orasida aloqani tashkil etishga xizmat qiladi. Zonaning belgisi mazkur zona maxalliy tarmog‘i abonent liniya larining yagona 7 raqamli numeratsiyasidir. Zona territoriyasi odatda viloyat, o‘lka yoki respublika xududiga mos keladi. Ba’zi xollarda ikkita viloyat bitta zonani tashkil etishi yoki bitta viloyatda ikkita zona bo‘lishi ham mumkin.
Xalqaro aloqa telefon tarmoqlari xalqaro kommutatsiya markazlari va o‘zaro yuqori sifatli kanallar bilan bog‘langan xalqaro telefon stansiyalarining jamlanmasidir. Xalqaro telefon aloqasini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq katta shaharlarda xalqaro kommutatsiya markazlari XKM (MSK)ni tuzish ko‘zda tutiladi. Xalqaro yo‘nalishlarga chiqish imkoniyatlari bo‘lmagan shaharlar abonentlari xalqaro stollarga buyurtmalar berishadi va o‘zlarining biriktirilgan regionidagi XKM(MSK) orqali xalqaro tarmoqqa chiqishadi.
Ajratilgan xalqaro telefon aloqa tarmog‘i. Bu tarmoq ayrim abonentlar guruxini imtiyozli xizmat ko‘rsatish orqali yuqori sifatli xalqaro aloqa bilan ta’minlash imkonini beradigan kommutatsion stansiyalar, kanallar va uzatish liniyalari jamlanmasidir. Ajratilgan xalqaro telefon tarmog‘i mamlakatning hamma xududini egallaydigan tarmoqlangan telefon aloqa tarmog‘idir. Tarmoqni rivojlantirish, xabarlarni 2,4; 4,8; 9,6 kbit/s tezlikda uzatish xisobiga abonentlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradigan ajratilgan raqamli kommutatsiyalanadigan tarmoqni (ARKT) yaratish yo‘lida bormoqda. ARKT ni joriy etish xizmatlarni integratsiyalovchi yagona milliy tarmoqning “skeletini” yaratish yo‘llaridan biridir, unga kelishilgan protokollar bo‘yicha maxalliy va idoraviy raqamli tarmoqlar ulanishi mumkin. Ajratilgan xalqaro telefon tarmog‘ining abonentlariga shahar, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi, faksimil aloqa, elektron pochta, fakspochta xizmatlari taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |