Zona ichi telefon tarmoqlarini qurilish usullari. Bir zona ichida bir yoki bir nechta ShATS lar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Zona ichida bitta ShATS bo‘lsa zonadagi tarmoq radial prinsipda quriladi (4-rasm), zona ichidagi har bir maxalliy tarmoq ShATS ga chiqishda BUL va kirishda shaharlararo ulovchi liniya (ShUL) lar orqali ulanadi.
4-rasm. Zona ichi tarmoqning tuzilish sxemasi
Bu yerda: AKU-avtomatik kommutatsiya uzeli; OTS - oxirgi–tranzit stansiya; ShATS - shaharlararo avtomatik telefon stansiyasi; BUL - buyurtmali ulovchi liniya; ShUL - shaharlararo ulovchi liniya; MS - markaziy stansiya; KAU - kirish avtomatik uzeli; ChAU - chiqish avtomatik uzeli; OS-oxirgi stansiya; US- uzel stansiyasi.
ShATS (AMTS) dan uzoqlikdagi oxirgi stansiya (OS), uzel stansiyasi (US) yoki tuman telefon stansiyalari markaziy telefon stansiyalari (MS), yoki tranzit uzellar (ChAT va KAT), shahar oldi qishloq aloqa uzellari orqali ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |