1-Amaliy mashg’ulot
Umumiy emetterli sxemani tahlil qilish
Amaliy ishni maqsadi: Bipolyar (ikkiqutbli) tranzistorli kuchaytirgichlar
sxemasini o’rganish
Bizga ma’lumki tranzistorlarning uch xil ulanish sxemalari mavjud bular UE-umumiy emitterli, UB- umumiy bazali, va UK- umumiy kollektorli. Ulardan keng tarqalganni bu umumiy emitter (UE) li tranzistorli kuchaytirgichlardir. Bu turdagi kuchaytirgichda emitter kirish va chiqish zanjiri uchun umumiy elektrod bo‘lib xizmat qiladi (4.3a- rasm). Rc ichki qarshilikli signal manbaining Ukir kirish kuchlanishi VT bipolyarning tranzistorning signal manbaidan tokning doimiy tuzuvchisini o‘tishini oldini oluvchi aloqa sig‘imi orqali kuchaytiruvchi pog‘ona (kaskad)ga uzatiladi. Kuchaytirilgan chiqish kuchlanishi ajratuvchi S2 kondensator orqali Rn yuklamaga1 uzatiladi, ya’ni Uchiq kuchlanishning faqat o‘zgaruvchan tuzuvchisi beriladi.
Kuchaytirgichda o‘zgaruvchan signal manbaidan tashqari, Rvt ichki qarshilikli En EYuK li kuchlanish manbai (odatdagi kuchlanishi Un q 10…30 V ) ham ishlatiladi. RK rezistorning qarshiligi kirish signallarini kuchaytirish va VT tranzistorning IK kollektor tokini cheklashlarga qo‘yiladigan talablarga qarab tanlanadi. Odatda RK kam quvvatli tranzistorlar uchun 0,2…5 kOm ni va o‘rtacha quvvatli tranzistorlar uchun esa 100 Om ni tashkil etadi. Un kuchlanish manbai bo‘luvchi (delitel)sining RB1 va RB2 rezistorlari tranzistor bazasidagi tokni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib (doimiy tok bo‘yicha), yuklama chizi/ining ishchi nuqtalari (sokinlik nuqtalari) mos ravishda.
Ec
Uk i r
Ik i r
С1
IК RК
С
RB 1 2
VT i2
IB
I
Un En
R
Э Rн
Rc RB 2
RЭ СЭ
а)
Uc h i q
b)
1-rasm Bipolyar tranzistorli kuchaytirgich (umu miy emitter) sxemasi
RE rezistor yordamida kuchaytirgichning doimiy tok bo‘yicha teskari aloqasi hosil etiladi va u kuchaytirish rejimining harorat turg‘unligini ta’minlaydi. Shunday qilib, harorat oshishida IK kollektor va IE emitter tokining va REIE kuchlanish pasayishining doimiy tuzuvchilari ko‘tariladi. Natijada, UBE kuchlanish pasayadi, bu esa o‘z navbatida IB baza tokini kamaytiradi va oqibatda IK kollektor tokini kamaytiradi va turg‘unlashtiradi.
CE katta sig‘imli kondensator (o‘nlab mikrofaradalik) RE rezistor qarshiligini o‘zgaruvchan tok bo‘yicha shuntlaydi (qisqa tutashtiradi), bu esa o‘z navbatida teskari aloqa zanjiridagi kuchaytirilayotgan signalning o‘zgaruvchan tok bo‘yicha zaiflashini oldini oladi.
Kuchaytirgichning ishlashini qulay tahlil etish uchun, uning doimiy (4.3b-rasm) va o‘zgaruvchan tok (4.4-rasm) bo‘yicha almashtirish sxemalari alohida ravishda ko‘riladi. Kuchaytirgichning doimiy tok bo‘yicha ishlash rejimida kuchaytirilayotgan signalning eng kam nochiziq buzilishlarga erishish uchun, quyidagi tenglama bilan ifodalanadigan, yuklama chizi/ining bc orali/ining o‘rtasida joylashgan a (2-rasm) ishchi nuqtasi tanlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |