Ishni bajarish tartibi
Turli ekologik sharoitda о‘sgan о‘simlik gerbariylari barglarining morfologik xususiyatlari lupa yordamida о‘rganiladi. Chizg‘ich yordamida bargning bо‘yi, eni va qalinligi о‘lchanadi. О‘simlik barglari qanday darajada tuklarga ega ekanligi, ya’ni tuksiz, siyrak tukli ekanligi yoziladi.
Topshiriqlar
1-topshiriq. Gerbariylardan gidrofit, mezofit va kserofit о‘simliklarni morfologik belgilariga qarab ajrating.
2-topshiriq. О‘simlik gerbariylari barglarining morfologik xususiyatlarini lupa yordamida о‘rganing.
3-topshiriq. О‘rganilayotgan о‘simliklarning qaysi turlarida metamorfoz hodisasi uchrashini aniqlang va 1-jadvalni tо‘ldiring.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |