1. O‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar uchun ichiga nutq a’zolari nomlari yashiringan so‘zlar nomi ko‘rsatilgan holda beriladi va shu nomning oldida uning rasmi ko‘rsatiladi.O‘quvchilardan esa shu nomning ichidan mavjud nutq a’zosi nomini topish so‘raladi. Rasm esa bu so‘zni va shunga mos nutq a’zosini eslab qolishga yordam beradi.
1) TILLAKORI (Registon ansamblidagi 3 minoraning biri)
Nutq a’zolaridan bo‘lmish “til” degan so‘z yashiringan
2) O‘RDAKBURUN (Sutemizuvchilar oilasiga mansub hayvon)
Bundan esa “burun bo‘shlig‘i” nomini olish mumkin.
3) LABIHOVUZ (Buxorodagi qadimiy inshootlardan biri)
Bundan “lab” degan so‘zni topishimiz mumkin.
4) TUYATISH (Quvaning danagi yirik anorlaridan biri)
Nutq a’zolaridan biri bo‘lmish “tish” so‘zi yashiringan.
5) TUYABO‘G‘IZ (Toshkent viloyatidagi suv omborlaridan biri)
“Bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi “bo‘g‘iz” so‘zi yashiringan.
Do'stlaringiz bilan baham: |