1-amaliy mashg’ulot
Savol va topshiriqlar
1. Hofiz qaysi davrda yashab ijod qilgan?
2. Shoir devoni haqida ma’lumot bering.
3. Hofiz she’riyatining yetakchi mavzui nima?
4. Shoir badiiy mahoratini ta’riflang.
5. Shoir g’azallaridan namunalar tahlil qiling.
1. Hofiz Sheroziy uyg’onish davrida(14-asrning 2-yarmi va 15-asr boshlarida) yashab o’tgan. Uning zamondoshlari Atoyi, Lutfiy, Sakkokiy bo’lgan.
2. Shoir o’zi devon tuzgan emas, uning "Devon"nini sherozlik adabiyotshunos Muhammad Gulandom tuzgan. Shoir dеvonida ilohiy ishqqa oid g’azallar salmoqli o’rinni egallaydi. Uning uchun ishq yagona, ammo u goh ilohiy-haqiqiy, goh dunyoviy-majoziy ishq sifatida namoyon bo’ladi:
Ishqning asli bir, valе o’zin,
Gah haqiqat, gahе majoz aylar
3. Shoir shе'riyati mavzu jihatdan ham rang-barangdir. U hayotiy va ilohiy ishqni, tasavvuf g’oyalarini, islom qarashlarini, inson muhabbati bilan bog’liq turli kеchinmalarni, so’fiylik mafkurasini, turli falsafiy qarashlarni, odob - axloq, ilm - ma'rifat va boshqa mavzularni asos qilib oladi.
4. Hofiz gʻazallari, avvalo, jozibali va yoqimli ohangi bilan har qanday oʻquv-chini oʻziga tortadi: hassos va isyonkor ruhi bilan uning qalbini toʻlqinlantiradi; rang-barang timsolu tashbehlari, yuksak badiiyati, keng va chuqur maʼnolari bilan aqlini band etadi. Qavat-qavat ramzu timsollar pardasiga oʻralgan sheʼrlari bir necha maʼno qirralariga ega boʻlganligi uchun ham har bir toifa uni oʻzicha talqin etadi, oʻz maqsadiga xizmat qildiradi. Chunonchi, tasavvuf olimlari Hofiz ijodini ilohiy ishq kuychisi sifatida oʻrgansalar, Gʻarb va shoʻro adabiyotshunoslari dunyoviy nuqtai nazardan tahlil etadilar. Aslida shoir ijodida ilohiylik va dunyoviylik ajoyib bir tarzda uygʻunlashib ketgan.
5. Shoir dеvonida asosiy o’rinni majoziy ishq tashkil etadi. Shoir ma'shuqani ulug’laydi. Go’zallikni ta'rif etadi. Yorning har bir a'zolari -qosh, ko’z, yuz, xol, sochu zulflar, qadu-qomat, og’iz va lablari tasviri juda chiroyli o’xshatishlar asosida tasvirlanadi:
Tilmudur yo qand yoxud to’tiyi shakar shikan,
Tushmudur yo gavhari sеrob yo duri Adan.
Ko’zmudur yo kofiri xunrеz yo joduyi hind
Yuzmudur yo lolayi xudro’y yo bargi suman.
Ushbu g’azalida tajohili orifona she’riy san’ati qo’llangan. Ya’ni shoir yorining go’zalligini bilib turib bilmaslikka olib, uning ta’rifini yanada yuksaklarga ko’targan. G’azalda radif qo’llanmagan, shikan, adan va suman qofiyadosh so’zlar bo’lib, n raviy hisoblanadi. Qofiyasi muqayyad qofiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |