1-Amaliy mashg`ulot. Paxta tayyorlov maskanlarida texnik nazorat Ishdan maqsad



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/34
Sana23.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#843621
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
tex.nazorat va sifat menejmenti 3 kurs (amaliy)

3.4-§. Sifat tizimi 
 
Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash, 
iste’molchini talabini sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan 
qoniqtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy usullar bilan bilan 
boshqarish masalalariga chuqur e’tibor berilmoqda. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga 
o‘tishi 
jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
qo‘llaniladigan ishlab chiqarish, xo‘jalik va tijorat usullariga 
jiddiy 
o‘zgartirishlar kiritish va iqtisodiyotni tubdan 
modernizatsiya qilish talab etilmoqda. Ular orasida marketing 
tamoyillari va usullari alohida o‘rinni egallamoqda. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida raqobat muxitini mavjudligi sifat va uni 
boshqarish muammolariga katta axamiyat berishga majbur qiladi. 


Mamlakatimizni kuchli rivojlangan davlatlar qatoriga 
kirishda raqobat, kurash-sifatni oshirish dasturlarini ishlab 
chiqarishga sabab bo‘ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini 
baholash uchun ob’ektiv ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati 
tug‘iladi. Sifat va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rtasida to‘g‘ri 
bog‘lanish mavjud.
Sifatni oshirish-harajatlarni kamaytirib, bozor ulushi hamda 
ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko‘maklashadi. 
YUqoridagilar bo‘lajak menejerlardan sifatni boshqarish tizimi 
asoslari sohasiga oid chuqur ilmiy va amaliy ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishini talab etadi.
Xalqaro standartida ISO 9001 berib o‘tilgan ta’rifga ko‘ra, 
sifat tizimi- bu sifatning umumiy boshqaruvini ta’minlovchi 
tashkiliy tarkib. javobgarlik, jarayonlar, protsedura va resurslar 
taqsimotining majmuidir. 
Mahsulotlar etkazib berish bo‘yicha kontrakt to‘zish uchun 
xorijlik xaridor ishlab chiqaruvchida sifat tizimining 
mavjudligini va bu sifat tizimiga taniqli sertifikatlash organi 
tomonidan berilgan sertifikatni ko‘rsatishni talab qiladi. 
Sifat tizimi korxona oldiga qo‘ygan maqsad va belgilangan 
siyosatni olib borishni ta’minlovchi omil sifatida tashkil qilinadi 
va amalga joriy etiladi. 
Sifat tizimining asosiy vazifalari bo‘lib: sifatni ta’minlash, 
sifatni boshqarish, sifatni yaxshilash hisoblanadi. U korxona 
rahbariyati tomonidan sifatni ta’minlash bo‘yicha siyosatni 
amalga oshirishning vositasi sifatida tashkil qilinadi. 
Sifat tizimida buyurtmachi (xaridor) va mol etkazib beruvchi 
(tayyorlovchi) faoliyat olib boradi. 
Sifat muhitida korxona siyosati va maqsadini ta’minlash 
uchun sifat tizimida: marketing, bozorni o‘rganish; texnik 


talablarni loyihalashtirish va ishlab chiqish; material-texnik 
ta’minot; texnik jarayonlarni tayyorlash va ishlab chiqish; ishlab 
chiqarish; nazorat, sinov va tadqiqotlar o‘tkazish; o‘rash va 
saqlash; sotish va taqsimot; montaj va ishga tushirish; xizmat 
ko‘rsatishga texnik yordam; foydalanib bo‘linganidan keyin 
utilizatsiya qilish. 
Korxona rahbarlari sifat siyosatini olib borishda birinchi 
navbatda, uni shakllantirib olish va rasmiylashtirishi kerak 
bo‘ladi. 
Sifat bo‘yicha siyosatni shakllantirishda quyidagi 
yo‘nalishlarni tanlab olish mumkin: sifatni yaxshilash hisobiga 
korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash, bozorni kengaytirish va 
yangilarini egallash, mahsulot texnik darajasini ilg‘or firma va 
kompaniyalar darajasiga olib chiqish, mahsulot nuqsonini 
kamaytirish va boshqalar. 
Sifat bo‘yicha siyosat dastur ko‘rinishida maxsus hujjatlarda 
bayon etilishi 
kerak. 
Sifat kafolati bo‘yicha faoliyat ushbularni o‘z ichiga oladi: 
rejalashtirish va loyihalashtirish; texnologik jarayonlar 
va 
ishlab chiqarishga tayyorgarlikni loyihalashtirish;mahsulotni 
tayyorlash; sifatni nazorat qilish; sifatning


yomonlashishini oldini olish; reklama; sotish; sotishdan keyin 
xizmat ko‘rsatish; iste’molchidan axborot olish; sifat kafoloti 
tizimini nazorat qilish. 
Korxonada mahsulot sifatini nazorat qiluvchi sifat xizmati 
bo‘limini tashkil qilish, korxonada olib borilayotgan sifat 
bo‘yicha barcha faoliyatni muvofiqlashtirishga imkon beradi. 
Sifat xizmati sifat bo‘yicha uslubiy takliflarni ishlab chiqadi. Bu 
xizmat turi faqatgina Bosh direktorga bo‘ysunadi. Korxona 
rahbariyati bu xizmat orqali nafaqat mahsulot sifatining halqaro 
standartlarga javob berishini nazorat qilib boradi, balki mahsulot 
sifatini doimiy ravishda takomillashtirib borish imkoniyatiga ham 
ega bo‘ladi. 
Maxsus xizmat turi orqali iste’molchilar ehtiyojini va 
ularning mahsulot sifatiga qo‘yadigan talabini o‘rganadi. 
Mahsulot sifatining aniq standartlarga javob bermasligi 
bevosita ishlab chiqarishning o‘zidayoq aniqlanishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Buning uchun sifatni nazorat qilish quyidagi 
barcha texnologik zanjir bo‘yicha amalga oshirilishi kerak: 
-material va butlovchi qismlarning kirish nazorati 
laboratoriyalar asosida amalga oshirilishi; 
-korxona ishlab chiqarish jarayonining texnologik jihozlarini 
faol nazorat qilish uslublarni ishlab chiqish, shuningdek 
operatsiyalar bo‘yicha tanlama yoki to‘liq nazorat olib borilishi va 
tayyor mahsulotning yakuniy nazorati; 
-korxona laboratoriyalari mahsulotning davriy sinovlariga 
oid maxsus ko‘rgazmalari bilan ta’minlanishi kerak. 
Korxona rahbarlari mahsulot sifatining standartdan chetga 
chiqishini emas, balki uni oldindan aniqlashga va bartaraf etishga 
alohida e’tibor qaratishi kerak. 
Barcha xodimlar sifat bo‘yicha ishlarga jalb etiladi 


Buning uchun ishchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-
tadbirlar belgilab olinadi. 
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Har 
qanday ishlab chiqarishda ikki omil-shaxsiy-insoniy omil va 
moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u 
taqsimot, ayirboshlash orqali iste’mol qilish bilan tugallanadi. 
Sifatni boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. 
Foyda 
olish 
ishlab 
chiqarish 
omillaridan 
foydalanish 
samaradorligiga, investitsiya samaradorligiga, mahsulot sifati va 
uning raqobatbardoshliga, tez va samarali qarorlarning qabul 
qilinishiga, yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish 
darajasi kabi qator omillarga bog‘liqdir. 
Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita ishlab 
chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni 
boshqarish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 


Chunonchi ishchi kuchini boshqarish, ishlab chiqarish 
vositalarini boshqarish, texnika va texnologiyani boshqarish, 
ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish, mahsulot sifatini 
boshqarish, investitsiya samaradorligini boshqarish, innovatsion 
jarayonni boshqarish va hokazo. 
Qayd 
qilingan 
ob’ektlarni 
boshqarish 
dastlab 
rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni 
tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat 
bilan tugaydi. Bu erda rabatlantirish ishlab chiqarishni 
boshqarishning barcha funksiyalari jarayonida o‘z aksini topadi. 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish