1-Amaliy mashg`ulot. Paxta tayyorlov maskanlarida texnik nazorat Ishdan maqsad


Trikotaj korxonasida texnik nazoratni tashkil etish



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/34
Sana23.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#843621
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
tex.nazorat va sifat menejmenti 3 kurs (amaliy)

Trikotaj korxonasida texnik nazoratni tashkil etish 
 
Har bir korxonada davlat standartlari va texnik sharoit 
talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chikarish uchun 
texnik nazorat bo‘limi tashkil etilgan. 
Texnik nazorat bo‘limi (TNB) korxona boshqaruvining 
mustaqil bo‘limi hisoblanadi. 
Texnik nazorat bo‘limining asosiy vazifasi korxonada ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot sifatining standart, texnik shart va 
instruksiya talablariga mos kelishini nazorat etishdir. 
Texnik nazorat bo‘limi ishlab chiqarishning barcha 
bo‘g‘inlarida texnologik rejimga rioya qilishni hamda korxonaga 
keltirilayotgan xom ashyo va materiallar sifatini nazorat qilib 
boradi. 
Korxonada tayyorlangan mahsulotga faqat texnik nazorat 
bo‘limi qabulidan keyin belgilangan tartibda mahsulot sifatini 
tasdiqlovchi sertifikat yoki hujjat berilgandagina iste’molchiga 
jo‘natiladi. 
Trikotaj korxonasidagi texnik nazorat bo‘limi quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradi: 
1)
ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar navini aniqlash 
va uning sifati uchun nazorat; 
2)
tayyor buyumlarni to‘g‘ri tamg‘alashni nazorat qiladi (har 


bir tayyor buyumdagi etiketkaga muhr bosiladi); 
3)
tovar belgisi mavjudligini nazorat qiladi; 
4)
idishlarning sifatini nazorat qiladi; 
5)
korxona omborxonasidagi xom ashyo, materiallar va tayyor 
mahsulotlarni to‘g‘ri saqlanishini nazorat qilinadi; 
6)
saralovchi va tamg‘alovchilarga bevosita rahbarlik, 
ularning davriy ishlashini tashkil etish; 
7)
ishga qabul qilingan yangi tayyor mahsulot saralovchisini 
o‘qitish va kerakli bo‘lgan tushuntirish ishlarini olib borish; 
8)
mahsulot 
sifatini 
yaxshilash, 
assortimentlarini 
kengaytirish, yangi standartlar va texnik shartlarning loyihalarini 
yaratish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi; 
9)
korxonaning turli bosqichlarida instruksiyalar, texnik 
hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etadi; 
10)
namunalar va fasonli buyumlar, alohida bosqichlarida 
xomaki 
mahsulotlar 
sifat 
etalonini 
(masalan, 
polotna 
bo‘yog‘ining etaloni) yaratishda qatnashish; 


11)
xomaki va tayyor mahsulotlar sifatini pasaytiruvchi 
nuqsonlarning hosil bo‘lish sabablarini o‘rganadi va ularni 
kamaytirish choralarini ishlab chiqadi; 
12)
savdo tashkilotlari va iste’motchilarning mahsulot sifatiga 
qo‘yilgan shikoyatlarini ko‘rib chiqish va uni bartaraf etish. 
Buyum navi va tamg‘asi noto‘g‘ri aniqlanganiga dalolatnoma 
tuzish va nuqsonli mahsulotni almashtirishni tashkil etish; 
13)
yangi standartlar, texnik shart va instruksiyalar kiritishdagi 
tadbirlarni o‘z vaqtida tayyorlash va o‘tkazishni nazorat qiladi; 
14)
korxonadagi 
mavjud 
bo‘lgan 
nazorat-o‘lchash 
asboblarining holati, hamda o‘z vaqtida davlat tekshiruviga 
ko‘rsatishni nazorat qiladi. 
Trikotaj korxonasida texnik nazorat ishlarini muvaffaqiyatli 
va samarali o‘tkazish uchun texnik nazorat bo‘limi apparatini 
ratsional tashkillashtirish kerak bo‘ladi. 
Trikotaj korxonasida texnik nazorat bo‘limi belgilangan 
ustav, nizom, standartlar va texnik shartlar asosida ish olib boradi. 
Korxonadagi texnik nazorat bo‘limining tuzilishi va shtati, 
belgilangan tartibda tasdiqlangan va ishlab chiqarish hajmiga 
bog‘liqlikda aniqlanadi. 
Korxonaga keltiriladigan xom ashyo sifati bosh muhandisga 
bevosita bo‘sinadigan nazorat-sinov laboratoriyasida nazorat 
qilinadi. Bu holda texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i ushbu 
laboratoriyadagi uslublar va xom ashyoni to‘g‘ri qabul qilish 
qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi va xom ashyo sifatini 
aniqlash bo‘yicha laboratoriya xodimlariga topshiriq berish 
huquqiga ega. 
Trikotaj buyumlarining sifati uning texnik darajasiga ham 
bog‘liqdir. Texnik daraja-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va 
undan tayyorlanayotgan buyumlarning sifati zamonaviy va 


xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kabi 
bo‘lishi hamda bir-biriga uzviy bog‘liqlikda olib borilishi 
tushuniladi. 
Trikotaj mahsulotlarining texnik darajasi quyidagi asosiy 
omillar natijasida sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi: 
1.
Buyumlarni 
loyihalash-
tayyorlanayotgan buyumlar 
yoki 
buyumning 
alohida qismlari insoniyat tanasiga mos kelishi lozim. 
2.
Xom ashyo (yigirilgan ip)-mahsulot sifati va undan 
qayta ishlanayotgan buyumlarning ishlatilishi. 
3.
Tayyorlash 
texnologiyasi-zamonaviy
texnika 
va 
texnologiyalardan 
foydalanib, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. 
4.
Matolarga rang beruvchi mutaxassisning bezagi-bo‘yash 
ranglarini tanlash, bo‘yoqlarning pishiqligi. 
5.
Pardozlash materiallari va furnituralar-ularning sifati 
tanlangan matolarga bog‘liq bo‘lib, buyumning estetik bahosini 
oshirish. 


Mahsulot sifatini baholashning ikki uslubi mavjud: 
1.
Fizik-mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ob’ektiv baholash-
pishiqligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, qayishqoqligi, ishqalanishga 
chidamliligi va boshqalar. 
2.
Rangi, tashqi ko‘rinishi, badiiy bezaklari, yumshoqligi va 
boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha sub’ektiv (organoleptik) 
baholash. 
Texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i quyidagi huquq va 
majburiyatlarga ega: 
-standart va texnik shart talablariga mos kelmasa, zudlik bilan 
korxona rahbariyatiga xabar bergan holda, mahsulot ishlab 
chiqarishni va jo‘natishni to‘xtatib qo‘yadi; 
-mahsulot standart talablariga javob bermasa alohida 
mashinalarda, 
texnologik 
jarayonda, 
ishlab 
chiqarish 
bo‘linmalarida va sexlarda mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatadi; 
-standartlar va texnik shartlarda tasdiqlanishga ega bo‘lmasa, 
mahsulot ishlab chiqarishga ruxsat bermaydi; 
-mahsulot sifatini ta’minlamagan sex boshliqlari va 
ustalardan qo‘shimcha mukofat pullarini ma’lum miqdorda 
chegirib oladi; 
-korxonadagi asbob-uskunalarni grafik asosida o‘z vaqtida 
ta’mirlashni bosh mexanik va bosh energetikdan talab qiladi. 
Texnik nazorat bo‘limi quyidagi ma’suliyatni o‘z bo‘yniga oladi: 
-korxonada sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun texnik 
nazorat bo‘limining ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va ishlab 
chiqarishning barcha bo‘linmalarida mahsulotni o‘z vaqtida 
qabul qilishni yo‘lga qo‘yish; 
-ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini tasdiqlovchi 
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun; 
-mahsulot sifatini to‘g‘ri baholash uchun. 
Texnik nazorat bo‘limi xom ashyo, xomaki va tayyor 


mahsulotlarning sifati talab darajasida bo‘lmasa korxona 
rahbariyatiga zudlik bilan xabar beradi, hamda noto‘g‘ri 
ko‘rsatadigan nazorat o‘lchash asboblarini ishlatishni qat’iyan 
man etadi. 
Texnik nazorat bo‘limi apparati texnologik jarayonlarda 
biriktiril-gan sex ishchilarini, ba’zi bir kerakli tasodiflarda 
korxona laboratoriya-sida xom ashyo, xomaki mahsulotlar, 
materiallar va tayyor buyumlarining sifat ko‘rsatkichlarini sinab 
ko‘radi. 
Texnik 
nazorat 
bo‘limi 
korxonadagi 
mahsulotga 
reklamalashtirishni ko‘rib chiqadi, sifatsiz mahsulot ishlab 
chiqarish sabablarini va aybdorlarni belgilaydi. 
Sexlararo nazorat apparatini qurish ishlab chiqarish 
sexlarining o‘lchamiga, tuzilishiga va ishlab chiqarayotgan 
mahsulot xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Trikotaj korxonasida ba’zi bir holatlarda mahsulot sifatini 
nazorat qilish ishlari texnologik jarayonlar bo‘yicha olib boriladi. 


Trikotaj ishlab chiqarishidagi matoni saralash jarayonida 
aniqlangan sifati bilan birgalikda smena bo‘yicha matoni 
miqdoriy jihatdan qabul qilishni o‘tkazadi- tortish, matoni 
keyingi jarayonlarga tayyorlash. 
Trikotaj korxonasining ishlab chiqarish jarayonlarida xom 
ashyo, xomaki va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilish 
bo‘yicha davriy tekshirish ishlari olib boriladi, masalan, 
saralanma nazoratini tekshirish, saralovchi, nuqsonlarga 
ajratuvchi va qabul qiluvchilarni to‘g‘ri va aniq ishlashlarini 
tekshirish. Saralanma nazoratda to‘dadan 5-10 foizlik namunalar 
olib tekshiriladi va olingan natijalar butun material to‘dasi uchun 
bir xilda hisoblanadi. 
Tayyor mahsulotlarni, shu bilan birgalikda alohida 
bosqichlarda saralanma nazorat qilish ishlari bevosita texnik 
nazorat bo‘limining xodimlari rahbarligi ostida olib boriladi. 
Trikotaj buyumlari ishlab chiqaradigan butun texnologik 
jarayonlar qat’iy texnologik intizomga rioya qilgan holda 
ishlaydi. 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish