22-modda. Davlat metrologiya nazorati
Davlat metrologiya nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning, shuningdek boshqa qonun hujjatlarining metrologiyaga oid talablarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar, axborot-o‘lchash tizimlari) ishlab chiqarilishi, ta’mirlanishi, prokatga berilishi, realizatsiya qilinishi, ularning holati va qo‘llanilishi;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati;
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori ustidan amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |