1-amaliy mashg’ulot.
O’lchash vositalarining turlari.
Mashg‘ulotning maqsadi:
O’lchash vositalari ualrni qollanish doiralari, ishlash jarayonlar va turlarini o’rganish. O’lshash jarayonida qatnashuvchi o’lchash vositalari, qurilma va asboblarni ishlash prinsiplari, asosiy metrologik xarakteristikalari bilan tanishish.
Nazariy qism
O’lchashlarda qo’llaniladigan va me’yorlangan metrologik tavsiflariga ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositalari deyiladi va ular yordamida o’lchash amali o’tkaziladi.
O’lchash vositasi deb, metrologik tavsiflari me’yorlangan belgilangan xatolik chegarasida bo’lgan, ma’lum vaqt oralig’ida o’zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o’lchov birligini qayta tiklaydigan yoki saqlaydigan, o’lchashlar uchun mo’ljallangan texnik vositaga aytiladi.
O’lchash jarayonida o’lchanadigan kattalikning qiymatini to’g’ri aniqlanishi ko’pincha o’lchash vositasining xususiyatlariga va ularni to’g’ri tanlab olinishiga bog’liq.
O’lchash vositalari turlicha klassifikasiyalanadi: o’lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimida o’lchash vositasini bajaradigan roli bo’yicha, avtomatlashtirish darajasi, ko’rsatkichi bo’yicha, standartlashtirish darajasi bo’yicha, o’lchanadigan kattalikka nisbatan o’lchash jarayonidagi roli bo’yicha va bajaradigan funksiyasi bo’yicha va h.k. quyidagi rasmda o’lchash vositalarining o’lchash jarayonidagi roli va bajaradigan funksiyasi bo’yicha klassifikatsiyalanishi keltirilgan.
O’lchash vositalari bajaradigan funksiyasi bo’yicha quyidagi 5 guruhga bo’linadi: o’lchovlar, o’lchash asboblari, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash qurilmalari va informasion o’lchash tizimlari.
O‘lchash vositalarining turlari
O’lchashlarda qo’llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositasi deyiladi.
O’lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar majmui o’lchash usuli deyiladi.
O’lchashlarda:
- bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) baholash;
- differensial baholash;
- o’lchov bilan taqqoslash - nol (kompensatsion) usullar keng qo’llaniladi. Bevosita baholash ususli o’lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o’lchash asbobning hisoblash qurilmasi bo’yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan, bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr bilan o’lchash va hakazo. Differensial usul (ayirmali usul) o’lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning ayirmasini o’lchashni xarakterlaydi.
Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiqlik o’tkazuvchanligiga taqqoslash yo’li bilan issiqlik o’tkazuvchanlik bo’yicha o’lchash. G’oyatda aniq o’lchashlarda o’lchov bilan taqqoslash usuli qo’llaniladi. Bunda o’lchanayotgan kattalik o’lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan taqqoslanadi.
Masalan, o’zgarmas tok kuchlanishni e.yu.k normal element e.yu.k iga teng bo’lgan taqqoslash kompensatorida o’lchash yoki massani pishangli tarozilarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o’lchash. Nol (kompensatsion) usul o’lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo’lgan kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma malum kattalikni o’zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Poientsiometrlar, muvozanatlashtirilgan ko’priklar va boshqalar nol usulga asoslangan asboblarga misol bo’la oladi. Nol usuli o’lchashning yuqori aniqligini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |