Oilaviy MTT lari faoliyatini tashkil etish tartibi.
Oilaviy MTT ga kirish joyida fuqarolarni Oilaviy MTT haqida ma’lumotlardan xabardor qilush maqsadida axborot peshlavhasi o‘rnatiladi. Unda tuman ( shahar) hokimliklari tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ruxsatnoma nusxasi, dxsh to‘g‘risidagi bitim nusxasi, pedagog va tibbiyot xodimlarining diplomlari nusxalari, omttning ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtiriladi.
Oilaviy MTT da 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 7-12 nafar bolalarga tarbiya berilishiga yo‘l qo‘yiladi.Oilaviy MTT tashkil etilishi rejalashtirilayotgan uyda bolalarning sog‘lom o‘sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar bo‘lishi, bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi lozim.
Oilaviy MTT da ta’lim mazmuni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zb Res MTV tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.Oilaviy MTT o‘z ( mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zb Res MTV tomonidan belgilanadi.
Oilaviy MTT ning ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo‘lish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
OMTTda
5 kunlik ish haftasi uchun qoida tariqasida, quyidagi kunlik ish tartibi joriy etiladi: 9 soatli 4 soatli.
OMTT joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib,Oilaviy MTT 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Oilaviy MTT da bolalarning ovqatlanishi O‘zb Res Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.Oilaviy MTT tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlariOilaviy MTT xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘ligi va jismoniy rivojlanishi, davolash-plrofilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitarita qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.Oilaviy MTT xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy MTT ga bolalarni qabul qilish tartibi .
O bolalarni qabul qilish jinsi, irqi millati tili dini ijtimoiy kelib chiqishi e’tiqodi shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatiy nazar tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.Oilaviy MTT ga bolalarni qabul qilish tashkilotdan chiqarish tartibi oilaviy mtt ning qarori bilan amalga oshiriladi.Oilaviy MTT dagi bolalar soni 7 nafardan kam bo‘lmasligi va 12 nafardan oshmasligi lozim.
Omtt da o‘quv yili joriy yilning 2 sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 31 mayigacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan davr tashkilotda sog‘lomlashtirish davri hosoblanadi.
Quyidagilar ruxsat berishga doir qoidalarga muvofiq oilaviy mtt larini tashkil etish va ularning faoliyati amalga oshirish bo‘yicha talablar va shartlar hisoblanadi.
● DMTT to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridan qat’iy rioya qilish
●nomtt mulkka egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolar, inshootlar va sharoitlarning mavjudligi.
● o‘quv va tarbiya jarayonini davlat talablariga o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish
●OMTT uning tarbiyalanuvchilari prdagoglari va ta’lim tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotlarni yozma shaklda tuman ( shahar) MTB taqdim etish yoki MTni boshqarishning axborot tizimiga kiritish.