Yetakchi ko‘priklarining turlari:
yetakchi
boshqariladigan
boshqariladigan yetakchi (birlashgan)
qo‘llab-quvvatlovchi
Yetakchi ko‘prik. Old, orqa va oraliq yetakchi ko‘priklar mavjud. Osma turiga qarab, ular ajralmaydigan va ajraladigan konstruksiyaga ega. Agar avtomobil mustaqil osma bilan jihozlangan bo‘lsa, ajraladigan, agar osma nomustaqil bo‘lsa, yetakchi ko‘priklar odatda ajralmaydigan bo‘ladi.
6.1-rasm. Yetakchi ko‘prik.
Klassik sxemadagi engil avtomobillarda orqa ko‘prik, to‘liq g‘ildirakli transport vositalarida ikkala o‘q ham yetakchi bo‘ladi (6.1-rasm).
Boshqariladigan ko‘prik. Boshqariladigan ko‘prik deganida, oqariyat hollarda biz orqa yoki to‘liq yuritmali avtomobilning oldingi o‘qini nazarda tutamiz. Shu bilan birga, maxsus maqsadli transport vositalarida (kommunal xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi g‘ildirakli transport vositalari, yuk ko‘taruvchilar va boshqalar) oldingi o‘qi etaklovchi, orqa ko‘prik esa boshqariladigan bo‘lishi mumkin (6.2-rasm).
6.2-rasm. Boshqariluvchi ko‘prik.
Boshqariladigan yetakchi (birlashgan) - bu ko‘prik va bir vaqtning o‘zida boshqariladigan g‘ildiraklariga ega bo‘lgan ko‘prik.
6.3-rasm. Boshqariluvchi yetakchi ko‘prik.
Birlashgan ko‘prik cheklangan yurish qobiliyatiga ega bo‘lgan oldingi g‘ildiraklari yetakchi avtomobillarda, yo‘l tanlamas transport vositalariga ega bo‘lgan to‘liq yuritmali transport vositalarida va qiyin yo‘l sharoitida ishlashga mo‘ljallangan katta yo‘l transport vositalarida oldingi o‘qlar sifatida ishlatiladi (6.3-rasm).
6-Amaliy Mashg’ulot
Mavzu: Rul Boshqarmasining Sxemalarini O’rganish.
Rul kuchaytirgichlari.
Hozirgi paytda o‘rtacha vaznli o‘tag‘on hamda o‘rta va og‘ir vaznli yuk avtomobillari, shuningdek, avtobuslarning rul yuritmalarida kuchaytirgich ishlatiladi. Kuchaytirgich - g‘ildiraklarni burishga sarflanadigan kuchni kamaytiradi, natijada avtomobilning boshqarilishini osonlashtirib, yengil va qulay burilishni ta’minlaydi. Kuchaytirgich avtomobil notekis yo‘ldan yurganda, rul chambaragiga ta’sir etadigan turtkini yumshatadi va avtomobilni katta tezlikda uning harakatlanish xavfsizligini oshiradi.
Masalan, boshqariluvchi g‘ildiraklardan biri shikastlansa, avtomobilni to‘g‘ri chiziqli harakatini va turg‘un holatini saqlab qolishga imkon yaratadi. Rul yuritmasi. Shuning uchun hozirgi paytda tezyurar yengil avtomobillarning (Neksiya) rul boshqarmasi ham kuchaytirgich bilan jihozlangan. Kuchaytirgichlar boshqarish jarayonida to‘la kuzatish qobiliyatiga ega bo‘lishi (ya’ni, yo‘naltiruvchi g‘ildirakning burilishi, haydovchi tomonidan rul chambaragining burilishiga to‘la mos kelishi), avtomobilni to‘g‘ri chiziqli harakati paytida g‘ildirakning to‘siqqa uchrab majburan burilishida o‘z-o‘zidan ishga tushmasligi, biror sabablar bilan shikastlanib ishdan chiqmasligi, avtomobilning boshqarilishiga xalaqit bermasligi, yuqori sezgirlikka ega bo‘lib, juda ham qisqa vaqt ichida tizimning ishga solinishini ta’minlashi kerak.
Kuchaytirgich qo‘yidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: ta’minlash manbai-gidronasos yoki kompressor; taqsimlagich; gidrotsilindr. Gidravlik rul gidrokuchaytirgichi (10.4-rasm a) da berilgan. nasos; tarqislagich korpusi; rul mexanizmi; bog‘lovchi trubka. Kuchaytirgichlarni harakatga keltiradigan yuritma gidravlik va pnevmatik bo‘lishi mumkin. Kuchaytirgich qismlarining bir-biriga nisbatan joylashuvi to‘rt xil bo‘lishi mumkin:
kuchaytirgichning hamma qismlari bir joyda joylashgan (ta’minlash manbaidan tashqari);
rul mexinizmi alohida.
Taqsimlagich va gidrotsilindr bir agregatda joylashgan;
rul mexanizmi va taqsimlagich bir agregatda gidrotsilindr ayrim joylashgan;
hamma qismlari (rul mexanizmi, taqsimlagich, gidrotsilindr) ayrim joylashgan.
a)
b)
10.4-rasm. Rul kuchaytirgich turlari:
a) gidravlik rul kuchaytirgich; b) elektromexanik rul kuchaytirgich; 1-elektrodvigatel; 2-chervyak; 3-chervyakli g‘ildirak; 4-sirg;alish muftasi; 5-potentsiometr; 6-qobiq; 7-rul vali; 8-rul vali datchigiga ulanish kontakti; 9-elektrodvigatel elektr ta’minot’kontakti.
Yuqorida qayd etilgan kuchaytirgichning joylashuv tartibida va konstruksiyasida o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklar mavjud. Bular puxtaligi, ishonchli ishlashi, ixchamligi va narxi bilan baholanadi. Gidrokuchaytirgich ishlash prinsipi sxemasi (10.4-rasm a) keltirilgan. Nasos avtomobil dvigatelidan harakatni oladi. Nasosning tepa qismida moy solish uchun maxsus asbob o‘rnatilgan. Moy nasosdan, o‘tkazgichlar orqali taqsimlagichga uzatiladi. Taqsimlagich korpus va zolotnikdan iborat. Zolotnik shtanga orqali avtomobilning rul mexanizmiga ulangan, korpus esa boshqariluvchi g‘ildirakning burish sapfasi richagi bilan shtanga orqali birlashtirilgan. Taqsimlagich va moy o‘tkazgichlar bilan gidrotsilindrning ikki kamerasiga ulangan. Silindr avtomobil ramasiga sharnir ravishda mahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |