W 33,34 109lgH 130 BU 2 , (4.37)
bu yerda:
H – odamning bo‘yi, sm;
B – pol materialini tavsiflovchi koeffitsient (yog‘och - 0,25; yog‘och-plastik - 0,18;
keramika kafel – 0,095; metall – 0,45);
U – odam tanasining yerga nisbatan potensiali. V.
GOSТ 12.1.018–93 tomonidan statik zaryadlanish razryadlari uchqunlaridan muhofazalanishning umumiy talablari keltirilgan.
Unga muvofiq ishlab chiqarish ob’yektlari statik elektrlanish uchqun xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 3 ta sinfga bo‘lingan:
- uchqunsiz elektrlanish; - kuchsiz elektrlanish;
- kuchli elektrlanish.
Bo‘linish uchqun hosil bo‘lish shart-sharoitlari, qo‘llaniladigan uskunalar turi va ishlatiladigan moddalar tavsiflariga bog‘liq holatda olib boriladi.
MХSТ tarkibidagi GOSТ 12.1.124–83 tomonidan statik elektrlanishdan himoya qilish vositalari va ularga qo‘yiladigan umumiy texnik talablar keltirilgan.
Statik elektr zaryadlarining hosil bo‘lishini va to‘planishini ishlab chiqarish xonasining mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish (havoning nisbiy namligi 70 % kam bo‘lmasligi zarur), asosiy materiallarga antistatik materiallar qo‘shish, muhit havosini ionizatsiyalash orqali kamaytirish yoki bartaraf etish mumkin. Modda va materiallarning, mashina qismlarining harakat tezligini kamaytirish ham statik elektrlanishni kamaytiradi. Statik elektr zaryadlarining ta’siridan himoyalanishning asosiy yo‘llaridan yana biri ish qurollari, uskunalari va materiallarining metall qismlarini yerga ulashdir. Yerga ulashda elektrod sifatida po‘lat armaturalardan, quvurlardan va burchak prokatlardan foydalanish mumkin.
Statik elektr zaryadlariga qarshi qurilgan yerga ulash tizimining qarshiligi 100 Om dan yoki texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna va jihozlar metall qismining barcha nuqtalaridagi elektr qarshiligi 10 Om dan kichik bo‘lishi kerak.
Shuningdek, statik zaryadlar razryadi natijasida yong‘in va portlash sodir bo‘lish xavfining oldini olish maqsadida quyidagi talablarni bajarish shart: - dielektrik suyuqliklarni oqizgan vaqtda shlangni sig‘imning tubigacha tushirish lozim; - dielektrik suyuqliklarni transport vositasida tashish paytida sig‘im yerda sudraladigan zanjir yordamida yerga ulangan bo‘lishi kerak; - tasmali uzatmalarda elektr zaryadlarini hosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida tasmalarni moylab turish tavsiya qilinadi; - vaqt-vaqti bilan xonalarning nisbiy namligini 70 % gacha yetkazib turish zarur; - uskunalarda elektr zaryadlarining paydo bo‘lishini va ularni hosil bo‘lish sabablarini yo‘qotish tadbirlarini har doim nazorat qilib turish kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
www.muegn.ru
www.energonazorat.uz
A.Q.Qudratov. Mehnat muhofazasi. Toshkent-1995
E.I. Ibragimov, S. Gazinazarova, O.R. Yuldashev. Mehnat muhofazasi maxsus kurs. Toshkent-2014
Mehnatni muhofaza qilish. O‘quv qo‘llanma. O.R. Yo‘ldoshev, O.D. Raximov, R.Т. Хo‘jaqulova, O.Т. Хasanova. –Т.: “Mehnat”, 2005
Otaxonov M. Qurilishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi. – Т.: “Mehnat”, 1991.
Do'stlaringiz bilan baham: |