1-amaliy mashg`ulot. Mavzu: Statik elektr zaryadlari xavfliligi ko`rsatkichlarini hisoblash



Download 61,59 Kb.
bet1/2
Sana15.07.2022
Hajmi61,59 Kb.
#801905
  1   2
Bog'liq
1 Amaliy

1-amaliy mashg`ulot.


Mavzu: Statik elektr zaryadlari xavfliligi ko`rsatkichlarini hisoblash.


Reja:


  1. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati.

  2. Elektr tokining odam organizmiga ta’sir qilish xususiyatlari.

  3. Statik elektrlanish, uning yuzaga kelish sabablari, himoyalanish uslublari va tadbirlari.

  4. Statik elektr zaryadlanishga qarshi kurash.






Odam faoliyatining deyarli barcha sohalarida elektr energiyasi qo‘llaniladi. Ayniqsa ishlab chiqarish sohasida elektr energiyasining, hamda elektr uskuna va qurilmalarining keng miqyosda ishlatilishi bajariladigan ishlar unumdorligini va sifatini oshirishga, og‘ir mehnatni yengillatishga, mehnat sharoitini yaxshilashga, mehnat xavfsizligi holatining yuksalishiga va boshqa turli ijobiy natijalarga olib keladi. Shu bilan birgalikda ba’zibir holatlarda, mehnat xavfsizligi nuqtai nazaridan, elektr toki ishlovchilar sog‘lig‘i va hayoti uchun juda katta xavf tug‘diruvchi omil hisoblanadi.


Ishlab chiqarishda yuz bergan jarohatlanishlar bo‘yicha statik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki elektr toki bilan jarohatlanish ishlab chiqarishdagi umumiy jarohatlanishlarning o‘rtacha 1 - 1,5 % ni tashkil qiladi. Lekin ishlab chiqarishda o‘lim bilan tugagan umumiy baxtsiz hodisalarning 30 - 40 %i elektr toki ta’siri natijasida yuz berganligi aniqlangan. Bu ma’lumotlar elektr tokining odam uchun ishlab chiqarishdagi o‘ta xavfli omillardan bittasi ekanligini tasdiqlaydi. Shu sababli odam faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan ishlab chiqarishda ham, elektr xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan holat ishlab chiqarishda elektr toki bilan ishlovchi mashina va mexanizm, apparat, jihoz, uskuna va qurilmalarda ishlashda elektr va texnika xavfsizligini yuqori darajada ta’minlashning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati jamiyat va davlat uchun qanchalik yuqori darajada muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Demak, elektr qurilmalaridagi elektr toki xavfli omil hisoblanadi. Ishlovchilarga elektr toki, elektr yoyi, statik elektrlanish, atmosfera elektri va elektromagnit maydonining xavfli omillari ta’sirining oldini oluvchi tashkiliy
va texnik tadbirlar hamda vositalar tizimi – “elektr xavfsizligi” deyiladi.
Elektr qurilmalaridagi texnika xavfsizligi ham, avvalo, elektr tokidan shikastlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan. Elektr tokidan shikastlanish oqibatida ro‘y beradigan baxtsiz hodisalarning ko‘p qismi kuchlanishi 1000 V gacha (380/220) bo‘lgan elektr qurilmalarida sodir bo‘lishi aniqlangan. Binobarin, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlovchilar, elektr texnikasiga doir bilimlaridan qat’i nazar, ko‘pchilikni tashkil etadi. Odam sezgi organlarining elektr toki xavfini oldindan seza olmasligi kuchlanish ta’siriga tushish ehtimolligini oshiradi.
Elektr qurilmalarida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi:

  • kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketish yoki ularga xavfli masofada yaqinlashish;

  • tokning yerga yoki elektr jihozning qobig’iga tutashishi va natijada oddiy sharoitda kuchlanish ostida bo‘lmaydigan metall qismlarda kuchlanishning paydo bo‘lishi;

  • ishlovchining yanglish harakati, shuningdek, kommutatsiya apparatlari bilan noto‘g‘ri ishlashi natijasida ishlovchilar ishlayotgan uzib qo‘yilgan tarmoqlarda yoki qismlarda kuchlanish paydo bo‘lishi va h.k.

Тexnik va tashkiliy himoya choralari tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqin kelmaslikni va ularga tasodifan tegib ketmaslikni ta’minlashi; tokning qobiqga yoki yerga tutashganida shikastlanish xavfini bartaraf qilishi, shaxsninig elektr qurilmalardagi yanglish harakatining oldini olishi kerak.
Elektr qurilmalarida ishlovchi shaxs muntazam o‘qitib turilishi, texnika xavfsizligi bo‘yicha uning bilimi va uquvi, mashqlari tekshirilishi kerak, u doim shaxsiy himoya vositalaridan foydalanib ishlashi shart. Shunday qilib, xavfsizlik talablari faqat jihozgagina emas, balki xizmatchilarning malakasiga, uquviga, ruhiy-fiziologik holatiga va xulqiga ham qo‘yiladi.
Elektr energetikasi sohasining hayot va ishlab chiqarishdagi ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomondan uni rivojlantirish bo‘yicha izchil siyosat olib
borilmoqda. Bunga sohani rivojlantirish va unda xavfsizlikni ta’minlash borasida zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlarning (qonunlar, qoidalar, me’yorlar va standartlar) qayta ko‘rilib va (yoki) yangidan ishlab chiqilib amalga tatbiq qilinish jarayonlari misol bo‘ladi.
Elektr qurilmalaridagi texnika va elektr xavfsizligi “Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi” (MХSТ) standartlari, masalan, GOSТ 12.1.009-76, GOSТ 12.1.006-84, GOSТ 12.2.007.0-75 ... GOSТ 12.2.007.14-75, GOSТ 12.1.019-79,
GOSТ 12.1.018-93, GOSТ 12.2.020-76 bilan belgilab qo‘yilgan.
Hozirda amalda bo‘lgan quyidagi me’yoriy hujjatlar ham elektr xavfsizligi masalalarini ta’minlashga xizmat qiladi:

  • Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari;

  • Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnik qoidalari;

  • Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari;

  • Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Elektroenergetika to‘g‘risida”gi qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni;

  • “Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari”;

  • Elektr uskunalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari.

Elektr toki ishlab chiqarishdagi ko‘plab xavfli omillar qatoridagi o‘ta xavfli omillardan bittasi hisoblanadi. Bunga sabab elektr tokining xavfli omil sifatida, ishlab chiqarishdagi boshqa xavfli omillardan farqli o‘laroq, 5 ta o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligidir. Bu xususiyatlarning mohiyati quyidagilardan iborat :

  • elektr toki ta’siriga tushib qolish xavfi tashqi belgilarining yo‘qligi – ya’ni odam elektr toki xavfini oldindan sezgi organlari, masalan, ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi, qulog`i bilan eshitmaydi yoki hid bilish organlari bilan seza olmaydi;

  • elektr toki bilan jarohatlanish oqibatining og‘irligi – elektr tokidan jarohatlanish natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotishning uzoq muddatli bo‘lishi, jarohatlanishlarda o‘lim hodisasi chastotasining nisbatan yuqoriligi, jarohatlanish sodir bo‘lgan birinchi kunlarda ishchining o‘zini yaxshi sezishiga qaramasdan, tok ta’sirida uning organizmida boshlangan qaytarib bo‘lmas patologik buzilishlar asta-sekin rivojlanishi natijasida, uning bir necha oydan keyin ham ish qobiliyatini yo‘qotishi yoki umuman halok bo‘lishi;

  • odamning tok ta’sirida o‘tkazgichga “yopishib qolish” holatining yuzaga kelishi – sanoat chastotasidagi (50 Gs), kuchi 15...25 mA bo‘lgan tok ta’sirida odam muskullarida jadal titrash va tortilib qolish holati sodir bo‘ladi, buning natijasida u o‘zini mustaqil ravishda tok ta’siridan qutqara olmaydi;

  • tok ta’siri oqibatida odam tomonidan mexanik jarohat olish ehtimolining mavjudligi – tok ta’sirida odam tanasi muskullarining beixtiyor, talvasali ravishda, keskin titrash va qisqarishi natijasida mexanik jarohatlanishlar yuz beradi. Bunda terida yorilishlar, qon tomirlarida va nerv tolalarida uzilishlar, suyak chiqishlari va sinishlari sodir bo‘ladi, hamda balandlikdan yiqilib tushishi natijasida mexanik jarohat ham olishi mumkin.

  • elektroftalmiya – elektr yoyi yuzaga kelganda hosil bo‘ladigan kuchli ultrabinafsha nurlanishlarining ta’siri ostida odam ko‘zi to‘qimalarining shikastlanishi.

Elektr tokining ishlab chiqarishdagi xavfli omil sifatida organizmga ta’sir qilish jarayonida ham, boshqa xavfli omillarga o‘xshamagan, o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Elektr tokining tirik organizmga ta’siri quyidagicha turlarga bo‘linadi:

  • tokning organizmga termik ta’siri: bu ta’sir organizmdagi qon tomirlari,

  • nerv tizimining, yurak, miya va boshqa ichki organlarning qizishi, kuyishi va ularda qizish natijasida katta darajadagi funksional buzilishlar sodir bo‘lishi bilan tavsiflanadi;

  • tokning organizmga elektrolitik ta’siri: bu ta’sir organizmdagi qon va boshqa organik suyuqliklarning, hamda to‘qimalarning parchalanishi va tarkibining buzilishi bilan tavsiflanadi;

  • tokning organizmga biologik ta’siri: tokning bu ta’siri asosan sog‘lom odam organizmiga xos bo‘lgan bioelektr jarayonlarning izdan chiqishi bilan tavsiflanadi, bu bioelektr jarayonlar organizmning hayotiy funksiyalari bilan uzviy bog‘langandir, masalan, tashqi tok ta’sirida organizmdagi biotoklar oqishining buzilishi natijasida yurakni, nafas olish jarayonini, to‘qimalarni va muskullarni boshqarish izdan chiqadi, ixtiyorsiz titrash va qisqarishlar yuz beradi.

Eramizdan oldingi 640-650 yillarda yashab o‘tgan grek filosofi Falet Miletskiy dunyoda birinchi bo‘lib junga ishqalangan qahrobo(yantar)ning turli xil yengil narsalarni (par, soch va boshqa) o‘ziga tortish xususiyatiga ega bo‘lib qolishini aniqlagan. Lekin qadimgi greklar bu hodisaning mohiyatini tushunishmagan va odamiyat deyarli 2000 yil davomida shu jarayondan amalda foydalanish yo‘lini topolmagan.
Bizning eramizning XV-XVII asrlarida, ya’ni uyg‘onish davrida, olimlar yuqoridagi hodisa bilan chuqur shug‘ullana boshlashdi. Ular ishqalanish natijasida yengil narsalarni tortish xususiyatiga qahrobodan tashqari xrustal, olmos, oltingugurt, smola va boshqa ko‘pgina moddalar ham ega ekanligini aniqladilar. Shunday xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni “elektrlashgan”, hodisaning o‘zini esa “elektrlashish” deb atashga boshlashdi. Bu so‘zlar grekchadagi “elektron”, ya’ni yantar so‘zidan olingan. Keyinchalik har qanday moddani, uning qanday agregat holatdaligidan (qattiq, suyuq, gaz) qat’i nazar, ishqalanish yo‘li bilan elektrlashtirish mumkin ekanligi aniqlandi.
Statik elektrlashish yuzaga kelishida dielektrik xususiyatli materiallar alohida o‘rinni egallaydi. Bu holat keyingi yillarda dielektriklik xususiyati juda yuqori bo‘lgan materiallar (sintetik smola, sintetik tolalar, spirtlar, rezina, plastmassalar va boshqalar) olinishi va bu materiallarning ishlab chiqarishda va turmushda keng miqyosda qo‘llanilishi bilan juda jiddiy mavzuga aylandi.
Тuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo‘lmagan ikkita dielektrik materialning bir-biriga ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlardagi harakati tufayli statik elektr zaryadlari hosil bo‘ladi. Bu materiallardan qaysi bittasida dielektrik o‘zgarmasi miqdori katta bo‘lsa musbat zaryadlangan zarrachalar, dielektrik o‘zgarmasi miqdori kichigi bo‘lganida esa manfiy zaryadlangan zarrachalar to‘planadi.
Shartli ravishda solishtirma elektr qarshiligi 105 Om·m dan kichik bo‘lgan materiallarda statik elektr zaryadlari hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi deb qabul qilingan.
Qishloq va suv xo‘jaligida statik elektrlanish neft mahsulotlarini quvurlarda haydaganda, havoning havo almashtirish tizimi quvurlarida harakatlanishida, quruq mahsulotni havo quvurlarida haydaganda, plastmassaga mexanik ishlov berganda, tasmali uzatmalar harakatlanganda va boshqa holatlarda hosil bo‘ladi.
Avtomobil beton yo‘lda harakatlanayotganda uning g‘ildiraklarining yo‘l qoplamasi uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarrachalarining avtomobil kuzoviga urilishi natijasida 3000 V, benzinning po‘lat quvurlarda bosim ostida uzatilishida 3600 V, tezligi 15 m/s bo‘lgan tasmali uzatmalarda 80000 V, tasmali transportyorlarda 45000 V gacha elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin .


Ikkita turli jismning ishqalanishi natijasida juft elektrlashgan qatlam(JEQ)ning hosil bo‘lishi sxemasi:1-dielektrik material; 2- metall.


Statik elektr zaryadlanishning salbiy ta’siri va razryad oqibati. Uzoq muddat statik elektr zaryadlanish mavjud muhitda ishlash oqibatida odamning asab tizimida buzilishlar sodir bo‘ladi. Yuqori miqdorda statik zaryadlanish hosil bo‘lgan muhitda odam organizmining muskullari ixtiyorsiz qisqarishi va buning oqibatida turli xil jarohatlanishlar yoki shikastlanishlar sodir bo‘lishi ehtimoli keskin oshadi. Elektr zaryadlari ta’sirida tayyorlanayotgan mahsulotning sifati buzilishi, hatto ayrim hollarda, mahsulotning yaroqsiz bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari materiallarning zaryadlangan zarrachalar bilan zaryadlanishi va ular orasida razryadlar yuzaga kelishi ishlab chiqarishda yong‘in va portlash sodir bo‘lishiga olib keladi. Тajriba o‘tkazish bilan aniqlanganki, potensiallar farqi 3000 V bo‘lganda yuzaga keladigan statik elektr razryadi uchquni barcha yonuvchi gazlarni, potensiallar farqi 5000 V bo‘lganda yuzaga keladigan razryad uchquni esa barcha yonuvchi changlarni alangalatib yuborishi mumkin.


Statik elektr zaryadining relaksatsiyasi: 1-rezina transporter lentasi; 2- transporterning metall barabani; 3-jism yuzasi bo‘ylab zaryadlarning oqishi, 4-jism hajmi bo‘yicha zarrachalarning tarqalishi, 5-strimerlar, elektronlar oqimi, 6- razryadlar uchquni.


Statik elektr zaryadlarining to‘planish miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismining yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonlarning jadalligiga va muhitning mikroiqlim ko‘rsatgichlari (havoning harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi va atmosfera bosimiga) bog‘liq bo‘ladi. Havo haroratining ko‘tarilishi yoki nisbiy namlikning kamayishi elektr zaryadlari hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Ipak, jun va sun’iy tolalardan tayyorlangan ustki va ichki kiyim kiygan va tok o‘tkazmaydigan polda yurib dielektriklik xususiyatli moddalar bilan qo‘lda ish bajargan odamda statik elektr to‘planadi. Buning natijasida yerdan izolatsiyalangan odam tanasidagi potensial 7000 V yetishi va undan ham oshib ketishi mumkin. Buning oqibatida statik zaryadlangan odam tanasi va yerga ulangan metall uskunalar orasida yuzaga keladigan razryad energiyasi 2,5...7,5 MJ teng bo‘lishi mumkin. Bu miqdordagi energiya ishlab chiqarish xonalarida yuzaga keladigan ko‘pchilik

  • gaz,

  • bug‘

  • chang-havo aralashmalarini alangalatib yuborishi mumkin.

Razryad kutilmaganda sodir bo‘lishi natijasida odam beixtiyor turli keskin harakatlar qilishi va buning natijasida baxtsiz hodisalar sodir bo‘lish ehtimoli oshadi.
Odam tanasi va yerga ulangan jism o‘rtasida yuzaga keladigan razryad uchquni energiyasini empirik ifoda bilan aniqlash mumkin, MJ, [34]:



Download 61,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish