Qurilish tig‘iz joylashgan joylardagi yo‘llar uchun, ayniqsa, shahar sharoitlarida, shuningdek, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar bir satxda kesishgan joylarda xavfsiz harakatni ta’minlash yo‘l yonidagi polosaning yon tomondan yetarli aniq ko‘rinishni talab etadi. Avtomobil haydovchisi xovlidan yoki yo‘lkadan yugurib chiqqan bolani, bir satxda kesishgan joylarda yaqinlashayotgan avtomobil yoki poezdni oldindan ko‘rish va to‘xtashga ulgurish imkoniyatiga ega bulishi kerak.
Yondan kurinishlikning eng kam zarur masofasi (4.2 - rasm):
(6)
bu yerda Va - avtomobilning hisobiy tezligi; Vn – piyoda yo‘lovchining yoki kesishgan yo‘llarda transport vositasining harakatlanish tezligi; yugurayotgan odam uchun 10 km/soat deb qabul qilish mumkin; S - to‘siq oldida to‘xtash shartiga asoslangan hisobiy ko‘rinish masofasi (4-tenglamaga q.).
4.2-rasm. Yondan ko‘rinish masofasini aniqlashga oid sxema. V - qatnov qismining eni.
Tartibga solinmagan chorrahalarda minimal ko‘rinish masofasi
4.3-rasmdagi sxemaga asosan tartibga solinmagan chorrahalarda minimal yondan ko‘rinish masofasini ta’minlash zarur.
Asosiy Sas va ikkinji darajali Sikk yo‘llardagi yo‘l sirtining minimal ko‘rinish masofasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(7)
gde: S – hisobiy yo‘l sirtining minimal ko‘rinish masofasi, m;
t1- haydovchining hisobiy sezish vaqti, sek, 5.1-jadval;
V85% - yo‘l uchastkasidagi haqiqiy tezlik, km/soat;
f- g‘ildirakning yo‘l bilan bo‘ylama ilashish koeffitsienti– 0,3.
Turli xil toifali va klassdagi yo‘llar uchun haydovchining hisobiy sezish vaqti
5.1-jadval
Qo‘llanilish shartlari
|
Yo‘lning toifasi
|
Avtomagistral, tezkor yo‘l,
I toifali
|
II, III.
|
V, IV, harakat jadalligi kam yo‘llar
|
Harakat qulayligi va xavfsizligi shartlaridan kelib chiqib, geometrik elementlarning tavsiya etilgan ko‘rsatkichlarini aniqlash
|
Haydovchining hisobiy sezish vaqti, sek.
|
2,5
|
2,0
|
1,5
|
Asosiy yo‘llardagi ko‘rinish masofasini Sas aniqlashda V85% haqiqiy tezlik qiymatini asosiy yo‘ldagi hisobiy (loyihaviy) tezlik qiymatiga, ikkinchi darajali yo‘llarda ham mos ravishda hisobiy (loyihaviy) tezlik qiymatiga teng deb qabul qilinadi.
Tartibga solinmagan chorrahalarda ko‘rinish masofasini hisoblashda (4.3-rasm) haydovchining ko‘zi harakatlanish polosasining o‘rtasida qoplama sirtidan 1,0÷1,2 m masofada joylashadi, yo‘ldagi to‘sikning balandligi 0,2 m degan fikr yuritiladi.
Ko‘rish chegaralangan chiziq bilan kesishadigan chorraha hududida (4.3-rasm) yon tomonlarning ko‘rinishini cheklaydigan hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerak.
4.3-rasm. Bir satxdagi tartibga solinmagan chorrahalarda yon ko‘rinishning minimal masofasini hisoblash sxemasi
Talabalar ko‘rinish masofasini aniqlash bo‘yicha yondan ko‘rinish, bir satxda kesishayotgan chorrahalarda va quvib o‘tishda ko‘rishlar bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |