1-amaliy mashg’ulot Mavzu: O‘zbekiston Respublikasini ma’muriy-hududiy tuzilishini o‘rganish 1-topshiriq


O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi



Download 32,96 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2022
Hajmi32,96 Kb.
#573101
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot

3.O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi
Dunyo siyosiy xaritasiga nazar tashlang, undan oddiy chegara chiziqlariga ega bo’lgan davlatlarni toping va ularning tarixiy, iqtisodiy va geosiyosiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlang. Ayni vaqtda bu ma’muriy, ko’rinishlarda sun’iy ko’rinishdagi chegara chiziqlarining geografik yaxlit (kompleks), Gumboldtchasiga fikrlash, tabiiy geografik jarayonlarni to’liq tushunib olishga salbiy ta’sirini ham unutmang.
O’zbekiston Respublikasining asosiy qismidan deyarli “uzilib” qolgan tor masofada u bilan bog’lanib turadigan anklav yoki batamom uzilib qolgan, qo’shni davlat ichkarisida joylashib qolgan eksklav hududlari ham mavjud. Masalan, Farg’ona vodiysi viloyatlari birmuncha anklav xususiyatga ega bo’lgan bo’lsa, Farg’ona viloyatining So’x tumani yoki Shohimardon maskani eksklav holatda joylashgan. Tabiiyki, bunday geografik o’ringa ega bo’lgan hududlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida ayrim muammolar yuzaga keladi.
O’zbekiston o’zining maydoni yoki sof geografik salohiyati bo’yicha dunyo mamlakatlari orasida o’rtachadan yuqoriroq pog’onani egallaydi Yer yuzasining har bir davlatiga o’rtacha 5,5 mln. kv.km. maydon va 26 mln. atrofida aholi soni tug’ri keladi. Hududning ko’lami bo’yicha mamlakatimiz Shvetsiya, Iroq yoki Marokashga taxminan teng, demografik salohiyati nuqtai nazaridan esa u Saudiya Arabistoni, Nepal, Peru, Venesuela, Malayziya kabi davlatlar qatorida turadi va jahon hamjamiyatida 41-o’rinni egallaydi
Har bir mamlakatning geosiyosiy tuzilmasi, butligi uning ichki ma’muriy-hududiy qismlari, mintaqaviy boshqaruv sub’ektlari asosida shakllanadi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hududiy tashkil etish va boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunday tizim ierarxik (boskichli) ko’rinishda bo’lib, u viloyat, tuman, viloyat va respublikaga bo’ysunuvchi shaharlar, qishloq tumanlari, qishloq fuqarolar yig’inlari va mahallalardan iborat.
Yuqoridagilar orasida eng muhim bo’g’in viloyatlar hisoblanadi va bunday darajadaga mintaqalarda xalq xo’jaligini kompleks rivojlantirishning huquqiy va tashkiliy imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga, viloyat darajasidagi hududiy bo’g’inlarda ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy muammolar hal etilsa, quyi bo’g’inlarga borgan sari ijtimoiy, ekologik masalalar mahalliy boshqaruv organlari faoliyatida ustuvor hisoblanadi. Demak, eng yuqorida siyosat, eng pastda esa kishilarning kundalik hayoti, ya’ni sof holdagi sotsial masalalar yetakchilik qiladi.
Ma’muriy hududiy bo’linishiga ko’ra respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida jami 170 qishloq tumanlari, 119 shahar, 1071 shaharcha, 260 ta qishloq fuqarolar yig’inlari,11015ta qishloq aholi punktlari mavjud.(2019y 1-yanvar) Eng katta - Qo’ng’irot (maydoni 76,0 ming kv.km) va eng kichigi Buloqboshi (0,18 ming kv.km) qishloq tumanlari o’rtasidagi nisbat 422 martaga teng. Bunday yuqori ko’rsatkich ayni vaqtda mamlakatimizning ichki tafovutlarga boyligi, uning “geografiyligi”dan dalolat beradi. Agar Qo’ng’irot tumaniga Uchkuduq (46,6), Tomdi (42,5), Muynoq (37,9) va Taxtako’pir (21,1 ming kv.km) tumanlarini qo’shib hisoblasak u holda mazkur qishloq tumanlari mamlakat hududining deyarli yarmini tashkil qiladi (222,6 ming kv.km).

Kichik qishloq tumanlari yoki har biri 0,25 ming kv.km-gacha maydonga ega bo’lganlarga Cÿx, Bÿz, Oqoltin, Norin kabi tumanlar ham mavjud. Bu yerda iqtisodiy geografik qonuniyat shundan iboratki, tuman maydoni qancha katta bo’lsa uning iqtisodiy va demografik salohiyati (“zichligi) shuncha past bo’ladi va, aksincha, kichik hududlarning sig’imi yuqori darajada bo’ladi. Kichik hududlarga qo’shilib ketish “xavf” tug’dirsa, katta maydonni egallagan tumanlarda esa ularning tabiiy resurslarini o’zlashtirish natijasida bo’linib ketish imkoniyatlari mavjud bo’ladi.
Ayni vaqtda kichik tumanlar (hududlar) tabiatiga antropogen va texnogen ta’sir yoki bosim yuqori bo’lib, bu yerda hududning “zo’riqish” holati kuzatilishi mumkin (prof. Yu.Ahmadaliev iborasi).Yuqori toifadagi ma’muriy birliklarning eng kattalari Qoraqalpog’iston Respublikasi va Navoiy viloyati (ular birgalikda mamlakat maydonining 61,8 foizini egallaydi), eng kichiklari esa Andijon va Sirdaryo viloyatlari hisoblanadi. Bu boradagi hududiy farq yoki geografik koeffitsient 38,9 ga teng. Bunday mintaqalarning siyosiy geografik o’rni ham turlicha. Avvalo ta’kidlash lozimki, respublikaning barcha viloyatlari davlat chegaralariga “chiqishadi”. Jumladan, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari 3 tadan davlatlar bilan, Qoraqalpogiston Respublikasi, Jizzax Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo, Namangan va Farg’ona viloyatlari 2 tadan davlatlar bilan chegaradosh.
Download 32,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish