1-amaliy mashg’ulot Mavzu: O‘zbekiston Respublikasini ma’muriy-hududiy tuzilishini o‘rganish 1-topshiriq


O’zbekiston Respublikasi geografik o’rnining muhim xususiyatlari



Download 32,96 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2022
Hajmi32,96 Kb.
#573101
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot

2.O’zbekiston Respublikasi geografik o’rnining muhim xususiyatlari
O’zbekiston tabiiy, iqtisodiy hamda siyosiy geografik o’rnining eng muhim xususiyati uning Dunyo okeanidan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashganligidan iboratdir. Bunday geografik o’rin nafaqat mamlakat iqlimining shakllanishida, balki uning ijtimoiy- iqtisodiy va geosiyosiy rivojlanishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu esa umumgeografik qonuniyatlardan biridir.Eng avvalo, ta’kidlash joizki, O’zbekiston hududining “markaziy” geografik o’rni o’tmishda, xususan halqaro ahamiyatga ega bo’lgan Buyuk Ipak yulida, uning asosiy bog’lovchi bo’g’inlaridan biri sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan. Yurtimizning jahon madaniyati, fani va iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’siri ayni shu davrda yuqori bo’lgan. Hozirgi sharoitda, ya’ni “Okean sivilizatsiyasi” bosqichida respublikaning quruqlik ichkarisida joylashganligi birmuncha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu yerda iqtisodiy geografik o’rinning tarixiylik (o’zgaruvchanlik) xususiyati o’z ifodasini topadi.
Iqtisodiy geografik ÿrin (IGU) - bu ma’lum bir joyning (mamlakat, viloyat, shahar va h.k.) o’zidan tashqarida o’rnashgan geografik obektlarning (tog’, daryo, dengiz, shahar, davlat, foydali qazilma, shu joyning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy rivojlanishiga ta’siri demakdir. Bunday ta’sir vaqt o’tishi bilan ajralib turadi, qulay joy noqulay va, aksincha, noqulay joy qulay o’rniga ham bo’lishi mumkin. Asosiy iqtisodiy geografik qonuniyat bu yerda shundai iboratki, har bir joy o’zining IGUni qulaylashtirishga, raqobatbardoshligini oshirishga intiladi.IGU - iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining hududiy mehnat taksimoti, iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy majmualar qatorida muhim (fundamental) tushunchasi hisoblanadi. IGU iqtisodiy geografik bilimning o’ziga xos “kaliti” sanaladi.O’zbekiston Respublikasi garchi Hind okeaniga, Shimoliy muz okeaniga qaraganda nisbatan yaqinroq bo’lsa-da, geosiyosiy jihatdan u ayni ko’proq shimol yo’nalishida “ochiqroq”. Janubda va janubi-sharqda tog’li hududlar bilan chegaralanganligi (bu mamlakatimizning asosiy tabiiy geografik xususiyatlarini belgilab beradi), siyosiy jihatdan esa uncha barqaror vaziyatga ega bo’lmagan (ayniqsa Afg’oniston Respublikasi) davlatlar bilan qo’shnichiligi, hozircha, nisbatan yaqin bo’lgan Hind okeani, bandargohlariga chiqish uchun noqulayliklar tug’diradi.Umuman olganda, davlatimizning Dunyo okeaniga chiqishi va halqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishida quyidagi mumkin bo’lgan asosiy yo’nalishlar mavjud: Qozog’iston orqali Rossiya Federatsiyasining Shimoliy muz okeani va Tinch okean portlariga;
Turkmaniston va Kavkaz orqali Qora dengizga va undan O’rta dengiz - Atlantika okeaniga;
Afg’oniston, Pokiston yoki Eron orqali Hind okeaniga;
Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali Istanbulga, O’rta Yer dengizi va undan Atlantika okeaniga;
Qirg’iziston va Xitoy Xalq Respublikasi orqali Tinch okeaniga.
Yuqoridagi yo’nalishlar yoki transport yo’laklari (koridorlari)dan foydalanish imkoniyatlari bir xil emas. Hozirgi kunda ularning amaldagisi asosan birinchisi, ya’ni Qozog’iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi yo’nalishi hisoblanadi. Qolganlari esa, turli sabablarga kÿra, ahamiyati past yoki yo’q darajada. Xususan, sharq yo’nalishida yoki TRASEKA loyihasining amalga oshirilishi, Buyuk Ipak yo’lining qayta tiklanishi va janubiy yo’nalishining ishga tushirilishiga mamlakatimiz rivoji uchun o’ta katta ahamiyat kasb etgan bo’lar edi.
O’zbekiston Respublikasining Dunyo haritasida mavqei uning makrogeografik o’rnini tasvirlaydi, mamlakatimizning va Markaziy Osiyoda davlatlari mintaqasida joylashganligi esa mezogeografik o’rnini aks ettiradi. Markaziy Osiyo mintaqasi umumjahon nuqtai nazaridan qaraganda juda muhim geostrategik o’ringa ega. Ayniqsa, bu yerda yirik yoqilg’i-energetika (ko’mir, neft, tabiiy gaz, uran) zahiralarining mavjudligi jahonning yetakchi mamlakatlari - AQSh, Yevropa Ittifoki, Yaponiyaning katta qiziqishiga, intilishiga sabab bo’lmokda. Qolaversa, mintaqaning so’nggi yillarda jadal iqtisodiy rivojlanishi nihoyatda muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda.Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy maydoni 4,0 mln. kv.km. dan ortiqroq, aholisi, 2019-yil 1-yanvar ma’lumotlariga ko’ra, 72,9 mln. kishi atrofida. O’zbekiston Respublikasi ushbu mintaqada xududi bo’yicha ikkinchi, aholi soniga ko’ra esa birinchi o’rinda turadi. Mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasi maydonining 11,2, aholisining qariyb 48,5 foizini tashkil qiladi. Yuqorida qayd etilganidek, O’zbekiston Markaziy Osiyo geosiyosiy mintaqasining markazida joylashgan. Uning ayni markazda, o’rtada joylashganligi iqtisodiy va siyosiy geografiya nuqtai nazaridan quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:
1. Markazda, demak respublikaning qo’shnilari ko’p. O’zbekiston shimol va shimoli-g’arbda Kozog’iston Respublikasi bilan, sharqda Qirg’iziston, janubi-sharqda Tojikiston, janubda Afg’oniston va g’arbda Turkmaniston bilan chegaradosh.
2.Respublikaning markaziy geografik o’rni uning qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga, ijtimoiy, madaniy va siyosiy aloqalarini olib borishga qulaylik tug’diradi.
3.Markazda joylashganlik qo’shni davlatlar uchun bozor vazifasini bajaradi.
4.Bu yerdan mamlakatning tranzit vazifalarini boshqarish imkoniyatlari mavjud.
5.Markaziy o’rin mintaqada geosiyosiy vaziyatni shakllantirish va uni boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
6.Respublikamiz mintaqa ichkarisida joylashganligi bois, uning yo’llari, tarixi, aholisining urf-odatlari, mintaqaning o’zaro tutash hududlarda turli-tumanligi, dini va boshqa transchegaraviy xususiyatlarini belgilab beradi.
7.O’zbekiston daryolari ham o’tkinchi (transchegaraviy) shaklga ega asosiy gidrografik shaxobchalari - Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon qo’shni davlatlar hududida boshlanadi va x-k.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan egallagan o’rni uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy rivojlanish imkoniyatlari va yo’nalishlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu yerda geografik vaziyat mintaqa davlatlarining hamjihatlikda, o’zaro manfaatdor iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni taqoza etadi. Yagona geosiyosiy va geoiqtisodiy makonning shakllanib borishi Markaziy Osiyo mintaqasining jahon hamjamiyatida tutgan mavqeini yanada kuchaytiradi, uning ta’sir doirasini kengaytiradi.
Davlatlarning yoki mintaqaning materik ichkarisida, o’rtada, orolda yoki yarimorollarda, dengiz-okean bo’ylarida, chekkada, ikki qita oralig’ida joylashganligini uning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy rivojlanishiga ta’sirini Dunyo siyosiy xaritasidan foydalanib, misollar yordamida izohlab bering.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida uning tashqi qiyofasi, chegara chiziqlari kabi xususiyatlari ham muayyan ahamiyatga ega. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasining uzoq masofada shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa cho’zilganligi, “enining” torligi, qisqa masofada janubga tutashganligini turlicha talqin qilish mumkin. Respublikaning bunday geografik shakli (geoqiyofasi), bir tomondan, uning tranzit xususiyatini belgilab bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatni boshqarish, yagona ichki transport tizimi va transport xavfsizligi yoki mustaqilligini ta’minlash hamda iqtisodiy integratsiya va aholiga xizmat ko’rsatishda birmuncha qiyinchiliklarga sabab bo’ladi.
Respublikamiz davlat chegara chiziqlarining ko’rinishi ham har xil: agar ular shimol va shimoli-g’arbda (ayniqsa Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi tashqi chegaralari) oddiy, ba’zan tug’ri yoki qandaydir geometrik shakllarda bo’lsa, Xorazm va Farg’ona vodiysida bu chegara chiziqlari murakkab, egri-bugri ko’rinishga ega. Odatda, chegaralar oddiy bo’lsa:
■ utmishda hududning kimnidir qaramog’ida bo’lganligi yoki mustamlakasi ekanligini;
■hudud tabiiy xususiyatining noqulayligi, tabiiy resurslarining yaxshi o’zlashtirilmaganligi va iqtisodiy salohiyatining uncha yuqori emasligini;
■ bu joyda aholi siyrak, yirik aholi manzilgohlari shakllanmaganligi, milliy tarkibning murakkab emasligini;

  • daryo yoki orografik elementlarning yuqligi kabilarni bildiradi.

Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, ayni shunday mamlakatning
chiqish yoki kirish qismlarida (darvozalarida) iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Chegaralarning ikki muhim xususiyati, ya’ni ularning barer (to’siq, ajratuvchi, uzoqlashtiruvchi) hamda kontakt (bog’lovchi) vazifalari mavjud. Qolaversa, ba’zi davlatlarda ayni chegara iqtisodiyoti va infratuzilmasiga jiddiy ahamiyat berilmokda.

Download 32,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish