№1
AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu:
Epiteliy to’qimalari - Bir qavatli epiteliy.
Nazariy tushuncha.
Epiteliy (epithelium) termini birinchi marta 1701
yili Ryuish tomonidan
qo’llangan. Epi — ustida, qoplov-chi, tele— so’rg’ich degan ma'noni ifodalaydi. Epiteliy nomi
mazkur ishimizda birinchi marta termini mikroskopik tuzilishini o’rganilganda tilga olingan va
o’shanda epiteliy terining so’rgichsimon qavatini qoplab turadigan to’qima deb e'tirof etilgan
edi. Shu jihatdan bu terminni shartli ravishda gistologiya faniga oid termin desak ham bo’ladi.
So’nggi yillarda odam va hayvonlar organizmining mikroskopik tuzilishi chuqur va xar
tomonlama o’rganilishi natijasida gistologiya fani ancha rivojlandi va yuksaldi. Organizmda
yana yangi epiteliy to’qimalari topildi. Ularga ayrim bezlar ham kiritildi.
Xuddi shunday
epiteliylar ayrim sodda va umurtqali hayvonlarda ham topildi. Hozirgi vaqtda ular har
tomonlama o’rganilmoqda.
Epiteliy to’qimasi odam va hayvonlar organizmida keng tarqalgan bo’lib, epiteliotsit
hujayralaridan tarkib topgan. Bu to’qima (yoki qisqacha epiteliy) odam va hayvonlar tanasining
tashki va ichki tomonida (ichki a'zolarda xam) joylashgan. U tanani xam tashki,
ham ichki
muhitdan ajratib turadi. U mana shu ajratib turish vazifasi tufayli chegaralovchi (chegaralab
turuvchi) to’qima deb ham yuritiladi. Tashqi va ichki muhitdan organizmni chegaralab turar
ekan, u muhit bilan bevosita bog’liq turadi. Epiteliy to’qimasining hujayralari, odatda, katlam-
qatlam bo’lib organlarni o’rab turadi. Uning qatlam hosil kilish xususiyati hatto ulardan
tayyorlangan kulturalarda xam ko’rinadi: epiteliy hujayralari bir-biri bilan tutashib, o’z
vazifasiga ko’ra tashki muxitdan chegaralanib (ajralib) oladi.
Bundan tashqari, epiteliy
to’qimasining asosiy massasini hujayralar massasi tashkil qiladi. Biriktiruvchi to’qimada
bo’lganidek, unda xam hujayralararo moddalar deyarli bo’lmaydi.
U organizmning tashki muxit bilan bog’liq bo’lgan ichki organlari yuzasini qoplab turadi.
Masalan, bu epiteliy ovkat xazm qilish sistemasining ichki yuzasini, ya'ni og’iz bo’shlig’i,
qizilo’ngach, me'da, ingichka xamda yo’g’on ichaklarning yuzalarini,
nafas yullari, ayirish va
tanosil organlari devorini qoplab turadi va ularning yon muhitlari bilan bog’liq bo’ladi.
Epiteliy to’qimasi qoplab turadigan bezlarga qalqonsimon va ayrisimon bezlar hamda gipofiz,
ya'ni adenogipofiz epiteliysi kiradi. Bundan tashqari, sodda hayvonlarda
uchraydigan endostil,
suvda va kuruklikda yashovchi hayvonlar hamda baliklarda uchraydigan bronxial tanachalar ham
epiteliy to’qimasiga o’xshab tuzilgan. Epiteliy to’qimasi ikkita yirik qismga: koplovchi va bez
epiteliysiga bo’lib o’rganiladi. Ovkat hazm kilish sistemasini qoplab turuvchi epiteliy bevosita
moddalar almashinuvi (trofik) jarayonida ishtirok etadi, ya'ni parchalangan ovqat moddalari kon
va limfa tomirlariga so’rilishini ta'minlaydi.
Ayirish organlari epiteliysi organizmda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan chikindi
moddalarni, ya'ni mochevina, siydik kislota
va chikindi tuzlarni ajratib, tashqariga chiqaradi.
Bulardan tashkari, epiteliy to’qimasi organizmni ximoya kilish vazifasini xam bajaradi. Teri
epiteliysi o’ziga xos morfologik tuzilganligi tufayli organizmni har xil tashki ta'sirdan, ya'ni
mexaniq, ximiyaviy ta'sirdan va unga xar xil infektsiya kirishidan saklaydi.
Ishdan maqsad.
Epiteliy turlarini, tuzilishi va farqli tomonlarini órganish.
Zarur jihozlar
: Yassi, kubsimon, tsilindrik epiteliy tóqimalarining
morfologik tuzilishi,
doimiy mikroskopik preparatlar, mikroskop, tablitsa va atlas.
Ishni bajarish tartibi:
Nazorat uchun savollar.
1. Epiteliy to’qimasi hujayralari.
2. Epiteliy to’qimasi qoplab turadigan bezlarga qaysi bezlar kiradi.
3. Ayirish organlari epiteliysi qanday moddalarni tashqariga chiqaradi.