Organizmlarning son ko’rsatkichlarini o’rganish. Ekologik tad-qiqotlarda organizmlarning soni va ularni o’zgarib turishini aniq bilish katta ahamiyatga ega. Organizmlar mikdori vizual va instrumental yo’l bilan aniqanadi. Organizmlar vizual hisobga olinganda, ularning ma’lum joyda, to’g’ri yo’nalishda yoki ma’lum hajmdagi suvdagi mikdori aniqlanadi. Masalan, geobotanikada ma’lum joydagi o’simliklarni hisobga olish, gidrobiologiyada - dengiz, okeanlardan «dnocherpatellar» yordamida suv tagidagi loyqa tortib olinib, uning ichidagi organizmlar tarkibi va soni aniqlanadi. Suv qatlamidan plankton holda yashovchi organizmlarning turlar tarkibi, biomassasi aniklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |