Ishning maqsadi: Yer yuzi va O’zbekiston o’simliklar qoplami va ularni muhofaza qilish usullarini o’rganish.
Kerakli material va jihozlar: Turli o’simlik formatsiyalarini aks ettiruvchi jadvallar, “O’zbekiston qo’riqxonalari” kitobi, Tabiatni muhofaza qilish kartasi.
Nazariy material: O’simliklarning, xususan o’rmonlar maydonining qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan bog’liqdir. Ibtidoiy jamiyatda kishilar oziq uchun zarur bo’lgan narsalarning bir qismini o’simliklardan olib, uning qisman bo’lsada, o’zgarishiga sababchi bo’lgan. Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o’rmonlarning 2/3 qismi yo’q qilindi. Natijada 500 mln. ga yerdagi o’rmonlar maydoni qisqarib, dasht-biyobonga aylantirildi.
O’rmonlarni rejasiz, tartibsiz kesilishi o’z navbatida tabiatdagi muvozanatni buzilishiga sabab bo’ldi va insonning xo’jalik faoliyati uchun qo’yidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlashtirdi: tuproq eroziyasi tezlashdi, daryo va ko’llarning rejimi o’zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari, sel tez-tez bo’ladigan sodir bo’ladigan, mikroiqlimga ta’sir etdi, cho’llarda ko’chma qumlar maydoni kengaydi va hakazo.
Tog’li rayonlarda suvning toshishiga, selga qarshi kurashda o’rmonlarning ahamiyati juda katta. Chunki o’rmonlar to yon bag’riga yoqqan yog’inning 90%ini ushlab qolsa, aksincha o’rmon yonbag’irlarida yog’inning 90%i oqimga aylanib selni vujudga keltiradi. Shu sababli Yer sharidagi qaysi tog’li joylarda o’rmonlar betartib kesilgan bo’lsa, o’sha erlarda tez-tez xavfli suv toshqinlari va sel bo’lib turadi.
O’rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta ahamiyatga ega. Chunki 1 ga o’rmon 18 mln. m3 havoni tozalab turadi. Binobarin, o’rmonli yerlardaga havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Chunki 1 ga yerdagi archa o’rmonlari katta bir shahar havosini tozalab tura oladi. Bulardan tashqari o’rmonlar tabiatni yanada go’zal, shifobaxsh qiladi va u kishiga madaniy-estetik zavq beradi.
O’zbekiston tog’laridagi asosiy o’rmonlar Ugom, Piskom, Chotqol, Hisor, Turkiston, Zarafshon kabi tog’ tizmalarida joylashgan.
Kishilar o’zlarining faoliyatida o’simliklardan haddan tashqari ko’p va betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning o’simlik qoplamida jiddiy, salbiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda, juda ko’p o’simlik turlari kamayib, noyob turga aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish muhim masalaga aylanib qoldi.
O’zbekiston Respublikasida alohida muhofaza qilinadigan hududlarning umumiy maydoni 1355,6 ming ga. Ularga qo’riqxonalar, tabiat va milliy bog’lar, tabiat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari kiradi. Xorijiy mamlakatlarda uning boshqa ko’rinishlari ham mavjud.
Davlat qriqxonalari hukumat qaroriga asosan tashkil etiladi. Qo’riqxona hududidagi barcha maydonlar xo’jalik faoliyatidan chiqariladi va davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Qo’riqxona – yer sharining ma’lum qismi tabiat komponentlarini tabiiy holicha saqlab qolish uchun ajratilgan joydir. Qo’riqxonalar tashkil etish yo’li bilan ma’lum tabiat uchastkalari va u yerdagi hamma tabiat komponentlari (ajoyib relef shakllari, to jinslarining yer yuzasiga chiqib, ochilib qolgan joylari, minerallar, ajoyib g’or, buloq, geyzer va ko’llar, o’simliklar va hayvonot dunyosi) tabiiy holda saqlab qolinadi. Demak, biror geografik o’lka yoki geografik mintaqa uchun xarakterli bo’lgan joylar yoki tabiat komponentlari ilmiy jihatdan, iqtisodiy hamda madaniy tomondan qimmatli bo’lgan, tabiiy holati yaxshi saqlangan joylar qo’riqxonalar uchun ajratiladi. Bu joylarning tabiati xalq boyligi sifatida abadiy saqlanadi. Natijada, kelajak avlod qo’riqxonalar orqali cho’l va dasht yoki tayga o’rmonlari va to ladshaftlari tabiiy holda qanday bo’lganligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
Respublikada 9 ta qo’riqxona mavjud, ularning umumiy maydoni – 209607,3 ga.
Do'stlaringiz bilan baham: |