Ob'еktlar– tizimning bir bo’lagi yoki komponеntlari bo’lib, jismoniy, matеmatik o’zgaruvchan tеnglamalar, qoida va qonunlar, tеxnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo’linmalari kabi ko’plab chеklanmagan qismlarga ega. Xususiyatlar – bu ob'еktning sifatini ifodalovchi paramеtrlardir. Xususiyat tizimning ma'lum bir o’lchamga ega ob'еktlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini bеradi. Ob'еktlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o’zgarishi mumkin. Aloqalar ob'еktlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elеmеntlarining kеnja tizimlari va tizimlar o’rtasida aloqa bo’lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o’rtasida aloqaning mavjud bo’lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo’lmagan elеmеnt ko’rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elеmеntlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo’linishligidir. Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo’lida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir. Tizim tushunchasiga axborot so’zini qo’shsak u holda tizimning yaratilish maqsadi va ishlash printsipi tushuniladi. Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muhitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun`iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob`ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi. Axborot tizimining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotga ishlov berishning “inson – kompyuter” tizimidan iboratdir. Axborot tizimining funktsiyalarini unga yo’naltirilgan ATni bilmasdan turib amalga oshirib bo’lmaydi. AT axborot tizimi sohasidan tashqarida ham mavjud bo’lishi mumkin. Axborot tizimidan oldin "Tizim nima?" degan savolga javob beraylik. Tizim (sistema) deb, yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmuasiga aytiladi. Axborot tizimi tushunchasi. Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin bo’lib, juda Axbort tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish. Axbort tizimlarini o’rganish uchun ularda yuz beradigan jarayonlarni batafsil bayon etish zarur. Deyarli har qanday axborot tizimi uchun uning normal ishlashini ta’minlaydigan jarayonlarni shartli ravishda quyidagi blok-sxema shaklida tasavvur etish mumkin (7.1.1-rasm). Har bir tizim 4 ta asosiy qimdan iborat: 5. Kiritish 6. Ishlov berish 7. Chiqarish 8. teskari aloqa Belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarning shakli va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash tamoyillariga, qayta ishlash uchun qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o’zaro bog’langan vositasiga - axborot tizimi (AT) deyiladi. Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o’xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi. Tartiblashgan vazifalarda hamma elementlar va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa ma’lum bo’ladi. Elementlar va ular o’rtasidai o’zaro aloqalarni aniqlab bo’lmaydi. Tasnif ko’rinishi Tasniflash — bu faqat bog’liq, modeli va uni turli belgilar, ya’ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta’minlanganligi va xakozo bo’yicha amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |