2
|
-32768..32767
|
Unsigned long int
|
4
|
0..42949667295
|
Long int
|
4
|
-2147483648..2147483647__int(16_razryadli)__2'>-2147483648..2147483647
|
int(16 razryadli)
|
2
|
-32768.. 32767
|
Int (32 razryadli)
|
4
|
-2147483648..2147483647
|
Unsigned int (16 razryadli)
|
2
|
0..65535
|
Unsigned int (32 razryadli)
|
4
|
0..42949667295
|
Belgili tur
|
Unsigned char
|
1
|
0..255
|
сhаr
|
1
|
-128.. 127
|
Haqiqiy tur
|
flоаt
|
4
|
1.2Е-38..3.4Е38
|
double
|
8
|
2.2Е-308..1.8Е308
|
Long double(32 razryadli)
|
10
|
3.4е-4932..-3.4e4932
|
void
|
2 ёки 4
|
-
|
Dasturlash tillarining klassifikatsiyasi
Axborot tizimi va axborot texnologiyalarining avtomatlashtirilgan elementlarini qo‘llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyalarini yaratish avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biridir. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish uchun albatta birinchi navbatda muammo obektini infologik yoki diskretli modelini qurish dolzarb hisoblanadi. Infologik yoki diskretli modelni muammo obektiga qarab algoritmlash tillarini qaysi biri asosida yaratish kerakligini tanlab olinish kerak. Elektron hisoblash mashinalarini birinchi avlodlari yaratilishi bilan algoritmlash tillarining rivojlanishi ham boshlandi. Avval algoritm tuzuvchi mutaxassislar eng sodda mashina tilini o‘zida ifodalovchi kompyuter buyruqlari bilan ishlaganlar.
Bu buyruqlar nol va birlar ketma-ketligidan iborat matnlardan tashkil topgan edi. Keyinchalik insonlar uchun tushunarli bo‘lgan mashina buyruqlarini o‘zida saqlovchi assembler tili yaratildi. Keyinchalik FORTRAN, BASIC, PASKAL va COBOL singari yuqori darajali tillar ham paydo bo‘ldiki, bu tillar yordamida so‘z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib algoritmlash imkoniyati yaratildi. Ular buyruqlarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar yordamida o‘tkazar edi.
Algoritmlash tillari yaratilishi bo‘yicha uchta turga ajratiladi:
-quyi darajadagi;
-o‘rta darajadagi;
-yuqori darajadagi.
Ma’lumki, ma’lum bir masalani yechish uchun buyruqlar ketma- ketligi ya’ni algoritm algoritmlash tilida yozilayotganda kamroq buyruqlardan foydalanilsa, bunday tillar darajasi yuqoriroq hisoblanadi.
Quyi darajadagi algoritmlash tillari bevosita kompyuter qurilmalari bilan bog’liq bo‘lib, buyruqlar ularning kodlari bilan yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan algoritmlar katta hajmli bo‘lib, ularni taxrirlash katta mehnat talab qiladi. Dastlabki kompyuterlar(ENIAK, MESM va boshqalar) ana shunday tillarda ishlagan.
O‘rta darajadagi algoritmlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki insonlar tushunadigan ba’zi so‘zlar ishlatila boshlandi(Assembler).
Yuqori darajadagi algoritmlash tillari quyidagicha bosqichlarga bo‘linadi:
Algoritmik(Basic, Pascal, C va b.)
Mantiqiy(Prolog, Lisp va b.)
Obyektga mo‘ljallangan(Object Pascal, PYTHON, Java va b.)
Algoritmlash tillarida yaratilgan algoritmlar mashina tiliga translyatorlar yordamida o‘tkaziladi.
Translyator(translator-tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga tarjima qiladi.
Translyatorlar ikki turda bo‘ladi:
- Kompilyatorlar(compiler-yig'uvchi) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga to‘liq o‘qib olib tarjima qiladi;
- Interpretatorlar(interpreter - izohlovchi, og’zaki tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga satrma - satr tarjima qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |