1-amaliy mashg’ulot
Donli ekinlarining guruhlari.
Talabalarga xo’jalikda ekiladigan umumiy donli ekinlarning morfologik
xususiyatlari, sistematikasi bo’yicha amaliy ko’nikmalar va bilimlar berish.
Kerakli jihozlar va o’quv qo’llanmalari: donli ekinlarning jadvallar, rangli
rasmlar, darslik, uslubiy qo’llanmalar.
Donli o’simliklar inson uchun asosiy oziq - ovqat mahsuloti - don beradilar.
Qishloq xo’jaligi ekinlari orasida donli o’simliklar asosiy o’rinni egallaydi. Bularga
bug’doy, arpa, javdar, tritikale, suli, tariq, makkajo’hori, jo’hori, sholi kiradi. Bu
guruh o’simliklar asosan oziq-ovqat, yem-xashak, texnikaviy va agrotexnikaviy
ahamiyatga ega. Ekin maydoni jihatidan ham bu ekinlar yer yuzida hamma qishloq
xo’jalik ekinlari orasida birinchi o’rinni egallaydi va butun ekin maydonining 70%
ni bu ekinlar tashkil qiladi.
O’zbekistonda donli ekinlar sug’orilmaydigan bahorikor va asosan
sug’oriladigan yerlarda ekiladi. 2003 yilda O’zbekistonda donli ekinlarning
ekin maydoni 1300 ming ga ni tashkil qildi.
O’zbekistonda don yetishtirishni jadal suratda ko’paytirish ko’zda tutilgan.
Bu vazifani bajarishning asosiy omili - sug’oriladigan yerlarda intensiv
texnologiyani qo’llash, donli ekinlarning hosildorligini oshirishdan iborat. Donli
o’simliklarning hammasi qo’ng’ir-boshoqsimonlar (Poaceae) oilasiga mansubdir.
Bu oila eng katta botanik oilalardan biri bo’lib, unga sakkizta donli ekinlar avlodi,
tur, kenja tur, tur xillari kiradi. Donli o’simliklar juda ko’p xil shakllarga ega bo’lishi
bilan bir qatorda ular ko’p umumiy morfologik va biologik xususiyatlarga ega, shu
sababli ularni umumiy xususiyatlaridan boshlab keyinchalik esa har bir avlod va
turlarini o’rganish maqsadga muvofiq deb bilamiz
Donli o’simliklar guruhlari
Donli o’simliklar morfologik belgilari va biologik xususiyatlari va xo’jalik
belgilari bo’yicha ikki guruhga bo’linadi.
1. Haqiqiy donli o’simliklar
Bu guruhga bug’doy, arpa, javdar, tritikale va suli o’simliklari kiradi. Bu
o’simliklar quyidagi xususiyatlar bilan farq qiladi. Bu o’simliklar kuzgi va
bahorgi shakllarga ega. Bularning asosiy belgilari donida Uzunasiga ketgan
egatchasi bo’ladi. Maysa har xil bo’lishda bir necha boshoq yoki mo’rtak
ildizchalarga ega bo’ladi. To’pguli boshoq yoki ro’vak bo’ladi. Bular Uzun
kunli o’simlik bo’lib sovuqqa chidamli, ya’ni issiqlikka kam talabchan, lekin tuproq
namiga talabchan hisoblanadi.
2. Tariqsimon donli o’simliklar
Bu guruhga makkajo’hori, jo’hori, sholi va tariq kiradi. Bulardan tashqari
boshqa oilaga (Polygonaceae) mansub bo’lsa ham ishlatilishi bo’yicha marjumak
o’simligi ham kiradi. Bularning asosiy belgilari quyidagilar. Donida Uzunasiga
ketgan egatchasi bo’lmaydi. Unib chiqish davrida faqat bitta boshlangach mo’rtak
ildizchasi paydo bo’ladi. Gul to’plami ro’vak yoki so’ta bo’ladi. Bularning
hammasi bahorgi ekin bo’lib, issiqlikka talabchan, sovo’qqa chidamsiz,
qurg’oqchilikka (sholidan tashqari) chidamli, qisqa kunli o’simlik hisoblanadi.
Birinchi va ikkinchi guruh donli o’simliklarning asosiy xususiyatlari 1-
jadvalda keltirilgan.
1- jadval
Birinchi va ikkinchi guruh donli o’simliklarning morfologik va
biologik xususiyatlari
1-guruh o’simliklar
2-guruh o’simliklar
1.Donning
qorin
tomonida
Uzunasiga ketgan ariqchasi bor.
2.Maysa hosil bo’lish davrida bir
nechta mo’rtak ildizchalar paydo
bo’ladi
Z.Boshoqlarda pastki gullari yaxshi
rivojlangan bo’ladi.
4.Poyasi bo’sh g’ovak bo’ladi.
5.Kuzgi va bahorgi shakllarga ega
6.Uzun kunli o’simliklar.
7Haroratga
kam
talabchan
o’simliklar
8.Typpoq namiga talabchan.
9.Boshlang’ich rivojlanish davrida
(maysalanish to’planish) tez o’sadi.
1.Donning
qorin
tomonida
Uzunasiga ketgan ariqchasi yo’q.
2.Maysa hosil bo’lish davrida bitta
mo’rtak
ildizcha
paydo
bo’ladi
Z.Boshoqchada
yuqoridagi
gullar
yaxshi rivojlangan bo’ladi.
4.Poyasi po’kak bilan to’lgan bo’ladi.
5.Faqat bahorgi shakllarga ega.
6.Qisqa
kunli
o’simliklar.
7.Issiqliklikka talabchan o’simliklar.
8.Tuproq namiga (sholidan tashqari)
kamroq talabchan.
9. Boshoq rivojlanish davrida sekin
o’sadi.