Tayyorlov gruppasi dasturida geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirish, bir xil shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tutilgan. Tarbiyachi bolalarga o‘z ixtiyorlaridagi shakllarni qarashni, ularni shakl bo‘yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so‘ngra esa qandaydir ikki uchta shakl olib, ularni birlashtirish yo‘li bilan qanday yangi shakl tuzish mumkinligini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bolalar shakllarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi
shakllar hosil bo‘lganini va ular qanday shakllardan tuzilganligini gapirib berishni taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |