PFN-12 termoplasti quyidagi komponentlardan tarkib topgan: polivinil butilli smola-54%, gradit-23%, iditol-21%, utropin-2%. PFN-12 kukunining erish temperaturasi 210-2200S-ni tashkil qiladi. Uzilishga bo‘lgan qoplam mustahkamligi 42-45 MN m2, egilishga qarshiligi -10 MN/m2, uchuvchi jismlar tarkibi 3,5% ko‘p emas.
Termoplast bukilgan, notekisliklarni va boshqa nuqsonlarni bartaraf qilishda mashinalar kabinalariga va qanot detallari ishchi yuzalariga gaz alangali qoplam berishda qo‘llaniladi.
Detallarni polimer ashyolari yordamida tiklash usullarining turkumi.
1. Bosim ostida quyish usuli.
2. Presslash usuli.
3. Markazdan qochirma quyish usuli.
4. Yupqa polimer qatlamini berish usuli (gaz alanganda purkash, uyurmaviy changlatish–«qaynatilgan» qatlamda changlatish, soxta suyuq qatlamda changlatish). A-67M ustanovkasidan bajariladi, inert gaz bosimi 0,1-0,2 MPa. Gaz alangada changlatib qoplash UPN-4l, UPN-6-63 ustanovkasida bajariladi.
5. Plastmassalarni alangasiz oqim bilan changlatish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |