Polikaproamid (kapron) – poliamid smola turkumiga mansub ashyo. U korxonaga 8x8 mm o‘lchamidagi granulalar ko‘rinishida etkazib beriladi. Ular neft mahsulotlari va tabiy gazlardan olinadi. Normal haroratda va doimiy 10min/m2 yuklanmada kapron bir yilda 2,5%, 5 yilda esa -5% gacha deformatsiyalanishi mumkin. Qoplash qalinligi 2 mmdan ko‘p bo‘lmasligi kerak, havo harorati esa 70-80 0S dan oshmasligi lozim. Uning eng bebaho xususiyati - yeyilishga bardoshligining yuqoriligi, moy va moysiz sharoitlardagi ishqalanish koeffitsientining kamligi. Bu holat traktorlar, avtomobillar va qishloq xo‘jalik mashinalarining ishqalanuvchi birikmalarida ulardan muvaffaqiyatli foydalanish imkonini beradi.
Polietilen – nisbatan qattiq, termoplastikli polimer hisoblanadi. Uni etilenni 180-2000S temperatura va 150-200 MN/m2 bosimda kislorod ishtirokida yoki kam bosim ostida (2,5-4,5 MN/m2) va 110-1400S temperaturada okisli katalizatorlarda polimerizatsiyalash usulida olish mumkin. Uning erish temperaturasi 120-130 0S.
Do'stlaringiz bilan baham: |