Yonilg‘i-moylash materiallarining ifloslanishi. Abraziv zarrachalar detallarning ish qismlariga va ishqalanuvchi yuzalariga, asosan, yonilg‘i va moy orqali tushadi. Bundan tashqari, abraziv zarrachalar vazifasini detatni quyishda qolipdagi tuproqlarning qoldig‘i, metall zarrachalari, abraziv asbob bilan ishlov berishdagi qoldiqlar, so‘xta va boshqalar bajaradi.
Abraziv ifloslantiruvchi aralashmalarga birinchi navbatda tuproq (cho‘l va dala) changi kiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ish suyuqligi ifloslanishining 80% ini kvars zarrachalari va atmosfera changidagi metall (temir, alyuminiy) oksidlari hamda yuqori dispersli metall zarrachalar ko‘rinishida bo‘lgan yeyilish mahsulotlari tashkil qiladi. Bunday zarrachalarning qattiqligi Maoss shkalasi bo‘yicha 6,5...9 birlikni tashkil qiladi.
1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |