6.Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini baholash.
Testlar
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv tizimini baholash kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
fond birjasi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shtatida tegishli korporativ boshqaruvchi attestati bo‘lgan auditorlik tashkilotlari; reyting agentliklari, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi;
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan mustaqil yoki soliq maslahati tashkilotlari;
iqtisodiyot vazirligi, moliya vazirligi, davlat raqobat qo‘mitasi;
investitsion fondlar, fond birjasi, soliq maslahati tashkilotlari.
Korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish uchun mustaqil tashkilotni tanlash aksiyadorlik jamiyati qaysi boshqaruv organi qarori asosida amalga oshiriladi?
kuzatuv kengashi;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;
ijroiya organi;
taftish komissiya
Korporativ boshqaruv tizimini baholash yo‘nalishi noto‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
a) xodimlar bilan mehnat munosabatlari tashkil etilish holati;
101
korporativ boshqaruv kodeksini joriy etishga tayyorgarlik jarayonini va kodeks tavsiyalariga amal qilinishini baholash;
axborot siyosatini baholash, moliyaviy natijalarni baholash;
MHXS va XASga muvofiq e’lon qilishga o‘tishni baholash.
Korporativ boshqaruv tizimini baholashda eng yuqori va eng past ball chegarasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
a) 1200; –1200
b) 100; –100
c) 600; –600
d) 1000; –1000
Aksiyadorlik jamiyatlari namunaviy tashkiliy tuzilmasi qaysi qonunchilik hujjati bilan tasdiqlangan?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yildagi №PF-4720 sonli farmonida;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2015 yildagi №PQ-2455 sonli qarorida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2015 yildagi №PQ-2454 sonli qarorida.
Korporativ boshqaruv tizimini baholashda eng yuqori ball qaysi yo‘nalishga ajratilgan?
axborot siyosatiga;
moliyaviy natijalarga;
namunaviy tashkiliy tuzilmaga muvofiqligiga;
faoliyatning boshqa yo‘nalishlariga.
Korporativ boshqaruv tizimini baholashda axborot siyosatini baholash aynan qaysi jihatlar bo‘yicha belgilangan?
davlat tilida, rus va ingliz tillarida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir axborotlarning aksiyadorlik jamiyati saytida va boshqa manbalarda oshkor qilinganligi;
tijorat sirining e’lon qilinganligi yoki maxfiylik ta’minlanganligi;
aksiyadorlik jamiyatlari haqida ommaviy axborot vositalarida muntazam maqolalar, ko‘rsatuvlar berilganligi;
korporativ boshqaruv tizimini baholashda axborot siyosatini baholash amalga oshirilmaydi.
Korporativ boshqaruv tizimini baholashda moliyaviy natijalarni baholashda qaysi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi?
a) biznes-rejada belgilangan prognoz moliyaviy natijalarga erishilganligi;
102
raqobatchidan ustun kelinganligi;
bozor segmenti egallanganli;
aksiya kursi o‘zgarish darajasi.
Aksiyadorlik jamiyati sifatni boshqarish tizimida e’tibor qaratiladigan asosiy jihat qaysi javobda berilgan?
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) sertifikati olinganligi;
mahsulot sifati bo‘yicha iste’molchilar shikoyatlari mavjud emasligi;
xodimlar qo‘nimsizligi past darajada ekanligi;
bankrotlik ehtimoli mavjud emasligi.
Aksiyadorlik jamiyat korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari qanday holatda qoniqarli hisoblanadi?
0 dan 600 ballgacha natija bilan baholanganda;
– 600 dan 0 ballgacha natija bilan baholanganda;
– 600 dan 600 ballgacha natija bilan baholanganda;
600 dan 1200 ballgacha natija bilan baholanganda.
Samaradorlikning asosiy muhim ko‘rsatkichlarida EBITDA ko‘rsatkichi qaysi ko‘rsatkich?
foizlar, soliqlar va amortizatsiya chegirilmagan holatdagi foyda;
foizlar va soliqlar to‘langunga qadar foyda;
soliq to‘langunga qadar foyda;
sof foyda.
Samaradorlikning asosiy muhim ko‘rsatkichlari noto‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.
mahsulot tannarxi, inflyatsiya darajasi;
xarajat va daromadning o‘zaro nisbati, jalb qilingan kapital rentabelligi;
aksiyadorlik kapitali rentabelligi, aksiyadorlar investitsiyasi rentabelligi;
aktivlar rentabelligi, mutlaq likvidlilik va moliyaviy mustaqillik koeffitsientlari
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ tizimini baholashda nechta savolli so’rovnoma asosida baholanadi?
a)100 ta
b) 120 ta
c) 125 ta
d) savollar berilmaydi
14.ushbu tizimni baholashda ishlatilgan savollar nechta yo’nalish bo’yicha jamlangan?
a) 9 ta
b) 10 ta
c)11 ta
d) yo’nalishlar mavjud emas
15. ushbu tizimni baholashdagi yo’nalishlar qachon tasdiqlangan?
a) 2016-yil 25-iyun
b)2017-yil 25-iyun
c)1997-yil 25-iyun
d)1992-yil 25-iyun