Laboratoriya ishi ketma-ketligi
O'qituvchi tog* jinslari namunalarni ajratib, ish bajarilishi xaqida tushuncha beradi.
1 tablitsa asosida tog'jinsi yoritiladi.
Xisobot turi
Mashg’ulot tugagach talabalar 4.1-jadval asosida xisobot beradilar
4.1-jadval
№
|
Metamorfik tog’ jins nomi
|
Genetik turi
|
Rangi
|
Yotish shakli
|
1
|
Fillitlar
|
Regional metamorfizm
|
|
|
2
|
Xloritli slanes
|
Regional metamorfizm
|
|
|
3
|
Talkli slanes
|
Regional metamorfizm
|
|
|
4
|
Kvartsitlar
|
Regional metamorfizm
|
|
|
5
|
Marmarlar
|
Regional metamorfizm
|
|
|
6
|
Gneyslar
|
Regional metamorfizm
|
|
|
7
|
Migmatitlar
|
Regional metamorfizm
|
|
|
8
|
Temirli slanes
|
Regional metamorfizm
|
|
|
9
|
Amfibolitlar
|
Regional metamorfizm
|
|
|
10
|
Granitli gneyslar
|
Regional metamorfizm
|
|
|
11
|
Granulitlar
|
Regional metamorfizm
|
|
|
12
|
Kristalli slanes
|
Regional metamorfizm
|
|
|
13
|
Gilli slanes
|
Regional metamorfizm
|
|
|
1
|
Tektonik brekchiya
|
Dislakatsion metamorfizm
|
|
|
2
|
Katoklazitlar
|
Dislakatsion metamorfizm
|
|
|
3
|
Milonit
|
Dislakatsion metamorfizm
|
|
|
1
|
Rogoviklar
|
Kontakt metamorfizm
|
|
|
2
|
Skarnlar
|
Kontakt metamorfizm
|
|
|
3
|
Greyzenlar
|
Kontakt metamorfizm
|
|
|
4
|
Serpentenitlar
|
Kontakt metamorfizm
|
|
|
5
|
Albititlar
|
Kontakt metamorfizm
|
|
|
6
|
Metasomatitlar
|
Kontakt metamorfizm
|
|
|
5-Amaliy ish
Mavzu: Geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va masshtablarini o‘rganish. Geologik xaritaga asoslanib geologik kesmalarni tuzishni o'rganish.
Ishning maqsadi: Geologik kartalarni o’qish va ularning tularini, masshtablarini kartalarda o’rganish. Talabalarga geologic kesma tuzish usullarini o’rgatish.
Umumiy tushuncha
Geologik xaritani qo’yidagi tartibda o’qish tavsiya etiladi:
1. Xaritaning nomi, masshtabi va qabul qilingan shartli belgilar bilnn tanishish.
Geologik kartalar yer shari yoki bir bo’lagining geologik tuziliahini mu’lum, masshtabda berilgan shartli belgilar asosida berilgan tekislikdagi gnilik tusviri1 tushuniladi. Geologik kartalariga nazar solsak unda alomat belgilar (rungi, shlrixovkasi, harfli indekslari, gorizontal yoki texnologik yoziqlar) topogralik kartnni usos qiljb olib kartaga tushurilgan yoki unda daryolar, dengizlar, joy rel’efi huqida mn’lumotlar gorizontallar yordamida yoki boshqalar ko’rsatiladi.
Joyda (Yer yuzasida) nuqtalar orasidagi o'lchangan masofalar uzunligini gorizantal proyeksiyalarni qog'ozda kichraytirilish darajasiga mashtab deyiladi. Masshtabning kichraytirilish darajasiga qarab masshtabning yirik yoki maydaligi aniqlanadi.
Geologik xaritalari masshtabiga qarab bir necha turga bo’linudi:
Obzorli;
Kichik masshtabli;
O’rta masshtabli;
Yirik masshtabli;
Mukammal masshtabli.
1.Obzorli xaritalar (1:2500000 va undan kichikrog’i, 1:5000000, 1:7500000, 1:10000000). Bu xaritalarda territoriyalar topografik jihatdan aneha umumlashtirilib, geologik tuzilishi to’g’risida ma'lumot beriladi.
2.Kichik masshtabli xaritalar (1:1000000, 1:500000 va undail kichikrog’i)- katta keng territoriyalaming, ayrim davlatlaming, bir butun materiklaming yoki butun dunyoning geologiya tuzilishi to’g’risida ma'lumot beradi. Kichik masshtabli xaritalarning topografiya asosi odatda juda soddalashtirilgan bo’ladi. Bunda masshtabli xaritalarda daryolar, katta qishloqlar, dengiz va ko’l chegaralari ko’rsatilgan.
3.O’rta masshtabli xaritalar (1:200000, 1:100000) ayrim territoriya geologiyasining asosiy tomonlarini tasvirlovchi geologik xarita hisoblanadi va bu xarita asosida qazilma konlarini qidirish ishlari rejalashtiriladi. O’rtacha bo’lgan territoriyalarda tarqalgan stratigrafiya va tektonik elementlar, magma jinslar, foydali qazilmalar tasvirlanadi.
4.Yirik masshtabli xaritalar (1:50000, 1:25000) ham aniq topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritada foydali qazilmaning topilish istiqbollari aniqlangan rayonning mukammal geologik tuzilishi, gidrotexnika kabi qurilishlarning istiqbollari aniqlangan bo’ladi.
Yirik masshtabli xaritalar faqat yer yuzining geologik tuzilishinigina emas, yerning chuqur qismi to’g’risida ham ma'lumotlar olishga imkoniyatlar berishi lozim.
5.Mukammal geologik xaritalar (1:10000 va undan kattarog’i) maxsus topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritalarda ayrim foydali qazilmalarning yotishi, tarqalish qonuniyatlari to’liq ifodalanadi
Xarita(lar)da tasvirlanadigan hududni chegarasini aniqlash va uni xarita ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramkaning ichida va undan tashqarida xaritaning nomini, masshtabini, legendasini, har xil qo'shimcha kesma xaritalarni va boshqa shunga o'xshash ma’lumotlami ishning maqsadiga muvofiq joylashtirishga komponovka1 deyiladi.
7.1-jadval.
Metrik o'lchovlar sistemasida xaritalarni masshtabi
Xaritani
sonli
masshtabi
|
Xaritani
Nomi
|
Xaritadagi 1 sm. oraliqqu joyda to'g'ri keladigan masofa
|
Xaritadagi 1 sm2 yuzaga joyda to'g'ri keladigan maydon
|
Joydagi 1 km masofaga xaritada to'g'ri keladigan oraliq
|
1:5 000
|
besh mingli
|
50 m.
|
0,0025 km2 = 0,25 ga
|
20 sm.
|
1:10 000
|
o’n mingli
|
100 m.
|
0,010 km2 = 1 ga .
|
10 sm.
|
1:25 000
|
yigirma besh mingli
|
250 m.
|
0,0625 km2 = 6,25 ga
|
4 sm.
|
1:50 000
|
ellik mingli
|
500 m.
|
0,25 km2 = 25 ga
|
2 sm.
|
1:100 000
|
yuz mingli
|
1 km.
|
1,0 km2 = 100 ga
|
1 sm.
|
1:200 000
|
ikkiyuz mingli
|
2 km.
|
4,0 km2 = 400 ga
|
5 mm.
|
1:300 000
|
uchyuz mingli
|
3 km.
|
9,0 km2 = 900 ga
|
3,3 mm.
|
1:500 000
|
beshyuz mingli
|
5 km.
|
25,0 Ian2 = 2500 ga
|
2 mm.
|
1:1000 000
|
bir millionli
|
10 km.
|
100,0 km2= l0000ga
|
1 mm.
|
Geologik kartalar hosil bo’lish sharoitiga ko’ra qo’yidagi turarga bo’linadi:.
Litologik kartalar, bularda tog’ jinslari har xil tarkibdagi qum, tuproq ohaktoshlaming qatlamlari aks topgan.
Gidrogeologik kartalar, bu kartalarda yer osti suvlaming tarqalish hududi, sathi, ularning sifati, tarkibi ko’rsatiladi.
Foydali qazilmalar kartasi.
To’rtlamchi yotqiziqlar kartasi.
Geologik kartalaming asosiy qismidan yoki ko’rinishlaridan biri bo’lib, ularda hamma ko’rinishlar yagona qabul qilingan shartli belgilar va o’ziga xos bo’lgan ranglar bilan belgilangan kartalaming kompanovkasidan shartli belgilar jadval shaklida karlmiing bir burchagida yo istagan joyida yagona prinsip asosida joylashtiriladi.
Shartli belgilar asosan: rangli, shtrixli, (ingichka chiziq), harf va raqamli bo’ladi.
Rangli belgilar-cho’kindi, vulqon, metamorflashgan jinslarning yoshi, intruziv jinslarning tarkibi ifodalanadi.
Shtrixli belgilar-tog’ jinslarining tarkibi, ayrim holdagi yoshi tasvirlanadi. Harfi va raqamli - tog’ jinslarining yoshi va paydo bo’lishi harf yoki raqam (indeks) bilan belgilanadi.
Geologik kartalarning asosi qilib tog’ jinslarning yoshi qabul qilingan bo’lib bu uning mazmunini tashkil qiladi.Shuning uchun bu kartalarni tashkil qiluvchi ranglar soni kartani sifat jihatidan ko’rinishini hosil qiladi. Tog’ jinslarning (xususiy cho'kindi jinslarini) nisbiy yoshini kartadan belgilashda II xalqaro geologik kongresda (Italiya, Boloniya 1881 у ) qabul qilingan jahonda tan olingan yagona ranglar bilan ranglash, rus geologi akademik A. P. Karpinskiyning taklifiga ko’ra qabul qilingan.Shu shkulnp muvofiq MDH (SNG) davlatlarida chiqarilayotgan ko’rgazma kartalarda geologik tizimlarni ranglashda quyidagi ranglar qabul qilingan (kartaga qarang):
To’rtlamchi (antropogen) - ochiq pushti (бледнопалевый)
Neogen qatlamlar - sariq, limon simon
Paliogen - ochiq qizil (оранжевый)
Bo’r - yashil
Yura - ko’k
Trias - binafsha
Perm - ochiq jigarrang
Tosh ko’mir - qo’ng’ir
Devon - jigarrang
Silur - ochiq yashil
Ordovik - qo’ng’ir yashil
Kembriy - qo’ng’ir, ko’k rang .
O’rnatilgan xalqaro tasdiqlangan me’yorlarga binoan ranglardan foydalanib kartalarda ko’rsatiladigan kichik stratigrafik bo’linmalar, umumiy qonuniyatga bo’yinshi bir xil tizimdagi tog’ jinslarning yosh jihatdan kichiklari shu tizimga xos ochroq qilinib bo’yalib, ancha qadimiylari shu rangda to’qroq qilib bo’yaladi.Masalan Bo’r tizimining pastki bo’limi to’q yashil rangda yoki Yura - ko’k, yuqori Yura - ochiq ko’k (havorang) larda bo’ladi.
Tokembriy yoshdagi tog’ jinslari (ko’pincha metamorfik) qizg’ish ranglardn bo’yaladi. Magmatik tog’ jinslari geologik kartalarda tasvirlashda ularning yoshiga qarub emas balki ularning genetik va petrografik ko’rinishlariga qarab tasvirlanadi.
Effuziv va intruziv tog’ jinslari har xil ranglarda tasvirlanishi ularning tarkibi bilun farq qilishidir. Nordon jinslar qizg’ish rangda asosiy jinslar yashil ko’kimtir rangdu, ishqorli jinslai' ochiq qizg’ish ranglarda bo’ladi.Magmatik tog’ jinslarining yoki agar ular aniq bo’lsa o’zining indeksi harfida ko’rsatiladi. Tog’ jinslari yoshini indeks bilan ifodalash geologik kartalarni o’qishni osonlashtiradi. Chunki bir-biriga yaqin bo’lgan ranglar qo’shilmasini o’qishi yoki ajratishi ancha murakkab va ko’p vaqtni oladi. Indeksiarga lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilash qabul qilingan. Masalan: Ordovik sistemani О harfi bilan belgilanadi. Agar bir necha sistemaning nomi bir hit harf bilan boshlanadigan bo’lsa unda birinchi bosh harfga o’sha tizim nomining keying harfi ham qo’shib yoziladi.
Agar kartada, tizimdan tashqari (sistemadan mayda) bo’limlari bo’lsa masalan bo’lim, ulami belgilashda sistemaning indeksi bilan yonma-yon (O’ngdan-pastga) arabcha raqam qo’yilib u nisbiy yoshni belgilaydi. Masalan: Trias sistemasi (indeksi T) uch bo’limga bo’linadi. Quyi, o’rta va yuqori shunga mos ular T1, T2 ,T3 bilan belgilanadi. Juda mayda bo’limlarni belgilashda bo’lim harfi yoki raqamining yuqori qismi o’ng tomonida harf yoki raqam qo’yiladi. Masalan Сэ3, N,ap va boshqa.
Geologik kartalarda tasvirlangan tog' jinslari va qatlamlarning yotish holatlari, tabaqalanishi, lotologik tarkibining chuqurlik bo'ylab o'zgarishi hamda maydonning yuza sathi haqida to'laroq tasawurga ega bo'lish Ishning Ishning maqsadii:ida geologik kesmalar chiziladi.
Geologik kesmalar joylarning geologic tuzilishini to'la xarakterlaydigan qilib tuziladi. Buning uchun maydonda qatlamlarning gorizontal va monoklinal holatda yotgan bo'laklari hamda bukilmalar, uzilmalar va otqindi jinslar tarqalagan qismlari ajratiladi. Kesma chizig'i yo'nalishi qtlamlarning cho'ziqlik chizig'iga, yotish chizig'iga va daryo vodiylariga ko'ndalang qilib tanlanadi. Shunda qatlamlarning yotish holati va qalinligi kesmalarda aniq ko'rinadi.
Tanlangan yo'nalish bo'yicha kesma tuzish uchun dastlab bu yo'nalishdagi ikki nuqta geologik kartada to'g'ri chiziq bilan tutashtiriladi. (7.1- rasm). Chiziq uzunligi tuziladigan kesma uzunligiga mos kelishi kerak. Bu chiziq kesma chiziq deb ataladi va uning har ikkala uchi shartli harflar (A-B) yaki raqamlar (1-1) bilan belgilanadi.
Geologik kesma tuzishdan oldin millimetrovka qog'ozga kesmaning topografik asosi chizib chiqiladi. Uning gorizontal va vertikal masshtablari karta masshtabiga mos kelishi zarur. Agar yer yuzasi relyefining o'zgarish amplitudasi katta bo'lsa, u holda vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan ancha yirik qilib olinadi. Qatlamlar bukilmalar hosil qilgan bo'lsa, ularning vertikal masshtabini o'zgartirib bo'lmaydi, chunki kesmada tasvirlanayotgan bukilmalarning shakli butunlay o'zgarib ketishi mumkun. Bunday hollarda gorizontal va vertikal masshtablar bir xil bo'ladi.
Chizilgan geologik kesmaning tepasiga uning nomi, masshatabi, tuzilgan yih, ostiga esa shartji belgilar, kesma tuzuvchining familyasi va boshqa kerakli ma'lumotlar yoziladi.
Kesmani tuzish uchun kartada belgilangan kesama chizig'i ustiga millimetrovka qog'ozi qo'yiladi. Qog'ozga kesma chizig'i bilan gorizontal chiziqlar kesishgan nuqtalar tushiriladi. Bu nuqtalarning absolyut balandliklari aniqlanib, nuqta yoniga yozib qo'yiladi. So'ngra qabul qilingan vertikal masshtab bo'yicha kesma chizig'iga parallel chiziqlar o'tkaziladi. Kesma chizig'ining gorizontallar bilan kesishgan joyidan parallel chiziqlarga perpendikulyar chiziqlar chiqarilib, ularning o'zaro kesishgan nuqtalarivertikal masshtab bo'yicha belgilanadi. Shundan so'ng nuqtalar o'zaro tutashtirilib, berilgan yo'nalishdagi kesmaning topografik asosi, ya'ni yer yuzasining relyefi tuziladi. (7.1- rasm,).
Kesma chizig'i bilan stratigrafik bo'linmalarning kcsishishidan hosil bo'lgan chegaralar nuqtalar bilan belgilab chiqiladi va kesmaning topografik asosiga tushiriladi. Agar maydonda to'rtlamchi davr yotqiziqlari va to'rtlamchi davrgacha hosil bo'lgan yotqiziqlar uchrasa ularning qalinligi burg' quduqlari yordamida aniqlanadi. So'ngra jins qatlamlari vertikal masshtab bo'yicha kesmaga tushiriladi. Bir xil genetik turga yoshga mansub bo'lgan jinslar chegarasi o'zaro tutashtiriladi. Tubjoy jinslarning va uzilmalarning yotish holatlari aniq o'lchovlar yordamida kesmada ko'rsatiladi.
Kesmada tasvirlanadigan to'rtlamchi davr yotqiziqlarining genetik turiga va yoshiga qarab rang tanlanadi. Jinslar esa litologik tarkibi bo'yicha shartli belgilarda aks ettiriladi (7.1- rasm,).
Maydon va tarqalgan qatlamlar burmalangan bo'lsa, ularni kesmalarda tasvirlash uchun dastlab bukilma asosida joylashgan qatlamlar ko'rsatilib, so'ngra boshqa qatlamlar chiziladi. Antiklinal va sinklinal bukilmalarning o'qlari yuzasini, uzilmalarning yotish holatlarini ko'rsarish orqali kesmaga aniqlik kiritiladi.
Geologik kesmalarda dastavval uzilmalarning yotish holatlari ko'rsatilib, so'ngra qatlamlarning yotishi ularga moslab lushiriladi. (7.1-rasmga qarang).
14.1-rasm
7.1-rasm. Geologik xarita va uning AB chizig’I bo’yicha kesmasi.
Topshiriq: Geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va masshtablarini va geologic kesma tuzishni o‘rganish.
Kerakli qurollar:
Ish daftari
Chizg’ich, ruchka, qalam
Uslubiy ko’rsatma
Geologik xarita
Tog’ jinslari va minerallar
Shartli belgilar chizmalari
Joyning sxematik geologik xaritasi
To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi
Amaliy ishni bajarish tartibi:
O’qituvchi talabaga geologik kartalarni o‘qish va ularning turlari, shartli belgilari va masshtablarini va geologic karta tuzushni tushuntirib berganidek uslubiy ko’rsatmadan foydalanib, yozma ravishda yozib so’ngra aytib beradi.
Hisobot turi:
Dars mashg’uloti tugagandan so’ng yozma xamda chizma rasm orqali hisobot topshiradi.
6 - Amaliy ish
Mavzu: Burg’ quduqlarni ma’lumotlariga asoslanib geologik kesmalarni tuzishni o’rganish.
Maqsad: Amaliyotda geologik kesim tuzish uslubi bilan tanishish va kelajakda undan foydalanishni o'rganish.
Ko'rgazmali misol uchun geologik kesimlar qatlamlarda beriladi.
Geologik kesim bu chizig'larda quyidagi materialda beriladi.
Tabiiy tog' jinslari qatlamini daryo vodiylari qirgoqlarida tasvirlash.
Tog' jinslari qatlamini quduqlar yordamida aniqlash.
Geologik karta asosida.
Kartada geologik kesim beriladi yoki quduqlar ma'lumotlari asosida kesim tuzish.
ko'p miqdorda xar-xil qatlamlarni kartada geologik kesim Chizig'ini o'tkazish.
kartada chizig'larni I-I, II-II yo A-B, V-G shaklida belgilash kerak. S) topografik xolat geologik kartada gorizontal va vertikal masshtabda karta masshtabi shaklida beriladi.
Gorizontal yo qiyalik qatlamlarda vertikal masshtab bu maydonda 2-4 marta oshiriladi; kesimning doimo orentiri olinadi, yoki kesim keng yo'nalishda bo'lsa, chap tomoni oxirgi F (g'arb) o'ng tomoniga Sh (sharq) meridianda berilsa chapga J (janub) unga Sh (shimol).
Topshiriq:
Berilgan masshtab Gorizontal 1:2000
Vertikal 1:2000 qidiruv quduqlari asosida kon geologik kesimini tuzish.
Bo'lishi lozim
Ish daftar
Chizg'ich, ruchka, qalam
Geologik kesim tuzish uchun burg'u quduqlari ma'lumotlari.
Amaliy ishi ketma-ketligi.
1. O'qituvchi topshiriq beradi va geologik kesim tuzish
uslubini tugatadi.
2. Geologik kesim tuzish grafik xolatiga qarang (na'muna berilgan).
Xisobot turi:
Talaba mashg'ulot tugagach, quyidagi grafik asosida xisobot beradi.
8 - Amaliy ish
8.1-rasm.Maydonning geologik kesimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |