4. QWERTY klavishlar tartibi eng samarali tartib emas.
QWERTY klaviaturlari eng samarali klaviatura bo‘lsa kerak, deb o‘ylarsiz, chunki ular eng keng ommalashgan klaviaturadir. Ammo bu gap o‘roqdek «to‘g‘ri»ligiga ishonasizmi? Xo‘sh, nega klaviaturalar ABDEFG harflari bilan emas, balki QWERTY bilan boshlanadi? QWERTY tartibi 1872 yil Kristofer Sholz tomonidan o‘zining yangi matn terish uskunasi uchun yaratilgan (u davrlarda hali kompyuterlar yo‘q edi). Yozuv mashinasi harflari alifbo tartibida joylashtirilganda, matn teruvchi shunchalar tez matn terardiki, natijada uskunaning mexanik qismlari (ularni «bolg‘a» deb atashgan) ishdan chiqardi. Sholzga matn terish tezligini pasaytirish uchun harflar ketma-ketligini chalkashtirib tashlash g‘oyasi keladi. Shunday qilib, QWERTY klaviaturasi aslida matn QWERTY jarayonini sekinlashtirish uchun ishlab chiqilgan, ammo kompyuterlar paydo bo‘lganda ham bu klaviaturani negadir hamma birdek ijobiy qabul qildi va harflar joylashuvi ham shunday bo‘lib qoldi.
5. Mini-klaviaturalar
Bu turdagi klaviaturalarda faqatgina bir necha tugmalar yordamida oddiy klaviaturadagi barcha belgilarni hosil qilish mumkin. Ammo qaday qilib? Bitta belgini hosil qilish uchun bitta tugmani bosish o‘rniga, bunday klaviaturalarda xuddi pianinodagi kabi akkordlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham, bu klaviaturalarni akkordli klaviatura deyishadi. Akkordli klavirturalar, asosan, ko‘zi ojizlar tomonidan (Brayl versiyada) yoki oddiy klavituradan foydalanish besamar bo‘lgan vaziyatlarda ishlatiladi.
6. Kir klaviaturalar
Klaviaturalarda hojatxona unitazidagidan ko‘ra ko‘proq mikrob yig‘ilishini bilasizmi? Britaniyalik olimlar sinovdan o‘tkazgan 33 ta klaviaturadan 4 tasi salomatlik uchun xavfli darajada ko‘p mikrob to‘plagan, 1 tasida esa hojatxona unitazidagidan 5 barobar ko‘p mikrob borligi aniqlangan. Turli infeksiya va kasalliklarning oldini olish uchun klaviaturadan foydalanishdan oldin uni antiseptik vosita bilan tozalang va qo‘llaringiz yuvilganiga ishonch hosil qiling.
7.Deyarli ishlatilmaydigan klavishlar
Zamonaviy klaviaturalarda to‘rtta tugma borki, ular oldingi kompyuterlardan meros bo‘lib qolgan. Ammo ko‘pchilik ulardan deyarli umuman foydalanmaydi va foydalanishga harakat qilib ham ko‘rmagan. Ular qaysi klavishlar? Quyida ularning 3 tasi haqida to‘xtalib o‘tamiz:
•System Request klavishi ko‘pincha SysRq yoki SysReq qilib qisqartirib yoziladi. Bu klavishning kelib chiqishi 1980-yilga borib taqaladi. O‘sha davrdagi IBM kompyuterlari, odatda, bir necha operatsion tizimda ishlardi. System Request tugmasi bilan mana shu tizimlarning biridan ikkinchisiga o‘tish mumkin edi. Ammo keyinchalik, bu klavishga ehtiyoj sezilmay qoldi, chunki hozirgi kompyuterlar, asosan, faqat bitta tizimda ishlaydi.
•Print Screen (ko‘pincha System Request bilan birga joylashgan bo‘ladi) klavishini PrtScr yoki PrntScr deb qisqartirib yozishadi. Bu tugmaning asl maqsadi ekran tasvirini olib (hozirgi smartfonlardagi skrinshot kabi), uni qog‘ozga chiqarish bo‘lgan. Hozirda esa bu klavish ekran tasvirini olib, uni buferga saqlash vazifasini bajaradi.
•Pause/Break klavishi xuddi XIX asr telegraflaridagi tugma kabi vazifani bajaradi. Telegraflarda vaqti-vaqti bilan elektr toki uzib turilishi kerak bo‘lgan. Hozirda bu tugmaning amaliy ahamiyati deyarli yo‘qolgan, uni faqatgina tezkor klavishlar kombinatsiyasi yoki ba’zi o‘yinlarda ishlatishadi. Pauza funksiyasi dastur ishlamay qolganda uni o‘chirish yoki berilgan buyruq bajarilishini to‘xtatish uchun o‘ta kamdan-kam hollarda va faqat dasturchilar tomonidan ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |