Minerallar chizig‘ining rangi.Bu termin bilan mayin kukun holidagi mineralning rangi tushuniladi. SHunday kukunni tekshirilayotgan mineral bilan biskvit deb aytiladigan xira (sirlanmagan) chinni taxtachaga chizib osonlikcha olish mumkin. CHinni taxtachadagi mineral kukuni o‘sha mineral uchun hos muayyan rangli chiziq — iz shaklida hosil qilinadi.
Bu belgi minerallarning rangiga qaraganda uncha o‘zgarmas, demak, birmuncha ishonchli belgisi bo‘ladi.
Ko‘pgina hollarda mineralning rangi chizig‘ining rangi bilan bir xil bo‘ladi. Masalan, kinovarning o‘zi ham, chizig‘i (kukuni) ham qizil, magnetitda — qora, lazuritda — ko‘k va h. k. Boshqa mi- lerallarda chizig‘ining rangi bilan o‘zining rangi orasida bir muncha keskin farq ko‘riladi. Tabiatda ma’lum bo‘lgan minerallardan shunday farqni masalan, gematitda (mineralning rangi po‘lat — kulrang yoki qora, chizig‘i qizil), piritda (mineralning rangi jez — sariq, chizig‘i qora) ko‘ramiz.
Shaffof yoki yarim shaffof rangli minerallar ko‘pchiligining chizig‘i rangsiz (ok) yoki och rangli bo‘ladi. SHuning uchun mineral chizig‘ining rangi shaffof emas yoki yarim shaffof to‘q rangli birikmalar uchun eng ko‘p diagnostik ahamiyat kasb etadi.
Tabiatda ko‘pincha bitta mineralning o‘zi goh zich massa, goh kukunsimon xillar bo‘lib topiladi. Ko‘pincha shularning rangi bir-biridan katta farq qiladi. Bunga limonit (temir gidrooksidi) zich massa bo‘lgani qora, kukunsimon xili (oxra shaklidagisi) esa — sarg‘ish-qo‘ng‘ir; gematit (temirning suvsiz oksidi)-kristallangan xillari deyarli qora, kukunsimon xili esa tiniq-qizil va h. q. misol bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda minerallarnivg rang‘i kristallangan zich massalarida ham, kukunsimon xillarda ham bir xildir; masalan, malaxitning ikkala ko‘rinishdagisi hamyashil, kinovarniki qizil, auripigmentniki sariq va h. k. bo‘ladi.
Minerallarning yaltirashi va sindirish ko‘rsatkichi. Mineralga tushayotgan yorug‘lik oqimi qisman orqaga qaytarilib, unnng tebranish chastotasida esa o‘zgarish yuz bermaydi. Xuddi shu saytgan nur mineralning yaltirashi haqida tasavvur beradi. Yaltirashning kuchliligi, ya’ni qaytgan nur miqdori shu nurning kristallangan muhitga o‘tish paytidagi tezligi, ya’ni sindirish ko‘rsatkichi orasidagi farq qanchalik keskin bo‘lsa, shunchalik ortiq bo‘ladi.
Minerallarning sindirish ko‘rsatkichini bilgan holda ko‘pchilik minerallar uchun nurning qaytish ko‘rsatkichi R ni quyidagicha Frenel formulasi bo‘yicha hisoblab chiqish qiyin emas:
R= 2
bunda R — qaytish ko‘rsatkichi;
N — mineralning havoga nisbatan o‘rtacha sindirish ko‘rsatkichi.
Shu formulaga bir qator N qimmatini qo‘yib, qaytish ko‘rsatkichini sindirish ko‘rsatkichiga bog‘liq ekanligini chizma yo‘li bilan — egri chiziq shaklida — tasvirlash juda oson. Ko‘rinib turibdiki, egri chiziq havonvng sindirish ko‘rsatkichiga juda yaqin bo‘lgan N=1 minimumga ega. Ko‘pchilik minerallarning sindirish ko‘rsatkichi birdan ortiq bo‘lganligi uchun, bizni qiziqtirayotgan qaytarish ko‘rsatkichi R qimmati o‘sha minimumning o‘ng tomonida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |