1-Amaliy ish Minerallarning shaffofligi rangi, chizig‘ining rangi, yaltirashi, ulanish tekisligi va sinishi. Ishning maqsadi


Minerallarning ulanish tekisligi va sinish yuzalari



Download 20,43 Kb.
bet4/4
Sana25.03.2022
Hajmi20,43 Kb.
#510509
1   2   3   4
Minerallarning ulanish tekisligi va sinish yuzalari. Kristallar va kristall donalarining haqiqiy yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan yonlariga parallel muayyan kristallografik tekisliklar bo‘yicha ajralishi yoki sinshpi natijasida hosil bo‘lgan tekis yuzalarga ulanish tekisligi deb aytiladi. Kristallangan muhitning bu xususiyati ularning faqat ichki tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bir mineralning o‘zi uchun, o‘sha mineralning tashqi qiyofasi bilan bog‘liq bo‘lmagan ravishda namoyon bo‘ladi (masalan, kalsitning romboedrik kristallarida ham, skalenoedrik, prizmatik kristallarida yoki mutlaqo noto‘g‘ri shaklli donalarida ham ulanish tekisligining doimo faqat birgina romboedr yonlariga parallel o‘tgan shaklini ko‘ramiz). Shuning uchun har bir kristallangan moddaning o‘ziga xos ana shu belgisi minerallarni aniqlashda yordam beradigan muhim diagnostik belg‘ilarning biri bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pgina minerallarning shpatlar deb aytilishi ham taeodifiy zmas (dala shpati, og‘ir shpat, plavnk shpat, island shpati va h. k.). Ortoklaz (ulanish tekisligi to‘g‘ri burchak hosil qiladi), plagioyalaz (qiyshiq, to‘g‘ri burchak hosil qilmaydi) va boshqalar kabi minerallarning nomi shu mavjud ulanish tekisliklari orasidagi munosabatni ko‘rsatadi.
Ulanish tekisligining qay darajada namoyon bo‘lishini ko‘rsatish amalda muhim ahamiyatga ega. Quyidagicha besh bosqichli shkala shu maqsadda qabul qilingan.
1. Ulanish tekisligi o‘ta mukammal (masalan, slyudalarda va xloritlardagi kabi) kristallar yupqa varaqchalarga ajralish qobiliyatiga ega Ulanish tekisligidan boshqacha yo‘nalish bo‘yicha sindirish juda qiyin.
2. Ulanish tekisligi mukammal (masalan, kaldit, galenit, tosh tuz va boshqa minerallar kristallaridagi kabi). SHunday minerallarni bolg‘a bilan urib sindirganda doimo ulanish tekisligi bo‘yicha ajralib, ko‘rinishdan haqiqiy kristallarni eslatuvchi bo‘laklar hosil qiladi. Masalan, galenitni sindirganda mayda to‘g‘ri kubchalar, kalsitni maydalayotgaida to‘g‘ri romboedrlar hosil qilinadi. Boshqa yo‘nalish bo‘yicha (ulanish tekisligidan boshqacha) sindirish ancha qiyin.
3. Ulanish tekisligi o‘rtacha (masalan, dala shpatlari, magniy-kalsiy silikat va boshqa minerallar kristallari). Mineral bo‘laklarida ulanish tekisligi ham tasodifiy yo‘nalishlar bo‘yicha notekis yuzalar ham aniq ko‘rinib turadi.
4. Ulanish tekisligi nomukammal (masalan: apatit, kassiterit, sof tug‘ma oltingugurt va boshqa minerallar). Ulanish tekisligi yaqqol ko‘rinib turnaydi, uni mineral parchasi sirtidan qidirib topishga to‘g‘ri keladi. Singan joylari odatda notekis yuzalardan iborat bo‘ladi.
5. Ulanish tekisligi o‘ta mukammal bo‘lmagan, ya’ni haqiqatda ulanish tekisligi yo‘q (korund, oltin, platina, magdetit va boshqalardagi kabi). Bu hol juda kamdan-kam paytlardagina bilinadi. Bunday jismlar ko‘pincha shlak yoki vulkan shishaoi - obsidianning singan joylarida bo‘lgani kabi chig‘anoqqa o‘xshash yuzalar h(esil qilib sinadi. Ko‘pgina sulfidlarning mayda chig‘anoqsimod yuzalar hosil qilib sinishi xarakterlidir. Ba’zi sof tug‘ma metallar uchun (mis, kumush va boshqalar) zirapchasimon, ilmoqsimon yuzalar bo‘yicha sinish xarakterlidir.


Topshiriq - Talabalarga minerallarning shaffofligi rangi, chizig‘ining rangi, yaltirashi, ulanish tekisligi va sinish xususiyatlarini ta'riflab berish.
Buning uchun:
l.Ish daftari;
2.Qalam, ruchka, chjizg'ich;
3.Minerallar ro'yhat jadvali zarur bo'ladi.
Minerallarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish lozim.
Topshiriq vazifasini bajarish tartibi:
1. Minerallarning shaffofligi rangi, chizig‘ining rangi, yaltirashi, ulanish tekisligi va sinish xususiyatlari bilan tanishish va ta'riflash.
Hisobot turi: Mashg'ulot yakunida talabalar yozma hisobot yozib, og'izaki topshiradilar.
Download 20,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish