O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI
GEODEZIYA VA GEOINFORMATIKA KAFEDRASI
60530400 - GEOGRAFIYA YO‘NALISHI
YERNI MASOFADAN ZONDLASH FANIDAN
1-AMALIY ISH
MAVZU: Turli masshtabdagi aerokosmik suratlar bilan tanishish va ularni taqqoslab baholash
Bajardi: Ko`chmurodov Akmalbek
Qabul qildi: Arabov Obidjon
Toshkent – 2023
REJA:
1. Turli masshtabdagi aerokosmik suratlar bilan tanishish
2. Suratlarni sifatini va geometrik imkoniyatlarni baholash
3. Aerosuratlarning bo‘ylama qoplanish miqdorini aniqlash
4. Aerokosmik suratlardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar
5. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Turli masshtabdagi aerokosmik suratlar bilan tanishish.
Kosmik suratga olish - Yer, osmon jismlari va boshqa kosmik hodisalarni Yer atmosferasi tashkarisida turgan apparaturalar (Yer sunʼiy yoʻldoshlari, kosmik kema va boshqalar) yordamida suratga olish; elektromagnit spektrining turli sohalaridagi tasvirni beradi. Yerni Kosmik suratga olisho.ning masshtabi 1:1000000 - 1000000 boʻlib, bunda juda katta maydonning (bir necha oʻn ming kv. km. dan tortib, deyarli Yerning yarim shari sirtigacha) bir butun harakterli tasvirini suratga olish mumkin. Kosmik suratga olisho. usullari: aylanish davri qisqa boʻlgan kosmik apparatlar yordamida 150–300 km balandlikdan, aylanish davri uzun boʻlgan kosmik apparatlar yordamida 300–950 km balandlikdan suratga olish, radiotelevizion sistemalar asosida tasvirlarni Yerga uzatish, 36 ming km balandlikdagi geostatsionar yoʻldoshlardan tasvirlar olish va Yerga uzatish, Oy va sayyoralar sirtidan Yerni suratga olish va radiotelevizion yoʻl bilan axborotlarni Yerga uzatish. Olingan fotosuratlar, Yer atmosferasi, litosferasi, gidrosferasi va biosferasining regional, strukturali, global xususiyatlarini oʻrganishga imkon beradi. Shuningdek, Kosmik suratga olish o. Yerning maʼlum regionini qisqa vaqt ichida qayta-qayta suratga olish mumkin. Bu esa davriy (sutkali, fasliy va boshqalar) va epizodik (vulkan otilishi, oʻrmon yongʻinlari, suv toshqinlari va boshqalar), xoʻjalik faoliyatlarining turli koʻrinishlari (hosilni yigʻish, sugʻorish, suv havzalarini toʻldirish va boshqalar) kabi hodisalarning dinamik tuzilishini oʻrganish uchun sharoit yaratadi. Kosmosdan suratga olish birinchi marta: raketa yordamida — 1946-yil da, Yer sunʼiy yoʻldoshlari yordamida — 1960-yilda, kosmik kema yordamida — 1961-yilda boshlandi. Kosmik suratga olish o. da oq-qora, rangli foto va televizion suratga olishdan tashqari, infraqizil, mikrotoʻlqinli, spektrometrik va fotoelektron tasvirlarni olish ham amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |