maqsadni belgilash - agar pedagogik vazifalar aniqlangan boʻlsa va oʻquv faoliyatining yakuniy natijalari bir ma‘noda ifodalangan boʻlsa, boshlanish shartlari ma‘lum boʻlsa, ta‘lim jarayonini loyihalashtirish mumkin;
ta’lim berish modeli – maqbul yoʻllar (usul va shakllar) va vositalar yigʻindisi - mavjud sharoitlar va belgilangan vaqtda ob‘ektning boshlangʻich holatini oʻzgartirish boʻyicha koʻzlanayotgan natijalarga erishish kafolati;
boshqaruvning yoʻl va vositalar yigʻindisi: bashoratlash, loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va baholash, shuningdek tezkor oʻzgartirish toʻgʻrisida boshqaruv xulosasini qabul qilish maqsadida ta‘lim jarayonini uzluksiz va muntazam kuzatish - monitoring.
Ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyatlari
Kontseptualligi: Ta‘lim texnologiyasi falsafiy, psixologik, didaktik va ta‘limiy maqsadning ijtimoiy-pedagogik asoslangan aniq ilmiy gʻoyalarga asoslanadi.
Tizimlilik: Talim texnologiyasi tizimning barcha beligilariga ega, ya‘ni: yaxlitilik, tuzilmaviylik, barcha tashkil etuvchilarning oʻzaro bogʻliqligi va ularni bir-biriga boʻysunishi, tizim va muhitni oʻzaro bogʻliqligi.
Oʻqitish jarayonining har bosqichida oʻqituvchi maqsadni belgilash, tashxislash, bashorat qilish, loyihalash rejalashtirish, tashkillashtirish, axborotli ta‘minlash, nazorat, baholash va oʻzgartirish kiritish, tugallangan jarayon tahlili qilish, bilim va tushunchalarni egallash, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish uchun sarflanadigan vaqt birligini aniqlash darsning maqsadiga koʻra natijalarni belgilash, natijalarni olish uchun mashq va topshiriq, mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqish, oʻqituvchi va oʻquvchining kelgusidagi faoliyatini rejalashtirish boshqaruv harakatlarini bajaradi.
Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyalariga oʻqitish metodi, shakl, vositalari, usullari, nazorat va baholash turlari kiradi. Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyalarini qay darajada tanlanganligi, oʻqitishning sifat va samaradorligini ta‘minlaydi.
Shuningdek, oʻquvchilarda mustaqil bilim oʻzlashtirish, koʻnikma va malakalar hosil qilish, bilim oʻzlashtirish faoliyatini oʻzi mustaqil bajara olishiga yoʻnaltirish, eng asosiysi «nimani, qanday oʻrganish kerak»ligini oʻrgatish zarur. Demak, har bir oʻqituvchi oʻz ustida ishlashi, zamonaviy darsni tashkil qilish uchun zamonaviy usullarni tatbiq etishi, bir soʻz bilan aytganda, innovatsion yondashishi muhimdir.
Oʻquv axboroti va qaytar aloqani еtkazib berishning yoʻl va vositalarini amalga oshirishi, yigʻilgan axborot jarayonining borishini tezkorlikda oʻzgartirish, ta‘sir koʻrsatadigan ragʻbatlantiruvchi omillarni, samarali vositalarni kiritishi lozim.
Oʻquvchini ongli oʻquv faoliyatiga jalb etish uchun nima qilish kerak? Bilim qanday oʻzlashtiriladi?
a) Ananaviy usulda dars.
1. Oʻqiganda 10 % bilim oʻzlashtiriladi.
2. Eshitilganda esa 20 % oʻzlashtiriladi.
3. Koʻrganda 30 % oʻzlashtiriladi.
4. Eshitib, koʻrganda esa 50 % bilimni oʻquvchi oʻzlashtiriladi.
b) Andozali dars ( pedagogik texnologiya usulida ).
5. Oʻquvchi boshqa bolalar bilan dars oʻzida oʻtilgan mavzuni muhokama qilganda 70 % bilimni oʻzlashtiradi.
6. Yana shaxsiy bahs, munozara oʻtkazilganda esa 80 % oʻzlashtirildi.
7. Olgan bilimni boshqalarga oʻrgatganda esa 95 % bilim oʻzlashtirildi.
Shunday ekan, oʻqituvchi maktabgacha ta‘lim muassasalaridan maktabga qadam qoʻygan oʻquvchilarga ta‘lim berish jarayonida darsda va turli pedagogik usullardan foydalansa, oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida toʻsiq yoʻqoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi; kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi; chunki darsda majburiy bilim berish boʻlmay, ilmni ixtiyoriy qabul qilish albattta ijobiy natijaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |