1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuter tizimining tarkibiy qisimlarini aniqlash



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana22.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#572292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-amaliy ish. (5-16)

Razryadlilik
 
(mashina so‟zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni amalga 
oshiriladigan standart mashina 
 
formatidagi so‟zni ikkilik sanoq tizimidagi xonalar 
sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni tashkil etadi. 
So‟zning uzunligi kompyuterning ko‟plab parametrlariga: tezkor ishlashiga, 
hisoblash aniqligiga, xotiraga o‟qish yoki yozish tezligiga ta‟sir etadi. U ayniqsa 
ko‟paytirish, bo‟lish, darajaga ko‟tarish, ildizdan chiqarish kabi ko‟p vaqt talab 
qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab beradi.
O’tkazuvchanlik qobiliyati
 
tashqi qurilmalar yoki boshqa kompyuterlar bilan 
axborotlar almashtirishda ma‟lumotlarni kiritish va chiqarish kichik tizimlarining 
xarakteristikalariga kiradi. O‟tkazuvchanlik qobiliyati vaqt birligida uzatiladigan 
mukammal miqdordagi axborotlar birligi bit bilan o‟lchanadi.
Ishlash ishonchliligi quyidagi ko‟rsatgichlar orqali baholanadi:

berilgan vaqt mobaynida buzilishsiz ishlash ehtimolligi; 

birinchi buzilishgacha ishlash vaqti; 

ish xususiyatini qayta tiklanishining o‟rtacha vaqti. 
Texnik parametlari bilan bir qatorda zamonaviy kompyuterlar ularning sifatiga 
va narxiga ta‟sir etadigan funksional imkoniyatlar nuqtai nazaridan baholanadi: 

axborotlarni kiritish/chiqarish, almashtirish va saqlash tashqi qurilmalarining 
nomenklaturasi va xarakteristikalari (printerlar, skanerlar); 

barcha turlardagi xotirada saqlovchi qurilmalarning (OXQ, DXQ, diskli xotira) 
nomenklaturasi, sig‟imi va tezkor ishlashi; 

tashqi qurilmalar bilan uyg‟unlashtirish (moslashtirish) bog‟lamalarning turlari va 
o‟tkazish xususiyati; 

ma‟lumotlarga ishlov berish ish tartibi (bir dasturli, ko‟p dasturli, ko‟p 
foydalanuvchili); 

foydaniladigan operasion tizimning xarakteristikalari; 

foydalanuvchi amaliy dasturlarning to‟liqligi;

boshqa turdagi kompyuterlar bilan dasturiy moslanuvchanligi; 

tarmoq yoki hisoblash tizimi tarkibida ishlash imkoniyati. 


10 
Hozirgi vaqtda kompyuterni ishlatishning asosiy maqsadlari axborot xizmat 
ko‟rsatish va boshqarish, ya‟ni axborot-hisoblash masalalarini yechish hisoblanadi. 
Shuning uchun yuqori ish unumdorligini zamonaviy kompyuterlar ma‟lumotlarga 
ishlov berish masalalarini birgalikda yechish uchun tashkil etilgan bir yoki bir necha 
kompyuterlar, ularning dasturiy ta‟minoti va tashqi qurilmalari birligidan iborat 
bo‟lgan hisoblash tizim sanaladi (Multi Processor Systems – ko‟p prosessorli 
tizimlar). 
Hisoblash tizimlari foydalanuvchi yechadigan masalaning xarakteriga bog‟liq 
ravishda majmualashtirilishi (komplektlashtirilishi) mumkin. 
Bir jinsli hisoblash tizimlari bir turdagi kompyuterlar yoki prosessorlar asosida 
quriladi, standart dasturiy vositalar to‟plamini, namunaviy uyg‟unlashtirish 
protokollarini ishlatadi, sodda arxitekturaga ega. 
Bir jinsli bo‟lmagan hisoblash tizimlari turli texnik va funksional 
xarakteristikalari, turli ko‟rinishlardagi arxitektura o‟z tarkibiga har xil turlardagi 
kompyuterni yoki prosessorlarni oladi. 
Markazlashtirilgan boshqarishli hisoblash tizimlari hududiy yo‟naltirilgan 
bo‟lib, ularning komponentlari bir – birlaridan bevosita yaqinda joylashadi. 
Markazlashtirilmagan hisoblash tizimlari hududiy taqsimlangan bo‟lib, ularning 
komponentlari sezilarli masofalarda joylashadi va hisoblash tarmoqlarini tashkil 
etadi. 
Hisoblash quvvati nuqtai nazaridan zamonaviy kompyuterlarni 4 ta toifaga 
bo‟lish mumkin: 

OXQ hajmi o‟nlab va yuzlab Mbayt bo‟lgan, 32-64 bit razryadli 100-1000 
MGs takt chastotali shaxsiy kompyuterlar; 

10-100 MIPS ish unumdorligiga, bir necha prosesorlarga, 128-2048 Mbayt 
OXQ hajmga, 32-128 bit razradlilikka ega bo‟lgan boshqarish va nazorat qilish 
tizimlardagi mini-kompyuterlar; 

100 MIPS dan yuqori ish unumdorligiga, 10 Gbaytgacha OHQ hajmga, 64-128 
bit razryadga, ko‟p foydalanuvchili ishlov berish ish tartibiga ega bo‟lgan katta 
EHM lar (mainframe); 

100 GFLOPS ish unumdorligiga, ko‟plab prosessorlarga, 10 Gbaytgacha OXQ 
hajmga va 64-128 bit razryadga ega bo‟lgan super kompyuterlar. 
Kompyuterlarning umumlashtirilgan arxitekturasi prosessor, xotira, tashqi 
qurilmalar komponentlardan tarkib topgan klassik variantdagi strukturadan iborat. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish