1-AMALIY ISH
MAVZU: FMIning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyati. Asosiy omillarni aniqlash.
Fazoviy ma`lumotlar infratuzilmasi davlat, savdo-sotiq sektori, ijtimoiy sektor, ilmiy va ilmiy-tadqiqot muassasalarining barcha darajadagi foydalanuvchilari hamda ta`minotchilari , umuman olganda barcha fuqarolar uchun fazoviy ma`lumotlarni yangilash/ yaratish, baholash, amaliyotga datbiq qilishga imkon beradi.
Fazoviy ma`lumotlar infrostrukturaning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyati katta hisoblanadi, bu tizim yordamida atrof-muhitni muhofazasi uchun muhim bo`lgan ma`lumotlarlarni tezkor va maqsadli tarzda foydalanish, almashish va tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek tizimning asosiy afzalliklaridan biri bu atrof-muhitni muhofazasi bilan bog`liq tashkilorlarga har tomonlama katta qulayliklar yaratadigan ko`p maqsadlarda foydalansa bo`ladigan ma`lumotlar tizimidir.
Hozirgi kunda bu tizim bo`yicha G`arbiy Yevropa mamlakarlari, AQSH va Kanadani amaliyotida keng qo`llanilib kelmoqda. Bunga Atrof-muhitni muhofaza qilish ma`lumotlarini almashish tizimi (Shared Environmental Information System)ni misol sifatida keltirish mumkin. SEIS (Shared Environmental Information System) – 39ta mamlakatning birgalikdagi tashabbusi orqali, Yevropa mamlakatlaridagi ekologik muammolarga qarshi kurashish maqsadida 2008-yil fevral oyida vujudga kelgan. Yevropa Ittifoqi bo`ylab ma`lumotlarni toplash, almashish va ulardan foydalanish maqsadida hizmat qilmoqda. SEIS asosan quyidagi ta`moyil (prinsip) larga asoslangan:
Foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi.
Umumiy, bepul, ochiq standartlar orqali qo`llab-quvvatlanadi.
Iloji boricha ishonchli manbaadan foydalaniladi.
Dastlab ma`lumotlar yig`iladi va keyin ko`p maqsadlar uchun boshqalar bilan bo`lishiladi.
Keng jamoatchilik va ko`pchilik tillarda foydalanish mumkin.
Ushbu tizimda asosan ma`lumotlar bitta maqsadda foydalanish uchun yaratiladi, lekin ko`plab maqsadlarda foydalanish imkoniyati mavjud. Masalan, suv toshqinlari to`g`risidagi ma`lumotlar, nafaqat suv toshqinlari ta`sirini yumshatish uchun balki, sug`urta kompaniyalari va uy-joy sotib oluvchilar uchun mulkiy havflarni baholash uchun zaruriy ma`lumot hisoblanadi.
Umuman SEIS, GEOSS va shunga o`xshash boshqa SDI lar ilmiy tadqiqotlar o`tkazish uchun ham qulay fazoviy ma`lumotlar tizimi bo`lib ilm-fanning rivoji uchun ham hissa qoshmoqda.
Endi bu tizimning yurtimizdagi holatiga etibor beradigan bo`lsak, biz G`arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridan 20-30 yil orqada qolganmiz desam mubolag`a qilmagan bo`laman, sababi yuqorida sanab o`tilgan davlatlarda bu tizimdan keng miqyosda foydalanib katta muvafaqqiyatlarga erishilayotgan bir paytda bizda endigina bu bo`yicha qonun ishlab chiqildi (hatto hali kuchga kirmagan ham ekan!) https://lex.uz/docs/-5522838. Lekin FMI fani Universitetimizda bir necha yildan buyon o`qitilib kelayotganini inobatga olsak yurtimizda ham yaqin kelajakda bu tizim bo`yicha sezilarli natijalarga erishishga umid qilsak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |