1-amaliy ish Mavzu: Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning hayotiy siklini amaliy tadbiqi Ishdan maqsad



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.04.2022
Hajmi0,57 Mb.
#555688
  1   2   3



1-amaliy ish 
Mavzu: Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning hayotiy siklini amaliy 
tadbiqi 
Ishdan maqsad: 
Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning hayotiy sikli 
haqida nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lish
Nazariy qism 
Dasturiy vositani ishlab chiqarishning hayotiy sikli (Software Development 
Life Cycle, SDLC) - dasturiy vositalar injiniringidagi dasturiy mahsulotlarni 
yaratishdagi tizimlashgan bosqichlar ketma-ketligi hisoblanadi. SDLC dasturiy 
mahsulotlarni samarali loyihalash va ishlab chiqarish uchun quyidagi qadamlar 
ketma-ketligiga ega (1.1-rasm): 
1.1-rasm. Dasturiy vositani ishlab chiqarishning hayotiy sikli 
Aloqa o‘rnatish (Communication).
Bu foydalanuvchi kerakli dasturiy 
mahsulot uchun so‘rovni yuboradigan birinchi qadam bo‘lib, foydalanuvchi xizmat 
ko‘rsatuvchi tashkilot (dasturlash markazi) bilan bog‘lanadi va shartlarni muhokama 



qilishga harakat qiladi. U o‘z so‘rovini yozma shaklda xizmat ko‘rsatuvchi 
tashkilotga yuboradi. 
Talablarni to‘plash (Requirement gathering).
Mazkur qadamda, dasturiy 
ta’minotni yaratish guruhi loyihani amalga oshirish uchun ishlaydi. Jamoa 
muammoli sohadagi turli xil manfaatdor tomonlar bilan munozaralarni olib boradi 
va ularning talablari to‘g‘risida imkon qadar ko‘proq ma’lumot yig‘ishga harakat 
qiladi. Talablar foydalanuvchi talablari, tizim talablari va funksional talablarga 
qarab ajratiladi. Talablar quyidagi amaliyotlar yordamida yig‘iladi: 

mavjud yoki yeskirgan tizim va dasturlarni o‘rganish, 

foydalanuvchilar va ishlab chiquvchilar bilan intervyu o‘tkazish, 

ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish yoki 

savolnomalardan javob to‘plash. 
Texnik-iqtisodiy asoslash (Feasibility Study).
Talablar to‘plangandan so‘ng, 
guruh dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishning dastlabki loyihasi rejasini ishlab 
chiqadi. Ushbu bosqichda jamoa foydalanuvchining barcha talablarini qondirish 
uchun dasturiy ta’minotni yaratish mumkinligini va afzalliklarini aytadi. Shundan 
so‘ng loyihani moliyaviy, amaliy va texnologik jihatdan tashkilot tomonidan amalga 
oshirilishi mumkinligi aniqlanadi. Bunda dasturchilarga dasturiy ta’minotni 
loyihasining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga yordam beradigan 
ko‘plab algoritmlardan foydalanadilar. 
Tizimli tahlil (System Analysis).
Ushbu bosqichda ishlab chiquvchilar o‘z 
rejalarining yo‘l xaritasini belgilashadi va loyihaga mos keladigan yeng yaxshi 
dasturiy ta’minot modelini ishlab chiqishga harakat qilishadi. Tizimli tahlil dasturiy 
mahsulotlar cheklovlarini tushunishni, tizim bilan bog‘liq muammolarni yoki 
mavjud tizimlarda oldindan qilinadigan o‘zgarishlarni tushunishni, loyihaning 
tashkilot va xodimlarga ta’sirini aniqlash va hal qilishni o‘z ichiga oladi. Loyiha 
jamoasi loyiha doirasini tahlil qiladi va zarur bo‘lgan jadval va rejalarni tuzishadi. 
Dasturiy vositani loyihalash (Software Design).
Keyingi qadam - talablar va 
tahlillar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni tayyorlash va dasturiy mahsulotni loyihalash 
hisoblanadi. Foydalanuvchilar bergan takliflar va talablarni yig‘ish bosqichida 



to‘plangan ma’lumotlar bu bosqichda foydalaniladi. Ushbu bosqichning natijasi 
ikkita loyiha shaklida keladi; mantiqiy loyiha va fizik loyiha. Bunda muhandislar 
meta-ma’lumotlar va ma’lumotlar lug‘atlarini, mantiqiy diagrammalarni
ma’lumotlar oqimi diagrammalarini va ba’zi hollarda psevdo kodlarni ishlab 
chiqadilar. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish