Jadval 13.1.
Kreativlik toʻgʻrisidagi qarashlar1
Nodavlat boʻlishdan tortib, ijodkorlikka qadar har bir oʻtish, buning natijasida har qanday sanʻat va hunarmandchilikni yaratishga kreativlik deb nom berilishi mumkin va barcha ijodkorlar ularning yaratuvchisidir
|
Platon
|
Inson tasavvurlari qabrgacha davom etmoqda ... Tasavvur qilmasdan yolgʻizlikni yoʻq qila olmaymiz ...
Kimki oʻzini tasavvurini ushlab turolmasa- u borliq; kimki tasavvurini yaxshilik gʻoyalari bilan uygʻunlashtira olsa- u tashabbuskor; tartibsiz tasavvurga ega boʻlgan odam - hayolparastdir.
|
I.Kant
|
Tasavvur qiling! Bunday sifatsiz shoir, faylasuf, aqlli odam ham, oʻylamasdan oddiy inson ham boʻlishi mumkin emas ...
|
D.Didro
|
... mashqlar, doʻstlar, yaxshi (tabiiy) isteʻdoddan koʻproq narsani beradi.
|
Epixarm
|
Bilim insoniy tasavvur bilan organiq ravishda bogʻlangan. Bilim oʻsib borayotgan ekan, tasavvur kuchi kuchayadi.
|
K.G.Paustovskiy
|
Xursandchilik, quvonchli gʻazab - quyosh, hamma narsani yorituvchi va boʻlayotgan barcha narsa ijodkorlikning ilohiy quvonchidir! Ijoddagi hayotning barcha quvonchlari. Sevgi, daho va mehnat - bir alangadan kelgan kuchli kuchdir.
Yaratish uchun oʻlimni oʻldirish kerak.
|
R.Rollan
|
Xalq tasavvurida ertaknamo gilam - samolyot paydo bulganida, odamlarning havoda muallaq turib samolyotda uchishi mumkinligi hyech kimning hayoliga ham kelmagandi?... Fantazia(tasavvur) huddi hayol kabi zarur
|
K.S.Stanislavskiy
|
[ijod] har doim ham birinchi qoʻngʻiroqda boʻlmagan mehmondir. Ayni paytda, har doim ham ishlashi kerak, va haqiqiy halol sanʻatkor uning oʻrnida boʻlmagan bahonasi bilan ishlamaydi. Agar siz joyni kutib tursangiz va unga toʻgʻri kelmaslikka harakat qilsangiz, unda dangasalik va befarqlikka tushish oson. Chidamasligimiz kerak va ilhom manfiyligidan mahrum boʻlganlarga muqarrar ravishda kelishi kerakligiga ishonishimiz kerak.
|
P.I.Chaykovskiy
|
tasavvurga ega boʻlmagan odam haqiqatlarni toʻplashi mumkin, ammo katta kashfiyot qilmaydi.
|
K.Pirson
|
Hayotimizda, ilm-fanimiz va sanʻatimizda har qanday yuksak va chiroyli narsa aqlimiz tomonidan tasavvurning yordami bilan yaratilgan va aqlning yordami bilan juda hayoliydir. Kopernik ham, Nyuton ham fantaziya yordamisiz foydalanadigan ilmdagi bu muhimlikka erisha olmasligini ishonch bilan aytish mumkin.
|
N.I.Pirogov
|
Ijod rassom oʻzigagina tegishli narsa emas: usiz olim ham uzoqqa bora olmaydi, hatto hunarmand ham hyech narsa qilolmaydi, chunki u hamma joyda, har qanday sharoitda va har qanday mehnatda koʻrinadi.
|
V.G.Belinskiy
|
Falsafiy ensiklopediya lugʻatida kreativlik (lot. creo- ijod etmoq, yaratmoq) berilgan jarayon va muammolarni noodatiy koʻrinishda yechimini topishga yoʻnaltirilgan ijodiy oʻzgarishlarga boʻlgan qobiliyat sifatida tavsiflanadi. [23].
Psixologiyada kreativlik insonning ijodiy imkoniyatlarini namoyon boʻlishi (fikrlash, his - tuygʻular, muloqot, shaxsiy faoliyat) sifatida qaraladi va umumiy holda uning alohida jihatlarini, faoliyat mahsulotlarini, ularni yaratish jarayonini tavsiflaydi. [24]
Maʻlumki, dastlab psixologiyaga “kreativlik» (creativity) atamasini 1922 yil Rey M.Simpson «American Journal of Psychology» jurnalida amerikalik maktab va kollej talabalarini kreativ fikrlashini aniqlashga bagʻishlangan tadqiqot ishida bergan [25].
M.M.Akeshova, N.M.Akeshova, A.S.Seitbekkыzы [26], L.Yu.Koroleva [27], M.A.Xolodnaya va boshqa olimlar tomonidan kreativlikni psixologik-pedagogik asoslari aniqlangan. Ularning ishlarida kreativlik ijodiy intellektual qobiliyat sifatida keltirilgan, yaʻni olib borilayotgan tajribalarga yangilik kirita olish qobiliyati, yangi muammoni qoʻyishda va yechimini topishda original (asl) gʻoyalar yaratish qobiliyati, boʻshliq va kelishmovchiliklarni anglab olish qobiliyati, shuningdek yetishmayotgan jarayon elementlariga qaratilgan farazlarni shakllantirish, fikrlarning stereotip usullardan voz kechish qobiliyati kabilar kiradi [28].
B.Jefrey i A.Kraft [29], J. Rinkevich [30], V. Glaveanu, Z.Sierra va L.Tanggaard (V.Glăveanu, Z.Sierra, L.Tanggaard) [31] kreativlik nafaqat intellektual potensialni, balki motivatsiya, emotsiya, estetik rivojlanish darajasi, ekziztensial, kommunikativ parametrlar va kompetentlik bilan ham bogʻliq boʻlgan tizimli psixik taʻlimligini aniqlagan.
A.X.Maslou kreativlikni 2 turga boʻladi: isteʻdodning kreativligi va shaxsning oʻz - oʻzini aktuallashtirish kreativligi. Shaxsning oʻz - oʻzini aktuallashtirish kreativligi shaxs bilan uzviy bogʻlanganligi sababli biz unga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatning koʻp sohalarida duch kelishimiz mumkin. A.X.Maslou kreativlikda oʻz - oʻzini aktuallashtirishning ikki darajasini keltirib oʻtgan: birinchisi - « ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxs birdan aqliga kelish, ruhlanish, qiyin kechinmalarga ega boʻladi», «ik -kinchisi - ixtiyoriy, ogʻir mehnat bilan bogʻliq, uzluksiz taʻlim, kamolotga intiluvchanlik» .
A.X.Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida koʻradi, yaʻni barcha insonlardagi tugʻma qobiliyat, lekin hayoti davomida maʻlum ijtimoiy toʻsiqlar natijasida yoʻqolib ketadi deb hisoblaydi [32].
M.A.Xolodnaya [33], Sun ye Xvang (Soon Ye Hwang) [34] kreativlikni kriteriyalariga originallik, onglilik, oʻzgaruvchanlik, birlashuvchanlik ham kiradi deb taʻkidlaydilar. Bundan kelib chiqib kreativlikni rivojlantirish va baholash mumkin va fikrlash originalligi kriteriyasi kreativlikni intellektdan ajratib turadi.
Kreativlikni zamonaviy tahlili jihatidan ye.Ilin kreativlik koʻp jihatlilikka ega deb hisoblaydi, uni rivojlantirish uchun «insonning motivatsion, shaxsiy va kognitiv resurslari boʻlishi kerak» deb fikr yuritadi [35].
Pedagog kadrlar kreativligini rivojlantirish zaruriyati Y.Antonova [36], Ya.A.Svetkova 37], M.Selkrig I K.Kiami (M.Selkrig, K.Keamy) [38] tomonidan yoritilgan. A.V.Kostryukov va D.V.Miroshnikova [39] esa «pedago- gik faoliyatda kreativlik-ni paydo boʻlish koʻlami yetarlicha keng va buni pedagog talabalarga boʻlgan munosabatida, pedagogik xulq-atvorda, fanni oʻqitish metodikasida, talabalarga beriladigan materialni tanlashda, auditoriyadan tashqari oʻqish va tarbiyaviy ishlarda koʻrishimiz mumkin. Oʻqituvchining kreativlik darajasi professional savodxonlilik va toʻplangan pedagogik tajriba asosida vujudga keladi va dars mashgʻulotlarini olib borishda, talabalarni oʻzlashtirishi, amaliy koʻnikmasi, shuningdek bilimga chanqoqligi va talabalar kreativligini rivojlanishi hisobga olinadi» .
M.A.Aksenovoy, M.A.Gurinoy, N.A.Dronovoy, V.V.Shvaydak va A.S.Shurupovoy [40], I.L.Mamыkina [41], A. Saeebu, L.Makkoman, L.Ofannel (A.Saebø, L.McCammon, L.OʻFarrell) [42], V.Ellis (V.Ellis) [43], Vivian Cheng (Vivian MY Cheng Dr.) [44], A.Kirgendall va A.Krishen (Kirkendall A., Krishen A.) [45], Sh.Dali, U.Mosijovski, S.Oprea, A.Xyuang-Saad va S.Seyfert (Daly Sh.R., Mosyjowski E.A., Oprea S.L., Huang-Saad A., Seifert C.M.) [46] ishlarida oliy oʻquv yurtlari kasbiy tayyorgarligida boʻlajak pedagogik kadrlar ijodkorligini rivojlantirishga oʻquv materiallarini tanlash va ularni taqdim etish uchun vositalar va shakllarni tanlash, dizayn ishlarini yoki pedagogik amaliyotni tashkillashtirish orqali maxsus moʻljallangan vazifalar tizimi orqali interaktiv texnologiyalar asosida amalga oshirish kabi turli yondashuvlar berilgan.
Bu tushunchalardan ham koʻra, «kreativlikni yoʻqotish» ga qaramasdan, intekllekt kabi, kreativlik ham oʻzlashtirilgan bilimlar va stretegiyalar natijasida ham rivojlanishi mumkinligini inkor qilib boʻlmaydi.
Terminologik lugʻatlarda kreativlik hayratga tushish va anglab olish, nostandart vaziyatlarda yechim topish qobiliyati, yangi narsalarni kashf qilishning maqsadga muvofiqligi va oʻz tajribasini chuqur anglash qobiliyati sifatida taqdim etiladi [47].
G.M.Kodjaspirovaning pedagogik lugʻatida kreativlik ijodiy qobiliyat va shaxsning barqaror xarakteristikasini tashkil etuvchi omil sifatida talqin qilinadi [48].
T.A.Barisheva va Yu.A.Jigalovalar pedagogokada kreativlikni tizimli (koʻp bosqichli, koʻp oʻlchamli) psixik (ruhiy) taʻlim sifatida talqin etib, unga faqatgina intellektual potensialni emas, balki motivatsiya, emotsiya, estetetik rivojlanish darajasi mavjudligi, kommunikativ parametrlari, kompetentligi va h.k.larni ham kiritadi [49].
V.S.Bezrukova hayot, muloqot, professional va ijtimoiy sohadagi inson ijodining darajasini ifodalab, kreativlikni shaxs sifatida belgilaydi. ( yekaterinburg. V.S. Bezrukova. 2000.).
Kasb-hunar taʻlimida S.M.Vishnyakova kreativlikni insonning yetuklik darajasida, yaʻni, ijodkorlikka boʻlgan qobiliyatida, muqobil feʻl-atvorga ega boʻlgan shaxsda, biron yangilik yarata olish qobiliyatida: muammoni hal qilish uchun yangi yechimlar topishi, yangi uslub yoki vositalar bilan ishlay olishi, yangi sanʻat asari yaratishida koʻradi [50].
Pedagogik toifadagi kreativlikni tahlil qilish bizga ikkita asosiy yoʻnalishni ajratib koʻrsatish uchun xizmat qiladi:
1) kreativlik - shaxsning yangi, original gʻoyalarni yaratish qobiliyati;
2) kreativlik - bu yangi, asl nusxada paydo boʻlgan faoliyat.
Bizning tadqiqotimiz uchun ikkinchi yondashuv juda muhim, chunki informatika, matematika va fizika fanlari oʻqituvchilari kasbiy faoliyatida yangi pedagogik va kasbiy gʻoyalarni yaratish bilan kreativlik qobiliyatiga ega hisoblanadi.
Shuningdek kreativlikni mezonlari L.L.Tyorstouna, Dj.P.Gilforda, E.P.Torrans tomonidan belgilangan [51]:
ravonlik: maʻlum bir vaqt oraligʻida koʻplab fikrlarni ishlab chiqarish qobiliyati;
oʻziga xosligi: aniq, taniqli, umum eʻtirof etilgan, oddiy yoki qatʻiy belgilanganidan farq qiluvchi gʻayrioddiy, nostandart gʻoyalarni ishlab chiqarish qobiliyati;
sezuvchanlik: gʻayrioddiy detallarga sezgirlik, qarama-qarshilik va turli xil noaniqliklar, tezda bir fikrdan ikkinchisiga oʻtishga tayyorlik;
moʻtadillik: gʻayritabiiy kontekstda ishlashga tayyor boʻlish, ramziy, birlashtiruvchi fikrlashga moyillik, oddiy va murakkab sharoitda koʻrish qobiliyati;
rivojlanish: paydo boʻlgan gʻoyalarni batafsil ishlab chiqish, ularni sath va quyi tizimlarga aylantirish qobiliyati;
toʻxtashga qarshilik: bir xillikka qarshilik koʻrsatish, yaʻni muammoni yechish jarayonida kelib tushayotgan turli informatsiyalar andozalariga qarshilik koʻrsatish.
noaniqlik: stimuldan mustaqil mantiqiy reaksiyagacha boʻlgan qobiliyat;
« nomlash» ning mavhumligi: shaxsning muammo mohiyatini tushunish qobiliyati, aslida ahamiyatga ega boʻlgan nomni tushunish va aksini aks ettirish qobiliyati (« nomlash» jarayoni mufassal shaklni muammoning mohiyatini koʻrish qobiliyatini ogʻzaki shaklga aylantirish qobiliyatini aks ettiradi);
koʻp vazifalilik: Bir vaqtning oʻzida bir nechta loyihalarda ishlash qobiliyati;
samaradorligi: mahsulotning yaroqliligi, ularning foydasi, mahsulotning maqsadli auditoriyasi tomonidan yangi, noyob, original boʻlishi haqidagi idrok;
mamnuniyat: kreativlikning natijasi.
Adabiyotlarni tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati muammoga mustaqil qarash, qarama-qarshiliklar, tanqidiy fikrlash; har qanday muammolarni tahlil qilish qobiliyati, analitik fikrlash; ular uchun yechim topish qobiliyati; bilim olish, malaka va taʻlim berish usullarini yangi holatga oʻtkazish imkoniyati; ilgari oʻrganilgan usullarni yangilarga birlashtira olish kabi koʻnikmalarda namoyon boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, ular har doim tugʻma boʻlmagan, maxsus texnologiyalar yordamida aniq maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin.
«Taʻlim» konsepsiyasining turli taʻriflarini tahlil qilish davomida ushbu atama pedagoglar tomonidan keng qoʻllanilayotgani va turli lugʻatlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar, monografiyalar va dissertatsiya ishlarida koʻplab taʻriflar bilan ifodalanganligi aniqlandi. Bizning tadqiqotimizda boshqa taʻriflarning umumiy hususiyatlarini tavsiflovchi ikkita taʻrif mavjud.
Uslubiy atamalar lugʻatida «taʻlim» inson bilim faoliyatining bilimlari, koʻnikmalari, qobiliyatlari va usullarini uzatish va oʻzlashtirish jarayonidir; taʻlim beruvchi (oʻqitish) va taʻlim oluvchi (oʻqitish) birgalikdagi faoliyatida ishtirok etadigan ikki tomonlama jarayon [52]. Ushbu taʻrif nafaqat bilimlarni emas, balki inson bilimlari faoliyatining koʻnikmalarini, qobiliyatlarini va usullarini oʻzlashtirishning ikki tomonlama jarayoniga eʻtiborni qaratadi.
Umumiy va maxsus pedagogik lugʻat taʻlimni oʻrganish uchun quyidagi taʻriflarni beradi: oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida bilim, koʻnikma, dunyoqarashni shakllantirish, tinglovchilarning intellektual salohiyatini va potensial imkoniyatlarini rivojlantirishga, oʻz-oʻzini bilimga oʻrgatish qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan maqsadlar qoʻyish. (ttp://didacts.ru/termin/obuchenie.html). Ushbu taʻrif taʻlimning boshqarilishi mumkinligi va talabalarning imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Maʻlumki, har bir inson tabiat orqali ijodkorligini rivojlantirishi mumkin.
«Kreativlik» va « taʻlim olish» tushunchalarini umumlashtirib, biz
«kreativ taʻlim» tushunchasini quyidagicha taʻriflaymiz: bu shunday taʻlim turiki, shaxs kreativligini rivojlantirishga xizmat qilib, pedagog-tinglovchi, tinglovchi-tinglovchi yoki tinglovchi va maʻlum bir vositalar oʻrtasidagi munosabatlarga yoʻnaltirilgan taʻlim turidir.
Pedagogik adabiyotlarda kreativ taʻlimning boshqacha talqinini ham koʻrishimiz mumkin.
A.I.Ostroumov va O.F.Ostroumovalar [53] kreativ taʻlimi ostida shunday ijodiy faoliyatni tashkillashtirishni tushunadilarki, natijada taʻlim faoliyati subʻektlari tomonidan yangi kreativ mahsulotlarni taʻlim faoliyati uchun yaratish mumkin boʻladi, bu yechimning originalligi bilan ajralib turadi, yaʻni oʻz - oʻzini tarbiyalashda va ijodiy sifatini namoyon qilish qobiliyatini ifodalaydi. Shu bilan birga kreativ taʻlimni asosiy maqsadi yaratuvchi, faol shaxsni shakllantirish va ijodiy potensialni ochishdir. Buning uchun talabalarda ijodiy individualligini takomillashtirish, mustaqil fikrlashga yoʻnaltirish, munozaralar olib borish va ishtirok etish, noodatiy yechimlarni keltirish, amaliyotda kreativ sifatlarni qoʻllashga tayyorlik kabi qobiliyatlarni shakllantirish lozim.
Kasbiy kompetentlikni shakllantirishda talabaning ijodiy potensialini shakllantirish taʻlim jarayonini toʻgʻri tashkil qilinganiga bogʻliqdir.
Tinglovchining kasbiy salohiyatini shakllantirishdagi ijodiy salohiyatidan samarali foydalanish taʻlim jarayonini toʻgʻri tashkil etish hisobiga amalga oshirilishi kerak.
Oliy taʻlim pedagoglari oʻzini fanini yaxshi bilishi va talabalarga yetarli darajada yetkazib bera olsa boʻldi, fikr yuritishni esa vaqtlar oʻtib oʻzi oʻrganib oladi degan fikr yaqin vaqtlargacha ham bor edi, lekin haqiqiy amaliyot shundan dalolat beradiki, bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Bugungi kunda talaba oʻz ijodini anglash va assimilyasiya qilishdan koʻra, oʻz davrining koʻp qismini, shu jumladan oʻz mustaqil ishlarini internetdan qidirish va yuklab olish uchun oʻtkazadi.
Ushbu taʻriflardan kelib chiqqan holda, kreativ taʻlimning mohiyati shundaki, oʻquv jarayoni nafaqat barcha talabalarning ijodiy qobiliyatlarni oshkor qilish orqali bilish jarayonida ishtirok etishi bilan emas, balki ular oʻzlari bilgan, oʻylagan, bajara oladigan narsalarni tushunish va aks ettirish imkoniyatiga egadirlar.
Bilish jarayonida kreativ hamkorlik faoliyati yangiliklarni oʻzlashtirish, yaʻni har bir talaba bu jaryonga oʻzining oʻzgacha invidual hissasini qoʻshadi, faoliyatning usuli, gʻoyasi, ilmi bilan almashinuv inatijasida yangi gʻoyalar, yangi bilimlar va yangi munosabatlar paydo boʻladi.
Kreativ taʻlimning mohiyati haqida batafsilroq maʻlumot olish uchun keling anʻanaviy va kreativ taʻlimning qiyosiy tahlilini keltiramiz (1.2. - jadval).
Anʻanaviy va kreativ taʻlimni taqqoslash bilan asosiy farqni ajratishi mumkin: anʻanaviy oʻrganish tinglovchining aql-idrokiga taʻsir qiladi va kreativ taʻlim esa tinglovchining shaxsiga taʻsir qiladi - uning fikrlari, his-tuygʻulari, bilimlari, innovatsion jamiyatda faol hayot uchun qiziqish va xohish uygʻotadi. (1.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |