Payvandlash turlari. Payvanlash deb, o`zaro biriktiriluvchi materiallarni qisman eritib, ajralmas birikma hosil qilishga aytiladi. Elektr payvandlash esa payvandlashning nurli elektr yoyi bilan olib boriladigan jarayonidir. Elektr payvandlash asosan qo’lda yoki avtomatlashtirilgan qurilmada bajariladi. Qo’lda elektr payvandlash, havo elektr yoyi yoki argon gazi elektr yoyi bilan olib boriladi. Elektr yoyi bilan po’lat, cho’yan detallar hamda alyuminiy qotishmasidan yasalgan metallar payvandlanadi. Argon elektr yoyi bilan rangli metallar payvandlanadi.
Payvandlash jarayonlarining asosiy turlari quyidagilar:
-flyus qatlami ostida po’lat va rangli metalldan yasalgan detallar payvandlanadi yoki metall eritma bilan sirti qoplanadi;
-karbon oksidi gazi ichida karbonli va kichik kiritmali po`lat detallar va yupqa tunukalar payvandlanadi yoki eritma bilan sirti qoplanadi;
-suv bug`i ostida po`lat va cho`yan detallar payvandlanadi va eritma bilan qoplanadi;
-titratilgan yoy usulida karbonli va kam kiritmali po`lat va cho`yanlar eritib qoplanadi;
-kontakt payvandlash usulida yupqa po’lat va rangli metall tunukalar nuqtali, chokli va uchma-uch payvandlanadi;
-mexanik payvandlash po`lat yoki rangli metall qoplamalar katta bosim ostida qisib aylantirilganda yassi asos sirtlari o`zaro ishqalanishdan ajralib chiqqan issiqlik bilan biriktirish.
Elektr payvandlash jarayonlari 50 Gs chastotali o`zgaruvchan va o`zgarmas toklarda olib boriladi. O`zgaruvchan tokda payvandlash iqtisodi yuqariroqdir. Metallning 1 kg bo`lagini eritish uchun o’zgaruvchan tokda 3 4 kVt soat energiya sarflansa, o’zgarmas tokda bu sarf 6 8 kVt soatga boradi. O`zgarmas tokda ko`proq ingichka tunuka shaklidagi detallar payvandlanadi.
Payvandlash generatori elektr yoyini energiya bilan ta'minlovchi qurilmadir. Payvandlash generatori metall buyumlar va har xil konstruksiyalarni eritib, o`zaro ulash uchun xizmat qiladi. Payvandlash jarayonida elektrod bilan payvandlanuvchi materiallar orasida tez-tez qisqa elektr tutashuv bo`lib turadi. Qisqa tutashuv sababli elektr ta'minot uskunasi ishdan chiqmasligi uchun payvandlash generatorining volt-amper tavsifi tok kuchi I ning kattalashishi bilan kuchlanish U tushib ketuvchi sifatga ega bo`lishi kerak (5.a-rasm). O`zgarmas tokda payvandlash jarayoni uchun ko’pincha to`g`rilagichga ega maxsus qurilmadan yoki o`zgarmas tok generatoridan foydalaniladi.
O`zgaruvchan tokda payvandlash uchun maxsus payvandlash transformatorlari ishlatiladi. Hozir payvandlash transformatorlarining ikki turi: rostlagichi bo’lak transformatorlar va rostlagichi ichida moslashgan transformatorlar ishlatiladi. Payvandlash transformatorining prinsipial sxemasi 5b-rasmda keltirilgan. Unda: 1 – transformator; 2 – drossel ; 3 – yakor ; 4 – payvandlovchi elektrod; 5 – payvandlanadigan buyum; 6 – drossel bilan yakor orasidagi tirqish; 7 – asosiy elektr o`chirgich ko’rsatilgan. Payvand sifatli bo`lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan o’zgarishsiz bo`lishi lozim.
5-rasm
Payvandlash toki 2-drossel bilan 3-yakor orasidagi 6-tirqich o`zgarish orqali rostlanadi. Tirqich ortganda drossel chulg`amining induktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko’payadi va aksincha, qisqa tutashuv bo`lganda drossel elektr yoyi hamda transformatorning tok kuchini cheklaydi. Transformator salt ishlaganda kuchlanish U0=60-70 V, nominal yuklama bilan ishlaganda esa, 30 V ni tashkil etadi.
Назорат саволлари ва топшири=лар
1. Ультратовуш билан майда деталлар сиртини тозалаш.
2. Ультратовуш билан тешик очиш ва уни кенгайтириш.
3. Ультратовуш билан \ылачани йыниш.
4. Ультратовуш билан материални былаклаш.
5. Ультратовуш генераторларининг тузилиши.
6. Ультратовуш билан материал сиртини мустащкамлаш.
Do'stlaringiz bilan baham: |