Tabiatda minerallarning uchrash shakllari. Tabiatda minerallar kristall yoki amorf massa shakllarida uchraydi. Kristallar yakka yoki ularning qo‘shaloqlari holida ham, mineral agregatlar deb ataluvchi to‘plamlar holida ham uchrashi mumkin. Ular dendritlar, druzalar, konkretsiyalar va uyushiqlar, sekretsiyalar, jeodalar, bodomchalar, oolitlar hosil qiladi hamda oqmalar holida uchrashi mumkin. Dendritlar daraxtlarning shoxlari va barglarini eslatuvchi g‘aroyib shakllardan iborat. Ular mayda darzliklar devorida moddalarning tez kristallanishi tufayli alohida kristallarning bir-birga nibatan ustama o‘sishi orqali vujudga keladi (sof mis, kumush, marganets).
Do'stlaringiz bilan baham: |