Jeoda deb mineral modda (ametist, kalsit, tog‘ billuri) bilan qisman to‘ldirilgan yirik sekretsiyalarga aytiladi. Ular minerallashgan eritmalarning tog‘ jinslari bo‘shliqlariga kirib borishi tufayli bo‘shliq devorida druzasimon kristallanish natijasida vujudga keladi va markaziy qismida bo‘shliq mavjudligi bilan xarakterlanadi. Kristall moddalar haqida qisqacha ma’lumotlar. Barcha kristall moddalar, amorf moddalardan farqli o‘laroq, kristall panjaralar — material nuqtalar (atomlar, molekulalar, ionlar va ularning guruhlari) fazoda aniq geometrik qonuniy o‘rinni egallagan bir jinsli cheksiz vektorial qurilmalar mavjudligi orqali ifodalangan qonuniy ichki tuzilishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |