44.Baytlarni поэтик tahlil qiling (manba, janr, murakkab so'zlar lug'ati, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari):
Subhanollohi xoliqi z-ul-majdu alo
Kim, andin erur to'la xalo birla malo.
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Мумтоз поэтикада tanosub san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan)
Tanosub - sheʻr baytlarida bir-biriga bogʻliq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi soʻzlarni qoʻllash sanʻati. Biror narsani oʻylaganimizda koʻz oldimizga uning belgilari, xususiyatlari keladi. Masalan, quyosh haqida gap ketganda, avvalo, uning nur sochishini xayolga keltiramiz, yuz deganda uning bilan bevosita bogʻliq koʻz, qosh, lab, ogʻiz kabilar xayolda jonlanadi. Bir manzarani shular yordamidagina toʻlaroq tasavvur qilamiz. Sheʻriyatda ham shunday. Shoir biror hodisani tasvirlar ekan, maʻno jihatidan unga yaqin soʻzlarni ishlatadi va bu uning yorqinroq, ishonchliroq tasvirlanishiga yordam beradi. Misol uchun quyidagi baytni keltirish mumkin:
Chaqilgʻoch barqi ishqi jovidoniy,
Yetishgach bir sharar kul aylar oni.
Barq (chaqmoq), sharar (uchqun), kul bir-biriga bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qiluvchi tushunchalar. Undan oldindi baytda harorat, xas, oʻt soʻzlari kelgan edi. Yaʻni majoziy ishq oshiqni gʻamga soladi, ishq harorati uning tanini qovjiratib xashakka aylantiradi. Shunda ilohiy ishq chaqmogʻi chaqiladi-yu, undan tushgan uchqun oshiq tanini yondirib, kul qiladi. Bu yerdagi maʻnodosh soʻzlar oʻzining ichki tartibiga ham ega
45-Вергилийниг адабий эстетик қарашлари
Iskandariya ellinizm shoirlarining yuksak ilm-ma'rifati shon-shuhratidan ilohomlangan Vergiliy (o'sha zamondagi boshqa shoirlar ham o'zlarining ilmiy, ijtimoiy, adabiy-estetik qarashlarini ham maqolalarda emas, balki janr qonuniyatlariga ham unchalik rioya qilinmaydigan, hajmi ham, mavzulari ham cheklanmagan manzumalarida ifoda qilgan. Shoir qirg'inbarot urushlarga qarshi diniy tuyg'ularni muqaddas bilib, yosh imperator Avgustga maqtov aralash foydali maslahatlar ham beradi. Vergiliy juda nozik va ma'nodor qilib, xalqning aybi bo'lsa, halok qilish, qirib tashlash xudolarning ishidir, odamlar xudolarning ishiga aralashgani (ya'ni ko'pchilik lashkarboshilar va davlat arboblari o'zlarini xudo deb bilgani) uchun yer yuzida yovuzliklar, nohaqliklar ko'paymoqda. Butun dunyo urushlar alangasida. Halol va foydali mehnat quroli - omochga munosib hurmat yo'q, g'alla o'riladigan egri chalg'i, o'roqlar to'g'rilanib, qilich (nayza)ga aylantirildi. Yevropa daryolari notinch (parfiyaliklar, Mitridat bilan urushga ishora), Germaniyada janglar qilmoqda. Qo'shni shahar – davlatlar ham (ittifoq haqidagi) shartnomalarni buzib, o'zaro urishmoqdalar. Har tarafda nopok Mars quturgan. Vergiliy urush ma'budini nopok va quturgan, deb la'natlashi Rim poetik tafakkurida jur'atli yangilik edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |