1. Aktiniya va dengiz likopchasi uchun umumiy bo’lgan belgini aniqlang.
A) otuvchi va oraliq hujayralari
ektoderma qavatida
joylashgan, endodermada ozuqani qamrab olib hazm
qiluvchi hujayralar joylashgan
B) paypaslagichlari og’iz atrofida bir necha qator bo’lib
joylashgan, reaktiv harakat qiladi
C) tana bo’shlig’i ichak vazifasini bajaradi, chuchuk
suvlarda hayot kechiradi
D) o’troq hayot kechiradi, jinsiy ko’payishda tuxumdan
lichinka hosil bo’ladi
2. Tufelka haqidagi to’g’iri ma’lumot berilgan javobni aniqlang.
A) tayoqchasimon tanachalari qobig’ining ustida kipriklarini ostida joylashgan
B) chiqarish teshikchasi tananing orqa tomonida jolashgan
C) galma-galdan
ishlaydigan yadroga ega
D) suyuqlik to’plovchi pufakchaga ega
3. Exinokokkning hayot sikli aks ettirilgan sxemadagi 1 va
2-raqamlarga qanday bosqichlar mos keladi?
A) 1 - tuxum; 2 - qoramol qonidagi lichinka
B) 1 - qoramol ichagidagi tuxum;
2 - qoramol qonidagi voyaga yetgan exinokokk
C) 1 - asosiy xo’jayin
ichagidagi lichinka;
2 - qoramol qonidagi voyaga yetgan parazit
D) 1 - tuxum; 2 - it organizmida sista hosil qilayotgan lichinka
4. Quyidagi ma’lumotlar qaysi organizmlarga tegishli ekanligini aniqlang.
1) atmosfera kislorodi bilan nafas oladi; 2) suvda erigan
kislorod bilan nafas oladi; 3) jabra yordamida nafas oladi
A) 1-baqachanoq; 2-dafniya; 3-krevetka
B) 1-apollon; 2-perlovitsa; 3-langust
C) 1-zorka; 2-yomg'ir chuvalchangi; 3-biy
D) 1-tovusko'z; 2-langust; 3-qoraqurt
5. Baliqlarga xos bo’lgan xususiyatlar noto’g’ri (a) va to’g’ri (b) ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) baliqlarning ko’zi qovoqlar bilan o’ralgan bo’lib, yaqin
masofadan yaxshi ko’radi;
2) baliqlarning mo’ylovlari tuyg’u va hid bilish vazifasini
bajaradi;
3) dengiz tulkisi, manta va
kit akulasi bir sinfga mansub;
4) qora baliq, tikan baliq va gulmoyi chuchuk suv havzala-rida uchraydi
A) a - 1, 4; b - 2, 3 В) a - 2, 3; b - 1, 4
С) a - 1, 2; b - 3, 4 D) a - 3, 4; b - 1, 2
6. Oqqushlarga xos belgilarni juftlang
1) erta uchib ketuvchi qush;
2)
kech uchib ketuvchi qush;
3) laylaksimonlar turkumi vakili;
4) g’ozsimonlar turkumiga kiradi;
5) o’rdaksimon qush hisoblanadi;
6) bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladi;
7) tuxumidan chiqqan jo’jalari urg’ochisi
orqasidan ergashib yuradi;
8) jo’jasining quloq teshigi yopiq bo’ladi;
A) 2, 5, 7, 8; B) 1, 3, 5, 8; C) 2, 4, 6, 7; D) 1, 4, 6, 8;
7. Sxemada tritonning bazi tana qasmlarida qondagi kis-lorod miqdori keltirilgan. Bunga ko’ra I, II, III lar haqidagi to’g’ri fikrlarni aniqlang.
A) I ifodasi teri kapillarlarini ifodalaydi
B) II ifodasi vena qon tomirlarini ifodalaydi
C) III ifodasi yurak qorinchasini ifodalaydi
D) II ifodasi yurak qorinchasini ifodalaydi
8. Sterlyat (a) va skat (b)ning bosh skeleti suyaklarini to’g’ri juftlang.
1) jag’lar; 2)
jabra varoqlari; 3) jabra ravoqlari; 4) kamar suyaklari; 5) jabra qopqog’i
A) a - 1, 3, 5; b-1, 3; B) a - 1, 5; b-1, 2, 3;
C) a - 1, 2, 3; b-1, 3; D) a - 1, 3, 4; b-1, 2, 3;
9. Organizmlarning ko‘payish va rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) qirg‘ovulning tuxumdan chiqqan bolasining ko‘zi yumuq, tanasi siyrak par bilan qoplangan bo‘ladi;
2) uy pashshasi tuxumidan boshi va oyog‘i bo‘lmaydigan lichinka chiqadi;
3) nam tuproqda odam askaridasi tuxumida lichinkalar
rivojlanadi;
4) suv shillig‘i germafrodit ekanligi bilan oq
planariyadan farq qiladi
5) qum bo‘g‘ma iloni tirik tug‘ishi bilan kaltakesakdan farq qiladi;
6) tulkilar va tyulenlar tug‘ilgan bolasining ko‘zi yumuq bo‘ladi
A) 2, 3, 5 В) 1, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3 ,5
10. Jadvalning qaysi qatoriarida (№) hayvonlar, ularning xususiyatlari va ular mansub turkumlar muvofiq tarzda
berilgan?