[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.10.00 O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar)]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZINING
QARORI
AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI O‘QUVChILARINING BILIM SAVIYASI, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI NAZORAT QILIShNING REYTING TIZIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-mayda 1812-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining 7-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:
1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
01-148Q/Q-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
118-son
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori Z. SATTOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
16/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2008-yil 30-apreldagi 01-148Q/Q, 118, 16/QQ-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini tartibga soladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Kasb-hunar ta’limi markazining 2018-yil 29-iyuldagi 6-mh, 15-2018, 8/qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1812-1, 28.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/1812-1/1810-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlarining (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Kasb-hunar ta’limi markazining 2018-yil 29-iyuldagi 6-mh, 15-2018, 8/qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1812-1, 28.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/1812-1/1810-son)
2. O‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari
3. Reyting tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
a) akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalari saviyasini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
v) o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta’lim jarayonida o‘zaro musobaqa muhitini yaratish;
g) o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
d) o‘quvchilarning har bir fan va amaliyot turlari bo‘yicha o‘zlashtirish darajalarini aniqlash;
e) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalari saviyasini shakllanish sur’atini muntazam ravishda tahlil qilib borish.
III. Reyting tizimining asosiy tamoyillari va nazorat turlari
4. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: