2015-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalariga tushumlar haqida ma'lumot18
4-jadval
№
|
Byudjetlar nomi
|
2015-yil
|
2016-yil
|
2017-yil
|
Daromadlar (mlrd.so'm)
|
Jamidagi ulushi (foizda)
|
Daromadlar (mlrd.so'm)
|
Jamidagi ulushi (foizda)
|
Daromadlar (mlrd.so'm)
|
Jamidagi ulushi (foizda)
|
1
|
Davlat byudjeti
|
58 105, 19
|
55,98
|
62880,62
|
54,66
|
87415,64
|
57,84
|
2
|
Davlat maqsadli jamg'armalari
|
45 634,65
|
43,97
|
52092,88
|
45,28
|
63560,02
|
42,05
|
3
|
Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi
|
56,14
|
0,05
|
70,11
|
0,06
|
102,20
|
0,07
|
4
|
Jamoat ishlari jamg'armasi
|
0,00
|
0,00
|
0,00
|
0,00
|
62,95
|
0,04
|
Jami
|
103795,98
|
100,00
|
115043,61
|
100,00
|
151140,81
|
100,00
|
2015-yilda Moliya vazirligi Yagona g’azna hisobvarag’i(YaG’H)ga jami 103795.98 mlrd.so’m tushum bolgan. Ularning 58105.19 milliardi yoki 55.98 foizi davlat byudjeti hisobiga, 45634.65 milliardi yoki 43.97 foizi davlat maqsadli jamg’armalari hisobiga tushgan. Mazkur yilda Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga 56.14 milliard so’m tushum bo’lgan bo’lib, uning jamidagi ulushi 0.05 foizni tashkil etadi. 2017-yilga kelib, davlat byudjetiga tushumlar tushumlar 87415.64 milliard so’mni yoki 57.84 foizni, davlat maqsdli jamg’armalariga 63560.02 milliard so’mni yoki 42.05 foizni tashkil etgan bo’lsa, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga tushumlar 2015-yilga nisbatan deyarli 90 foizga ko’payib, 102.2 milliardni yoki jamida 0.07 foizni tashkil etgan.
2017-yilda aholini ish bilan bandligini yanada kengroq ta’minlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufida Jamoat ishlari davlat jamg'armasi tashkil etilgan bo’lib, mazkur jamg’armaga 62.95 milliard so’m tushum bo’lgan, byudjet tizimi byudjetlaridagi ulushi 0.04 foizni tashkil etgan. Yuqoridagi jadval ma’lumotlarini umumlashtirgan holda shuni, takidlash mumkinki, Aholi bandligini ta’minlash sohasida davlatning rolini yanada oshirish va moliyaviy ta’minotni yaxshilash maqsadida Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga tushumlar miqdorini ko’paytirish va daromadlar bazasini kengaytirsh ustida chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurdir. 2017-yilda tashkil etilgan Jamoat ishlari jamg’armasi aholi bandligini ta’minlashdagi muhim qadamlardan biridir.
Biz yuqoridagi birinchi bobda, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining daromadlari va manbalariga nazariy va huquqiy jihatdan to’xtatib o’tdik. Jamg’arma daromadlarini Byudjet Kodeksiga muvofiq uch manba: yagona ijtimoiy to’lovning belgilnagan qismi, jamg’armaning bo’sh turgan mablag’laridan foydalanishdan olingan daromadlar va boshqa manbalar hisobidan shakllanadi. 2-jadval jamg’arma daromadlarining manbalar bo’yicha shaklanishining tarkibiy tahlilini aks ettiradi.
5-jadvaldan 2012-2017 yillarda Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi daromadlari asosan yagona ijtimoiy to’lovdan ajratmalar hisobiga shakllantirilganligini ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |