2. Yalpi ichki mahsulotni harajatlar usulida hisoblash
2. Yalpi ichki mahsulotni harajatlar usulida hisoblash
Xarajatlar usuli bo’yicha YAIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi xarajatlar kiradi. Umumiy ko’rinishda ushbu ta’rifni quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin:
YAIM=UPI+IN+JPI+SE ,
bu erda,
YAIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport – import).
Xususiy iste’mol xarajatlari.MHT atamalarida uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari xususiy (shaxsiy) iste’mol xarajatlari deb yuritiladi. Uy xo’jaliklarining shaxsiy iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol tovarlari va turli xizmat turlari uchun iste’mol xarajatlari.
Xususiy iste’mol xarajatlari. MHT atamalarida uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari xususiy (shaxsiy) iste’mol xarajatlari deb yuritiladi. Uy xo’jaliklarining shaxsiy iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol tovarlari va turli xizmat turlari uchun iste’mol xarajatlari.
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o’zgarishi. Yalpi va sof investitsiyalar.Umum qabul qilingan uslubiyotga binoan yalpi xususiy ichki investitsiyalar quyidagilardan tashkil topadi: tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarni pirovard sotib olish; uy-joy qurilishini hisobga olgan xolda qurilish ishlari; zahiralarning o’zgarishi.
Tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun davlat xarajatlari.Tovar va xizmatlarni davlat xaridi asosan soliq tushumlari va boshqa davlat daromadlari hisobiga moliyalashtiriladi. Ko’pchilik xarajatlar shartli tarzda hisoblangan o’z iste’moli uchun nobozor ishlab chiqarish xarajatlaridan iborat bo’ladi.
Tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun davlat xarajatlari. Tovar va xizmatlarni davlat xaridi asosan soliq tushumlari va boshqa davlat daromadlari hisobiga moliyalashtiriladi. Ko’pchilik xarajatlar shartli tarzda hisoblangan o’z iste’moli uchun nobozor ishlab chiqarish xarajatlaridan iborat bo’ladi.
Sof eksport.Mamlakat miqyosida eksport va import ayirmasi.
3. YAIMni daromadlar usulida hisoblash
Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va quyidagilarga bo’linadi:
– faqat uy xsho’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat evaziga olinadigan daromadlar;
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik faoliyati va mulkdan olinadigan daromadlar.