CHapga yoki o’ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan Yo’lning qatnov qismidan o’tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped Yo’lkasidan Yo’lni kesib o’tayotgan velosipedchi(lar)ga Yo’l berishi kerak. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to’xtab, kundalang yo’nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to’sqinlik tug’diradigan bo’lsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha -tartibga solingan chor raxa xisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonibuchayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo’lmagan chorraha -tartibga solinmagan chorraha xisob lanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o’tish qoidalariga hamda chorrahada urnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.
4.Tartibga solingan va solinmagan chorrahalar
Tartibga solingan chorrahalar Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to’g’riga harakatlanayotgan va o’ngga burilayotgan transport vositalariga Yo’l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o’zaro ushbu qoidalarga amal qilishlari kerak. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan kushimcha tarmokning yunaltirgichli yashil ishorasi yo’nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqayo’nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga Yo’l berishi kerak.
Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo’nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o’tish xuquqiga ega buladi. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan kushimcha tarmorining yunaltirgichli yashil ishorasi yo’nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqayo’nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga Yo’l berishi kerak. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’i nazar, belgilangan yo’nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan Yo’lida joylashgan svetoforlar oldida to’xtash chiziqlari (yoki 5.33 Yo’l belgisi) bo’lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.