Mavzu:Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar
Reja:
1.Ахborot tushunchasi
2.Ахborot va uning turlari
3.Ахborot texnologiyasi va tizimlari
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy taminoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Web-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Informatika va axborot texnologiyalari fanining vazifasi: - informatika va axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish; - informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish; - informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish; - axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qollash haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.
Fan boyicha talabalarning bilim, konikma va malakasiga qoyiladigan talablar «Informatika va axborot texnologiyalari» oquv fanini ozlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - informatika, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlar va uning zamonaviy qurilmalari, kompyuterning zamonaviy dasturiy taminoti, amaliy dasturlar paketi, operasion tizimlar, Windows operasion tizimi, Windows paketining dasturlari, zamonaviy axboro-kommunikasiya texnologiyalari, kompyuter torlari, Internet, elektron pochta, talimda zamonaviy axborot texnologiyalari, fanlarni oіitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini bilishi kerak. - kompyuterning asosiy va qoshimcha qurilmalari bilan ishlash; axborot texnologiyalarining dasturiy taminotini kollay olish; amaliy dasturiy taminot dasturlari bilan ishlay olish, Windows operasion tizimida va Windows paketining dasturlarida ishlash konikmalariga ega bolishi kerak; - zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini oz predmet sohasida qollay olish, kompyutur lokal torlari, Internet, elektron pochta bilan ishlash, tarmoq texnologiyasidan foydalana olish malakalariga ega bolish kerak.
Informatika bu - axborotlarni kompyuter yordamida qayta ishlash, yigish, ifodalash va uzatish usullari bilan shugullanuvchi fandir. Informatika deganda har bir odam soz qandaydir axborot, ushbu axborot biror narsaga, hodisa yoki jarayonga tegishli ekanligi, va boshqalar haqida borishligini tushunadi. XX asrning 60-yillarida Informatika fan sifatida Fransiyada qollanila boshladi. Informatika atamasi lotincha informatic sozdan kelib chiqqan bolib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish manosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqida fan) sinonimi mos keladi. Computer – hisoblash texnikasi degani.
Kibernetika va infоrmatika sоhasida ilmiy-tadqiqоt ishlarini оlib bоrish va xalq xojaligiga jоriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T.Orоzbоev tashabbusi bilan Ozbekistоn Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I.Rоmanskiy nоmli Matematika instituti qоshida Hisoblash texnikasi bolimi оchildi. Unga V.K.Qоbulоv raxbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bоr «Ural-1» rusumli EHM ornatildi yilda markaziy Оsiyo mintaqasida Ozbekistоn Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bolgan Kibernetika instituti, 1978 yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil may), EHM va malumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqida (1994 yil may) qonunlari, Ozbekistоn Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kоmpyuterlashtirishni yanada rivоjlantirish va axbоrоt- kоmmunikasiya texnоlоgiyalarini jоriy etish togrisida»gi farmоni, Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi « yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini taminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari togrisida»gi 230-sonli qarori qabul qilingan.
Informatika sohasining eng asosiy resursi bu – ахborotdir. Ахborot - оlamdagi butun borliq, undagi ro`y beradigan voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi xabar va malumotlardir. Yani voqea va hodisalarning sezgi organlarimizga tasiri. Ахborot inson nutqida, kitob va gazeta- jurnallardagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir. Ахborotni almashishFikrМоliyaviy kelishuv Ахborot tushunchasi
Sezish azolari, turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari malumotlar deb ataladi. Malumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa axborotga aylanadi. Masalan, qogozga telefon raqamlarini malum tartibda yozib, birovga korsatsangiz, u buni malumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qoyilsa, avvalgi malumot axborotga aylanadi. Ахborotni almashishFikrМоliyaviy kelishuv
Ахborot manbalari va istemolchlarining har xilligi axborot shaklining turli ko`rinishda bo`lishiga olib keladi: -Belgili -Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. -Matnli -Matnli – harf, raqam va belgilar to`plamidan iborat axborot -Grafik -Grafik – tasvirlardan iborat bo`lgan tasavvur korinishidagi. Shuningdek, og`zaki, yozma, bosma, jadval va boshqalar. Ахborot va uning turlari Belgili МаtnliGragik
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, oz vaqtidaligi, anikdigi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy istemol sifat korsatkichlari bilan bogliqdir: a)axborotning reprezentativligi obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni togri tanlash va shakllantirish bilan boglikdir. b)axborotning mazmundorligi semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi. v)axborotning yetarliligi (tolaligi) qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga (korsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. Togri qaror qabul qilish uchun toliq bolmagan, yani yetarli bolmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bolgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi. g)axborotning aktualligi (dolzarbligi) axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi sakdanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari ozgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bolgan vaqtdan buyon otgan vaqt oraligiga bogliq boladi. d)axborotning oz vaqtidaligi uning avvaldan belgilab qoyilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi. e)axborotning aniqligi olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi. j)axborotning ishonarliligi axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi. z)axborotning barqarorligi axborotning asos qilib olingan malumotlar anikdigini buzmasdan ozgarishlarga tasir qilishga qodirligini aks etgiradi. Ахborot va uning sifat ko`rsatkichlari
Ахborot texnologiyasi va tizimlari Теxnologiya Теxnologiya – grekcha tildan tarjima qilinganda sanat, mahorat kabi manolarni bildiradi. Axborot texnologiyasi - ob`ekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma`lumotlarni bir korinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi korinishga keltiruvchi ma`lumotlarni toplash, qayta ishlash uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal boglangan bolib, ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Bir qaraganda axborot texnologiyasi va tizimi ta'rifi bir-biriga oxshash korinadi, lekin bunday emas. Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma'lumotlar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal, harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi birlamchi axborotni maqsadga yonaltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yoli bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmogi, das-turiy mahsulotlar, ma'lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson- kompyuter tizimidir. Axborot texnologiyasi kompyuterda axborotni qayta ishlashda xodimlarning aniq yonaltirilgan harakatlar toplamidir. Axborot tizimi qaror qabul qilishni qollab quvvatlash va axborot mahsulotlarini ishlab chiqarishda kompyuter axborot texnologiyasidan foydalanayotgan inson-kompyuter tizimidir. Ахborot tizimi Telekommunikatsiya tizimi Kompyuter tizimi Korxona tizimi
Ахborotlashgan jamiyat. Axborotni kodlash Jamiyatning axborotlashuvi deganda, zamonaviy Axborot tehnologiyalar va telekomunikasiyalar asosida davlat hokimiyati, turli vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korhonalari, mahalliy oz-ozini boshqarish organlarining, hamda fuqarolarining axborotlarga bolgan ehtiyojlarini etarli va tola qoplab oladigan, qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy jarayon tushuniladi. Axborotlashgan jamiyat jamiyatning kopchilik azolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bolmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bolgan jamiyatdir. Axborotlashgan jamiyatga otishda kompyuter va telekommunikasiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Har xil turdagi malumotlar (tovush, matn, tasvir, video) kompyuterda raqamlar (kodlar) korinishida saqlanadi. Har birini saqlashda kompyuter maxsus qoidani qo`llaydi. Masalan: musiqani saqlash uchun u har bir vaqt intervalida bolgan tovush tebrlanish kodini xotiraga saqlaydi; tasvirda esa tasvirni bir nechta satr va ustunlarga bo`lib, kesish nuqtalarning har birining rangini kodini xotiraga saqlaydi; matnda esa har bir belgi, raqam, harf kodini xotiraga saqlaydi. Biz unlik sanok sistemada hamma hisob kitoblarni qilsak, kompyuter esa ikkilik sanoq sistemada ularni bajaradi. Shuning uchun malumotlarni minimal hajmi BIT deb nomlanib 1 yoki 0 ga teng boladi. Bu sonlarni manosi - xa yoki yuk va tugri yoki notugri. Maksimal 256 belgi bulishi mumkinligi uchun bitta qanaqadir belgi uchun xotirada 1 BAYT hajm xotira ajratiladi (1 bayt = 2 3 bit = 8 bit). Baytdan katta olchov birliklari ham bor: 1 bayt = 8 bit. 1 Kilobayt = 1024 bayt = 2 10 bayt 1 Megabayt = 1024 Kilobayt = 2 10 Kb = 2 20 bayt, 1 Gegabayt = 1024 Megabayt = 2 10 Mb = 2 20 Kb = 2 30 bayt. 1 Terabayt = 1024 Gegabayt = 2 10 Gb = 2 20 Mb = 2 30 Kb = 2 40 bayt. 1 Petabayt = 1024 Terabayt = 2 10 Tb = 2 20 Gb = 2 30 Mb = 2 40 Kb = 2 50 bayt.
ADABIYOTLAR RO`YXATI: 1.Gulomov S.S. va boshqalar Axborot tizimlari va texnologiyalari. Oliy oquv yurti talabalari uchun darslik. – T: Sharq, 2000 y. 529 b. 2.Abduqodirov A., Xaitov A., Shodiyev R. Axborot texnologiyalari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: Ozbekiston, 2001 y. 3.Ahmedov A., Taylaqov N. Informatika. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: Ozbekiston, 2001 y. 272 b. 4.Raxmonqulova S. Internetda ishlash asoslari. Toshkent y. 5.Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik litsey va KHKlari uchun darslik. – T:, 2002 y. 6.Ganiyev E., Jomurodov D.M., Mominov A. Zamonaviy kompyuterlarni boshqarish. T:. – Fan va texnologiya y. 7.Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun oquv qollanma. Toshkent – Makarova N. Informatika. Tegishli oliy oquv yurtlari uchun darslik. Talqin nashriyoti, T: – Sattarov A. Malumotlar bazasini boshqarish sistemasi. Fan va texnologiya, T.: – 2006, 304 b. 10.Rozimov S. Kompyuter savodxonligi. T.: – Aripov M., Begalov B., Begimqulov U., Mamarajabov M. Axborot texnologiyalari. Oliy va orta maxsus talimi uchun oquv qollanma. Noshir nashriyoti, T.: – 2009, 368 b. 12.Amirov D.M. va boshqalar. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari. Izohli lugat. Toshkent, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |