Siringni fosh etma, kerak bo‘lsa bosh.
Berilgan parchada faqat ega va kesimdan tashkil topgan nechta gap ishtirok etgan?
A) bunday gap ishtirok etmagan *B) 1 ta
C) 2 ta D) 3 ta
98. Kerakli gapni kerakli joyda aytishni unutma.
Berilgan gapda kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan bo‘lak(lar) miqdori nechta?
*A) 1 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta
99. Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar.
Gapdagi yasama so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
*A) to‘ldiruvchi, ega, kesim B) aniqlovchi, kesim, hol
C) to‘ldiruvchi, ega, hol D) ega, aniqlovchi
100. Barcha jabr-u sitamlardan o‘tgan, endigina seni qo‘lingdan tutgan, seni yo‘qotib qo‘ymaslik maqsadida butun vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan.
Ushbu gapda yasama so‘zlar qaysi gap bo‘laklari bo‘lib kelgan?
*A) maqsad holi, qaratqich aniqlovchi
B) maqsad holi, sifatlovchi aniqlovchi
C) ega, qaratqich aniqlovchi D) qaratqich aniqlovchi
Gap bo’laklari
1. O‘qishlar har xil bo‘ladi: birov ermak uchun, birov dam olish uchun, birov o‘qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov vaqt o‘tkazish uchun, birov asardagi voqeaga qiziqib o‘qiydi.
Berilgan gapdagi bitishuv munosabatli birikmalar sonini aniqlang.
A) 2 B) 3 *C) 4 D) 5
2. Qaysi javobda aniqlanmishlar bevosita kesimga tobelangan?
*A) Shamol sovuqdan qaltirayotgan daraxtlarni, so‘lib qolgan gullarni ayamay qamchilaydi.
B) Bunisi dimog‘idan qor yog‘adigan, burni ko‘tarilgan boshliq edi.
C) Olingan bilimlarni mustahkamlashga har doim intilmog‘imiz darkor.
D) Insonda hayotning mohiyatini tushunish qobiliyati tarixni anglash orqali shakllanadi.
3. Barqaror birikmalarning xarakterli noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Tuzilishi va tarkibi barqaror bo‘ladi.
B) Ma’no butunligiga ega bo‘ladi.
C) Nutq jarayoniga qadar tilda mavjud bo‘ladi, nutqqa tayyor holda olib kiriladi.
*D) Har doim gap holida uchraydi.
4. Eliboylar bundan ko‘chib boradi,
Qoldi bunda o‘ynab o‘sgan elim deb.
Ayriliq o‘tiga bag‘rini dog‘lab,
Borayotir qalmoq elni so‘roqlab …
Berilgan parchada tobe qismi fonetik o‘zgarish asosida yozilgan yasama so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmalarining turini aniqlang.
A) boshqaruvli, moslashuvli, bitishuvli so‘z birikmasi
B) boshqaruvli, bitishuvli so‘z birikmasi
*C) moslashuvli, bitishuvli so‘z birikmasi
D) moslashuvli, boshqaruvli so‘z birikmasi
5. Qaysi gaplarda sifat turkumiga mansub so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olgan?
1. Qizcha gulzordagi chiroyli gullarga havas bilan qaradi.
2. Cho‘qqilar avvalgidan ham oqroq va silliqroq ko‘rinardi.
3. Butun qiyofasi shiddatli ko‘rinar, zotan, dong‘i ketgan olim odamdan ko‘ra suronli janglarda toblangan lashkarboshiga o‘xshab ko‘rinardi.
4. Aftidan, ovozim ham hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli, ko‘pgina yig‘inlarda she’r o‘qish menga topshirilardi.
*A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 3
6. Bermoq uchun dunyoga sayqal
Olam aro odam yaralgan.
Ushbu she’riy parchadagi so‘z birikmalari sonini aniqlang.
A) 5 *B) 3 C) 2 D) 4
7. Qaysi javobda egaga tobelangan aniqlovchi qatnashgan?
A) Yaxshidir achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg‘on yomon.
B) Uzoqlarda zalvorli tog‘lar
Xayolimni keldilar bosib.
C) Sovuqdan qaltirayotgan daraxtlarni ayamay qamchilar beshafqat shamol.
*D) Qo‘chqor bo‘laturgan qo‘zichoqlarning manglayi tug‘ilgan chog‘da do‘ng bo‘lur.
8. Berilgan gapdagi uyushiq bo‘laklar haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
O‘g‘il ham, qiz ham, albatta, uyda, ko‘chada, maktabda o‘z fe’li, muomalasi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak.
A) ega, o‘rin holi va to‘ldiruvchi uyushgan
B) aniqlovchiga nisbatan hokim, kesimga nisbatan tobe bo‘lak vazifasini bajargan uyushiq bo‘lak qatnashgan
C) uyushiq bo‘laklar kesimga bevosita bog‘langan
*D) barcha uyushiq bo‘laklar tobe bog‘lanishlarda faqat tobe qism vazifasini bajargan
9. Berilgan gapda nechta tobe bog ‘lanish bor ?
Yigit oddiy kiyingan, o‘rtabo‘y va chiroyli ekan.
A) 3ta B) 4ta *C) 2ta D) 1ta
10. Qaysi gapda yasama so‘zni tobelantirgan ibora ishtirok etgan?
A) Haqiqiy vatanparvarlar jon kuydirib mehnat qilishdan aslo charchamaydilar.
*B) Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijliklar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi.
C) Vatanni ko‘z qorachig‘iday asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganish kerak.
D) O‘z Vataniga dog‘ tushirish uni sotish degan so‘z.
11. Tabiat ishlariga qo‘pollik bilan aralashish tufayli paydo bo‘lgan kasalliklarni farmatsevtika zavodlarida ishlangan dorilar bilan tuzatib bo‘lmaydi.
Ushbu gapdagi yordamchi so‘z turkum(lar)iga mansub birliklar hamda ular bilan shakllangan bo‘laklar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Yordamchi so‘zlar bilan shakllangan bo‘laklarning barchasi kesimga bevosita tobelangan.
*B) Yordamchi so‘zlarning barchasi sof ko‘makchilar hisoblanadi.
C) Gapdagi yordamchi so‘zlarning barchasini kelishik qo‘shimchalari bilan almashtirish mumkin.
D) Yordamchi so‘zlar bir o‘rinda hol, ikki o‘rinda to‘ldiruvchini shakllantirishga xizmat qilgan.
12. Hattoki tuyg‘usiz, chirik xazon ham
Yashil po‘panakdan bog‘labdi qanot.
Ushbu gapda uyushib kelgan bo‘laklar haqida noto‘g‘ri fikrni toping.
A) Uyushiq bo‘laklar yasama so‘z bilan ifodalangan.
*B) Uyushgan bo‘laklarning yasalish asosi faqat fe’l turkumiga oid so‘zlardir.
C) Uyushgan bo‘laklar tobelangan so‘z ega vazifasida kelgan.
D) Uyushiq bo‘laklar kesimga bilvosita tobelangan.
13. Turk xalqining zaiflasha boshlaganidan foydalanib qolgan dushman elchi jo‘natib, turk xoqonidan uning eng yaxshi ko‘rgan otini so‘rattirdi.
Ushbu gapda aniqlovchilar qaysi gap bo‘laklarga tobelangan?
A) qaratqich aniqlovchi, ega, vositasiz to‘ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi
B) sifatlovchi aniqlovchi, vositali to‘ldiruvchi, ega, vositasiz to‘ldiruvchi
*C) ega, sifatlovchi aniqlovchi
D) qaratqich aniqlovchi, vositali to‘ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi, ega
14. Meni yam-yashil o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.
Ushbu gapda bitishuv munosabatli so‘z birikmalari necha o‘rinda qatnashgan?
A) 3 *B) 5 C) 6 D) 4
15. Agar bu O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixini ulug‘lamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.
Ushbu gapda faqat hokim qismi yasama so‘zdan iborat bo‘lgan so‘z birikmalari sonini aniqlang.
*A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
16. Yaproqlar tebranar she’r maqomiga,
Do'stlaringiz bilan baham: |